188
5. Baholash kasbini egallash va uni takomillashtirish uchun nimalarga
ahamiyat berish kerak?
LUG‘AT
Baholash jarayoni – narx (baho) haqida
xulosa chiqarish uchun
ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga olgan, masalani
asta-sekin hal etish
tadbiri.
Bozor – narxlar mexanizmi orqali xaridorlar va sotuvchilarni
uchrashtirishning iqtisodiy amali.
Baholash haqidagi hisobot – baholovchining narx haqida o‘z
fikrini tasdiqlash uchun taqdim etadigan hujjati. Hisobot qisqa (bir
betlik) yoki to‘liq (bayon) shaklda tayyorlanishi mumkin. Hisobot,
odatda, quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak: a) titul varag‘i;
b) baholanayotgan mulk va u bilan bog‘liq huquqlarning bayoni;
d) baholash narxi; e)
baholash muddati; f) ehtimollar va cheklovchi
shartlar; g) to‘plangan axborot va narx qiymati
haqida fikr olish uchun
qo‘llanilgan usullar ta’riflangan asosiy qism; h)
turli usullar yordamida
olingan natijalarni muvofiqlashtirish; i)
ilovalar, fotosuratlar va boshqa
ma’lumotlar.
Baholangan qiymat – ma’lumotlarning tahliliga
asoslangan,
baholovchi aniqlagan baholash narxi.
Baholash – narxni aniqlash jarayoni yoki natijasi, narx qiymati haqida
fikr yoki uni baholash.
Baholovchi – ko‘chmas mulkni baholash tajribasiga, tayyorgarligiga
va malakasiga ega bo‘lgan shaxs.
Bozor qiymati – bu ko‘chmas mulkdagi biror-bir manfaatning (mulk
huquqlari, masalan, meros bo‘lib qolgan ijara huquqlari va h.k.) erkin
bozordagi eng ehtimolli sotilish qiymati. Yoki
xaridor va sotuvchi rozi
bo‘lgan pul yoki pul ekvivalentida ifodalangan qiymat. Bunda ulardan
birontasi ham mushkul holatga tushib qolmaydi, ikkovi ham o‘ziga xos
asoslarga ega bo‘ladi, yetarlicha xabardor bo‘lishadi va o‘z
manfaatlariga
ko‘ra ish ko‘rishadi.
Bozor narxi – kelishuvda to‘langan summa – bu tarixiy dalil. Bozor
narxi – albatta yaxshi xabardor bo‘lmasa-da, bosimdan ozod bo‘lgan
189
va mustaqil ish ko‘rgan xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi muzokaralar
natijasida amalga oshirilgan kelishuv narxi.
Dostları ilə paylaş: