72
Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida bu erda
sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy kapital oqimi yordamida bandlik darajasini
oshrish zaruriyati tug‘ilgan edi.
Texnika kiritish hududlari uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80-yillar).
Ular stixiyali tarzda hosil bo‘ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy
markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan
foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyixa, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari
jamlanadi.
Eng ko‘p texnika kiritish hududlari AĶSH, YAponiya, Xitoyda faoliyat
ko‘rsatmokda. AĶSHda ularni texnoparklar, YAponiyada-texnopolislar, Xitoyda-yangi va
ilg‘or texnologiyalar hududi deb ataladi.
Jahonda eng mashhur va AĶSHda eng yirik «Silikon Velli» nomli texnopark jahon
hisoblash texnikasi vositalari va komp’yuterlar ishlab chiqarishining 20 %ini beradi.
Umuman AĶSHda 80 dan ortiq bunday hududlar mavjud. YAponiyada mahsus hukumat
dasturlari doirasida ilg‘or ilmiy tashkilotlar asosida yigirmaga yaqin texnopolislar tashkil
qilingan. Xitoyda ham bunday hududlar odatda davlatning ilm va texnikani rivojlantirish
rejalarini amalga oshirish paytida tashkil qilinadi. 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab Xitoyda
50dan ortiq yangi va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish hududlari ishlamoqda.
Turli moliya-iqtisodiy, sug‘urta va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi firma va
tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan hududlar
Dostları ilə paylaş: