3. Antonimlar– qarama-qarshi ma’noli so’zlardir. Antonimlar so’zi grekcha anti (zid, qarama - qarshi) va onuma (nom) so’zlaridan tuzilgan.
Antonimik juftlikdagi so’zlar faqat bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: yaxshilik – yomonlik (ot), uzun –qisqa (sifat), ko’p-oz (ravish), keldi –ketdi (fe’l).
Antonomik juft hosil bo’lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o’zaro qarama - qarshi bo’lishi kerak. Fe’llardagi bo’lishli – bo’lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi.
Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lishi mumkin: qattiq yer –yumshoq yer, qattiq (xasis) odam-saxiy odam. Antonomik juftlar ko’chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko’chgan), achchiq –chuchuk (otga ko’chgan).
Bir sinonomik qatordagi antonim so’z sinonimik qatordagi barcha so’zlarga antonim bo’ladi: chiroyli –go’zal - xushro’y – ko’hlik, xunuk- badbashara – badburush- ta’viya.
Qo’shimchalar ham o’zaro omonim, sinonim va antonim ko’rinishda bo’lishi mumkin. Omonim qo’shimchalar: tepki (ot)-kechki (sifat). Sinonim qo’shimchalar g’ayratli – serg’ayrat. Antonim qo’shimchalar: aqlli– aqlsiz, bema’ni – bama’ni. Antonimlar badiiy adabiyotda tazod (badiiy san’at usuli) yaratish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |