Uygavazifa. Cho‘lponning «Ko‘ngil» she’rini yod oling.
dars
1-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va rasm asosida suhbatlashing.
Olim, senga o‘zbek aktyorlaridan kimlar yoqadi?
Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Hamza Umarov, Nabi Rahimov, Yoqub Ahmedov kabi mashhur san’atkorlarning mahoratiga qoyil qolaman. Ular o‘ynagan rollar juda hayotiy va ta’sirchan chiqqan.
Qani, Yoqub Ahmedov ijro etgan rollarni aytib ber-chi.
Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» spektaklida Alisher obrazi, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»ida Yusufbek xoji obrazi, P.Qodirovning «Yulduz- li tunlar»ida Bobur obrazlari kabi o‘nlab timsollarni yaratgan. Xo‘sh, o‘zing kimlarni bilasan?
Teatr(yun. theatron– tomoshagoh) – san’at turi; uning o‘ziga xos ifo- da vositasi aktyorning omma oldidagi o‘yini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr san’atida ham boshqa san’atlarda bo‘lganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviya- ti, madaniyati bilan bog‘liq holda o‘zgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida og‘zaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
O‘zbek teatri o‘z tarixi va an’analariga ega. Sahnada aktyorlarning bir necha avlodi xalq mehrini qozonib kelgan. Mannon Uyg‘ur, Yetim Bobo- jonov, Olim Xo‘jayev, Shukur Burxonov, Nabi Rahimov, Razzoq Hamro- yev, Soyib Xo‘jayev, Lutfixonim Sarimsoqova, Zaynab Sadriyeva va bosh- qa ko‘plab yulduzlar o‘chmas iz qoldirishgan.
Bir paytlar qoralangan asarlar istiqlol tufayli teatrlarimizda sahnalashti- rildi, avval taqiqlangan mavzularda yangi asarlar yaratildi.
Bir nechta teatrda Fitratning «Abulfayzxon» tragediyasi qayta qo‘yil- di. Avval Qashqadaryo teatrida, keyin esa O‘zbek Milliy akamedik drama teatrida Amir Temur haqida asar tomoshabinlarga havola etildi.
Teatrlarimizda Cho‘lponning «Kecha va kunduz» hamda «Yorqinoy» dramasi qo‘yildi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, So- bir Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Boborahim Mashrab, Ahmad Yassaviy, No- dirabegim haqida spektakllar yaratildi.