Bobur ruboiylari
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
* * *
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur, G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav’ bitay firoq-u g‘urbat sharhin –
Kim, ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
* * *
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz, Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Buyuk ajdodlarimizdan qolgan mashhur san’at va ijod namunalari haqida gapirib bering.
Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida ma’lumot bering.
Temuriylar va Boburiylar sulolalari vakillaridan kimlarni bilasiz?
|
Temuriylar
|
|
Boburiylar
|
|
Uyga vazifa. Bobur ruboiylarini yod oling va mazmunini tushuntiring.
dars
1-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Matndagi asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarni ajrating.
Xalqimizning yetuk farzandi
O‘zbek xalqidan juda ko‘p allomalar, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan. Ana shu komil insonlar orasida XX asrda yashab ijod etgan yetuk bir shaxs alohida ajralib turadi. O‘zining yorqin fazilatlari, iste’dodi, dunyoqarashi va odil rahbarligi bilan xalqning qalbidan joy olgan inson Sharof Rashidov edi. Jizzax tuprog‘ida tug‘ilib voyaga yetgan Sha- rof Rashidov nafaqat taniqli yozuvchi, balki 34 yil davomida respublikaga hormay-tolmay rahbarlik qilgan taniqli davlat arbobi ham edi. U boshchilik qilgan davrda respublikamizda olamshumul bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
O‘tgan asrning boshida Toshkentda atigi 30 ming aholi yashagan. Asr oxirlariga kelib, Toshkent 2 million aholi yashaydigan, AQSH poytaxti Vashingtondan to‘rt baravar katta shaharga aylandi. 1966-yilgi zilziladan so‘ng chet el matbuoti Toshkentni qayta tiklash uchun to‘rt yuz yil kerak deb yozgan ekan. Unday bo‘lmadi. To‘rt yil ichida Toshkent ikki karra katta qilib qaytadan bunyod etildi. Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish, Talabalar shaharchasi kabi tuman va dahalar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyoda yago- na Toshkent metropoliteni ishga tushirildi. Markaziy Osiyoda eng baland Toshkent teleminorasi qurildi, muzeylar ochildi, osmono‘par binolar qad ko‘tardi.
Markaziy maydondagi ulkan favvoralar, istirohat bog‘lari, stadionlar Toshkentning ramzi bo‘lib qoldi. Bu ulkan ishlarning boshida Sharof Rashi- dov bosh-qosh bo‘lgan.
– O‘zbek tili 11-sinf 33
-
Dostları ilə paylaş: |