O’zbekistо n respublikasi


t a b i i y yoki  e k o l o g i k



Yüklə 301,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü301,05 Kb.
#140103
1   2   3   4   5   6   7   8
Мз 2лот

t a b i i y
yoki
 e k o l o g i k
m u v o z a n a t
deb ataladi. YErning tabiati o„ziga hos ko„rsatkich va 
qonuniyatlarga ega bo„lgan turli ichki va tashqi ta‟sirlarga ma‟lum darajada bardosh 
bera oladigan murakkab funksional tizimdir. Bu tizimning tashkil etuvchilari, ya‟ni 
tabiatning tarkibiy qismlari doimo o„zgarish va rivojlanishda bo„lgani tufayli undagi 
muvozanat ham dinamik xolatda mavjud bo„la oladi.
Tabiatning nozikligi, garchi u ulkan tuzilma bo„lsa ham, unga ta‟sir etishni 
osonligi aynan undagi mana shu muvozanat xolati tufaylidir. CHunki, muvozanatdagi 
tizimni izdan chiqarish uchun uncha ko„p kuch talab etilmasligi hammaga o„rta 
maktab fizikasidan ayon. Tabiiy muvozanatni izdan chiqishi tabiatni buzilishi 
demakdir, uni izdan chiqishiga esa, ko„p xollarda insonning tabiatga ko„r-ko„rona, 
uzoqni ko„zlamay, tabiat qonunlarini mensimay ta‟ziyq ko„rsatishi sabab bo„ladi. 
Inson o„zining biror-bir extiyojini qondirish maqsadida tabiatdan foydalanadi va shu 
jarayonda uning birorta yoki bir necha komponentini o„zgartiradi, ko„pincha bu ta‟sir 
jarayoni komponentlararo yoki ular ichidagi muvozanat xolatini buzadi. 
Demak, tabiat-inson-jamiyat o„ziga hos ichki qonuniyatlar asosida shakllangan 
tizim bo„lib, bu tizim ham muvozanat xolatdagina eng barqaror bo„lishi mumkin. 
Hozirgi paytda tabiiy tizimdagi muvozanatning barqarorligi tabiat bilan jamiyat 
o„rtasidagi munosabatlarni qay darajada mutanosiblashganligi va o„zaro kelishilgan 


tarzda xal etilishi bilan belgilanadi. Demak, qisqacha quyidagi xulosalarni qilish 
mumkin: 

tabiatni tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlar va undagi jarayonlar o„zaro 
va ichki dinamik muvozanat xolatdagina barqaror mavjud bo„la oladilar; 

bu muvozanat uzoq geologik jarayonlar ta‟sirida qaror topgan; 

tabiatning nozikligi va unga ta‟sir etishning osonligi, aynan shu muvozanat 
tufaylidir; 

muvozanatni izdan chiqarilishi uzoq davrlar mobaynida shakllangan 
tabiatni buzish demakdir. 
Ma‟lum bo„ldiki, inson tabiatning tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda 
yashaydi. Inson tabiatdan o„z manfaatlari yo„lida foydalanish jarayonida unga turli 
ta‟sirlarni o„tkazadi. Masalan, ozuqa va xom-ashyo olish maqsadida ko„plab 
maydonlarda o„zi hohlagan ekinlarni etishtiradi, erlarni xaydaydi, sug„oradi yoki turli 
sanoat ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun konlar ochadi. Insonning 
bunday ishlab chiqarish faoliyatlari turlarini sanab adog„iga etish qiyin. Insonlar va 
ulardan tashkil topgan jamiyat mavjudligini taraqqiyotning moddiy negizi 
hisoblangan tabiatsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Inson tabiat ne‟matlaridan va
kuchlaridan foydalanuvchi hamda ularni boshqaruvchi kuch sifatida o„zini namoyon 
qiladi. Insonlarni tabiatga ta‟siri boshqa tirik mavjudodlardan tubdan farq qiladi. 
Insondan boshqa barcha tirik organizmlarning tabiatga ta‟siri oddiy tabiiy 
jarayonlardan iborat bo„lib, tabiat qonunlari orqali boshqariladi va tabiatga kuchli 
ta‟sir ko„rsatmaydi. Insonlar esa ongi tufayli tabiatga sezilarli ta‟sir o„tkaza oladi. 
Tabiatga insonlarning turli ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida o„tkazadigan
ta‟sirlarini

Yüklə 301,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin