4. Paronimlar – aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir – biridan farq qiladi: asr –asir, shox –shoh, amr –amir. Paronim so’zi para (juft) va onuma (nom) so’zlaridan tuzilgan.
Paronimlar ba’zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: oriq (sifat)- ariq (ot); zirak (ot) – ziyrak (sifat); as r(ot) – asir (ot).
Paronimiya adabiy me’yor bo’yicha talaffuz etmaslikdan yuzaga keladi.
Tayanch so’zlar: O’z, ko’chma, metafora, metonimiya, sinekdoha, kinoya,vazifadoshlik, omonim, sinonim, antonim, paronim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.So’zning o’z va ko’chma ma’nolari deganda nimani tushunasiz?
2. O’zbek tilida ma’no ko’chishning qanday usullari mavjud?
3. So`zlar shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
4. Omonim (shakldosh) so`zlar deb nimaga aytiladi?
5. Sinonim (ma`nodosh) so`zlar deb nimaga aytiladi?
6. Antonim (zid ma`noli) so`zlar deb nimaga aytiladi?
7. Paronim so`zlar deb nimaga aytiladi?
Dostları ilə paylaş: |