190
qiymatiga bo‘lish orqali olinadigan matematik koeffitsiyent. Shuningdek,
kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti deb ham ataladi.
Daromad multiplikatori – mulk keltiradigan davriy daromadga karra
bo‘lgan sumka sifatida mulk qiymatini ifodalaydigan koeffitsiyent.
Daromad – moliyaviy va boshqa foydalar.
Daromadli yondashuv – qiymat kelgusi daromad uchun huquqlarning
joriy qiymatiga tengdir, degan ehtimolga asoslangan ko‘chmas mulkni
baholashning an’anaviy usullaridan biri.
Daromadning ichki qo‘yilmasi – investitsiyalardan tushgan
diskontlangan daromadlar investitsion xarajatlarga tenglashadigan
qo‘yilma.
Daromad keltiruvchi mulk – o‘z egasiga davriy daromad keltiruvchi
mulk, masalan, idora binosi yoki turarjoy majmuasi.
Deflatsiya – narxlar umumiy darajasining pasayishi.
Diskont, ajratma – kredit olish maqsadida to‘lanadigan pul summasi.
Kredit taqdim etilayotgan vaqtda uning asosiy summasidan chiqarib
tashlanadi.
Diskontlash – investitsiyalardan tushgan pul kirimlarini ularning joriy
qiymatiga keltirish jarayoni.
Daromadning umumiy qo‘yilmasi – sof muomala daromadini
daromad keltirayotgan ko‘chmas mulkning sotilish narxiga yoki
qiymatiga bo‘lish orqali olinadigan matematik koeffitsiyent. Shuningdek,
kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti deb ataladi.
Yemirilishni to‘g‘ridan to‘g‘ri ustiga qo‘shib hisoblash –
daromadga soliq solish maqsadida yemirilishni ustiga qo‘shib hisoblash
usuli. Unga ko‘ra, aktivning xarid qilinishiga ketgan dastlabki xarajatlar
va uning likvidatsion qiymati o‘rtasidagi farq yemirilishni ustiga qo‘shib
hisoblashning butun muddati davomida, teng ulushlarda chiqarib
tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: