O‘zbek tili



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə28/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

sahna – сцена

jamoaобщество

an’ana – традиция
o‘chmas iz qoldirish – оставлять

moddiy baza – материальная база

негасимый след







1-mashq. Berilgan matnlarni o‘qing va o‘zaro qiyoslang. Qisqartiril- gan matndan qaysi ma’lumotlar olib tashlanganligiga e’tibor qiling.


Chingiz Aytmatov


To‘liq matn:
Chingiz Aytmatov 1928-yili qirg‘iz qishloqlaridan birida tug‘ildi. U otasidan erta yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Bolaligidan rus tili ikkinchi ona tili bo‘lib qoldi. Ikkinchi jahon urushining suronli yillarida u kolxozda mehnat qildi. O‘zining dastlabki hikoyasini qishloq xo‘jaligi institutida tahsil olayotgan yillari yaratdi. Oliygohni tugatgach, zootexnik bo‘lib ishladi va hikoyalar yoza boshla- di. Ijodda u hayotining mazmuni va maqsadini ko‘rar edi. So‘ngra Moskvadagi Adabiyot institutida o‘qishni davom ettirdi.

  1. – O‘zbek tili 11-sinf 65

Qisqartirilgan matn:
Chingiz Aytmatov 1928-yili tug‘ilgan. Qishloq xo‘jaligi institutida o‘qib yur- gan kezlari birinchi hikoyasini yozdi. U hayotini ijodsiz tasavvur qila olmasdi. Ijodda hayotining mazmuni va maqsadini ko‘rar edi. U keyinchalik Adabiyot institutiga kiradi.

ring.

  1. mashq. Gaplarning asosiy mazmunini saqlagan holda ixchamlashti-

  1. Uning manfaatlarini, fikr-o‘y doiralarini, g‘oya va maqsadlarini yaxshi

bilamiz. 2. Gapni yana cho‘zmasin deb unga qarshi hech narsa demadi. 3. Men- ga qara, bir ish buyursam, yo‘q demaysanmi? 4. Na muattar chamanzorlar, na muhtasham ko‘shklar, na kumushlangan hovuzlar, na chiroyli qafasdagi qush- lar – hech nima uni qiziqtirmadi. 5. Kunduzi bo‘lsa, o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi. 6. Kim maqtanchoq bo‘lsa, u hammaning oldida xijolat tortadi. 7. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi.
3-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab, savollarga javob bering.








4-topshiriq. Berilgan savollarga javob yozing.

    1. Ko‘proq qaysi teatrlarga borishni yaxshi ko‘rasiz?

    2. Siz dramani ko‘proq yoqtirasizmi yoki komediyanimi?

    3. Ko‘proq qanday obrazlarni yoqtirasiz?

    4. Siz yaxshi ko‘rgan obrazlarni qaysi artistlar ijro etadi?

    5. Qaysi dramaturglarning asarlarini ko‘proq yoqtirasiz?

    6. Qaysi bastakorlarning musiqalarini ko‘proq yoqtirasiz?



Uyga vazifa. O‘qigan yoki ko‘rgan asaringiz mazmunini qisqa bayon
eting.


  1. dars


«Alisher Navoiy» filmidan lavhalar


5-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va rasm asosida suhbatni davom ettiring.



    • Sen o‘zbek kino san’atining rivojiga hissa qo‘shgan rejissyorlardan kim- larni bilasan?

    • Men o‘zbek kino san’atining rivojiga hissa qo‘shgan kinorejissyor Komil Yormatovni bilaman. U 1926-yilda Kinematografiya institutini tugatib, kino so- hasida ishlagan.

    • Komil Yormatov qanday filmlarda rol o‘ynagan?

    • U «So‘nggi bek», «Muhojir», «Masjid gumbazlari ostida» filmlarida rol- larini mahorat bilan ijro etgan.

    • U qaysi badiiy filmlarni suratga olgan?

    • Komil Yormatov «Vatanga sovg‘a», «Front uchun sovg‘a», «Uyqusiz

yo‘l», «Alisher Navoiy» filmlarini suratga olgan.
– ... ... ... .
6-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing.

Kino san’ati 1895-yil Parijda (ixtirochilar aka-uka Lyumyerlar) yuzaga kelgan. Kino san’ati asarlari yozuvchi-dramaturg, rejissyor, ak- tyor, operator, rassom, bastakor kabi ijodiy xodimlardan iborat jamoa








3-mashq. Berilgan matnni o‘qing va kengaytirib yozing.

Yozishdan oldin yashash kerak, degan bir adib. U shoir, noshirlik, san’at- korlik ijod maydonida ot surar ekan, albatta, ma’lum bir yo‘lni bosib o‘tishi, hayotiy tajriba sohibi bo‘lishi zarur. Buloq ko‘zidan otilib chiqayotgan suv ham mashaqqatli yo‘llarni bosib, ne-ne toshlarni yorib chiqqanligi uchun totli va aziz!
Men jamiyatning bir a’zosiman. Unga mutlaq daxldorman. Insonning jamiyatdagi o‘rnini uning faqat harakatdagi faoliyatigina belgilaydi. Maqsad ulug‘ bo‘lsa – qayiq kemaga aylanadi.



4-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli jumlalarni qo‘yib matnni kengay- tirib yozing.

Milliy teatr – ... … oila. Ustozlar … … mehribon edilar. Aktyorlik mada- niyati, … … tushunchalarni ilk bor shu yerda egalladik. Menda teatrga, …


… uyg‘ongan. Hamma aktyorlarning ham orzusi – … … yaratishdir. Iste’dod qudrati … … … namoyon bo‘ladi.


Matnni kengaytirish uchun so‘z va so‘z birikmalari: bosh qahramon tim- solini; ota-onaday; boshqalarga ibrat ko‘rsatish fazilati haqidagi; katta; ijodga mehr oila muhitida; kasbga muhabbat bilan.
5-mashq. Namunadan foydalanib, taklifnoma yozing.
Taklifnoma yozish namunasi.



Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin