O’zbek she’riyatida Yesenin an’analari reja: Kirish I bob. Sergey Yesenin – rus adabiyotining taniqli namoyandasi



Yüklə 154,19 Kb.
səhifə8/15
tarix02.02.2022
ölçüsü154,19 Kb.
#114016
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Kuyosh uynar javdar xirmonda,

Chiptalarda nuri tilla rang.

Bolaladi ona it tongda,

Etti kuchu k turdi malla rang.5

Tasavvur qiling: qahraton qish (tarjimada nimagadir quyosh so’zi ishlatilgan), hamma yoq qor bilan qoplangan, chekka bir qishloq atrofi yogoch chetan bilan o’ralgan hovli va bir chetida uy. Bu hovlida uy sohiblari - insonlardan tashqari bir it ham yashaydi. Shu hovlini qo’riqlaydi. Buning uchun kunduzlari tinmaydi, kechalari uxlamaydi. Berganlariga rozi-rizo bo’lib kun ko’radi. Hatto xo’jayinning bolalarini xursand kilish uchun ularga bir ermak bo’lishga ham doimo hoziru nozir... Mana endi o’zi ham ona bo’ldi: “Etti kuchuk tug`di malla rang”. Baxtli tongdan oqshomgacha bolalarini tillari bilan yalab-yulqadi, sovukdan asrash uchun ularni issiq bag`riga oldi: “Ona itning issik bag`ridan qor ustida erib oqdi suv”. Lekin:



Oqshom payti, tovuqlar endi

Qo’nog`ia tizilishgan dam,

Uy egasi xumrayib keldi,

Qopga soldi ettovini ham.

Kutilmagan holat. Nima uchun? Chunki bir begona emas, aynan uy egasi. Yana bir tomoni borki, ruslarda uy hayvonlariga, ayniqsa, itlarga nisbatan munosabat boshkacharoq. Oila a’zosi sifatida avaylashadi, alohida e’tibor bilan qarashadi. Hatto “nima” emas, “kim” so’rog`i bilan murojaat qilishadi. Bu uy egasi esa murg`ak kuchukchalar solingan qopini ko’tarib daryo tomon keta boshladi. “Sho’rlik ona chopdi ketidan, Uzoq-uzoq quvlab bordi u. Muzdek terlar oqib etidan, Achchiq-achchiq uvlab bordi u”. Nihoyat, hali ko’zlari ochilib-ochilmagan, hali onasini emib ulgurmagan, bu yorug` dunyoga kelib hali biror marta erkalanib o’ynoqlashga ulgurmagan, hali onasining yalab-yulqashlariga to’ymagan kuchukchalar suvga g`arq qilinadi. Mana shu xolatda beixtiyor I.S.Turgenevning “Mumu”si esga tushadi – o’sha Gerasimning Mumuni suvga cho’ktirib yuborish tasviri: “U eshkaklarni qo’yib, qayiqqa ko’ndalang qo’yilgan taxta ustida oldida o’tirgan Mumuga engashib, zabardast qo’llari bilan uning yelkasidan tutganicha qimirlamay turib qoldi... Nihoyat, Gerasim dast ko’tarildi, yo’ldan olgan g`ishtlarini yuzlarida allaqanday alam iztirobida arqonga bog`ladi. Mumuning bo’yniga soldi va uni baland ko’tarib, so’nggi marta unga tikilib boqdi... it soddalik bilan va hech cho’chimay qo’rqmay unga qarab turar, dumini sekingina likillatar edi. Gerasim teskari qarab oldi, ko’zlarini chirt yumib, qo’llarini bo’shatib yubordi. U hech narsani: g`arq bo’layotgan Mumuning zorlanib tez-tez vangillashini ham, suvning og`ir chayqalishini ham eshitmadi”6. Mazkur fojiali tasvirda Mumu beshafqat kimsalar iskanjasidan, nobop muhitdan, tabaqalangan va yuraksiz jamiyatdan birato’la qutuldi. Buni esa uning yakkayu yagona mehriboni, rahm shafqatli inson Gerasim amalga oshirishga majbur bo’ldi. Yesenin she’ridagi fojia esa bolalari cho’ktirib yuborilgan ona it bilan bog`liq. U Mumu kabi cho’ktirilmadi. Lekin vafo va sadoqatdan, mehr va shafqatdan ushlab qutulib olishga birgina cho’p topolmagan holda bu hayot daryosiga butunlay g`arq qilindi. Agar Fariduddin Attor hikoyatidagi it kabi unga ham til berilganida edi, u xo’jayinidan inson shaklidagi ezgulik kushandasidan faqat rahm shafqat so’ragan bo’lardi.

Ona it norasida kuchukchalaridan ayrilib qaytadi. Yana o’sha bolalaridan judo qilgan xo’jayinning uyiga. Shunday shafqatsizlikdan so’ng ham it itligicha qoldi, ya’ni sadoqatini yo’qotmadi. Lekin “Qaytar ekan tom ustida oy Bolasiga o’xshab ko’rindi” . Binobarin, itning oyga qarab uvlashi dardli holat. Shoir itni insonlashtiradi. Ona mehrining beqiyos qudratini shu obraz orqali badiiy ochib beradi.

Ona itning ayanchli holati, ya’ni vafo va sadoqatning fojiali qismati esa har birimizni o’qlantiradi va shunday bo’lishi ham o’t a ahamiyatli. Chunki qismat insoniyatga tegishli. Bu dunyoda inson bo’lib yashashlikka da’vatdir. Toki jamiyatda xudbin, razil va toshbag`ir kimschalar mavjud ekan, Yeseninning ushbu she’ri ona itning tunda oyga boqib uvlaganidek insonlarni bu kabi fojialardan ogoh etib turaverdi.

Ko’rinadiki, shoir she’riyatida kuchli insoniy dard, ulug` bir qalb hayqirig`i yashiringan. Eng asosiysi, shoir she’rlaridagi ruh, poetik manzaralar tasviri jonli va o’zining mustahkam asosiga egadir. Shu ma’no bu she’riyat davrlar osha o’z muxlislariga yangi narsalarni berishda davom etadi.


Yüklə 154,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin