YUqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:
81
- haqiqiy foyda;
- o‘rtacha foyda;
- monopol foyda yoki iqtisodiy renta;
- maksimal foyda.
Haqiqiy foyda — bu, haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni hakiqiy xarajatlar asosida
aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy
manbadir.
Urtacha foyda deganda, boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan
kapitalga bir xil
foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. O‘rtacha foyda korxona
(firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday
foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka
erishganidan dalolat
beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta — bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan
foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil erga
ega bo‘lib, erni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bo‘lishgan sharoitida birinchi er
transport tarmog‘iga yaqin bo‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so‘m
kam sarf
qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. so‘m uning qo‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy
renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish
omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o‘rtasidagi
farkdan iborat bo‘ladi.
Maksimal foyda — bu, bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni
shu bir birlik qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi
natijasida olingan foyda. SHu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi.
SHunga ko‘ra, foydani
maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash,
deganidir.
Korxona daromadi ikki ko‘rsatkich, ya’ni mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga
sarflanuvchi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif
munosabatlari natijasida kelib chiqadi. Erkin raqobat sharoitlarida
bahoni shakllantirish
qonunlari asosida mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishiga ko‘ra emas,
balki avtomatik ravishda tartibga solinadi.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Korxonaning
foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan ko‘p
bo‘lishini anglatadi hamda u rag‘batlantirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa foyda bir
paytning o‘zida moliyaviy natija bo‘lish bilan birga korxona moliyaviy resurslarining asosiy
elementi ekanligi; daromadning turli
Dostları ilə paylaş: