tabiiy jarayonlardan ham ustunlik qilmoqda. Tabiat bilan bo„ladigan munosabatlarda
uning qonuniyatlarini pisand etmaslik yoki etarlicha e‟tiborga olmaslik, ITI
imkoniyatlaridan ko„pincha bir tomonlama notug„ri foydalanish dastavval tabiatda
so„ngra esa jamiyat va inson hayotida bir qator kutilmagan salbiy oqibatlarni yuzaga
keltiradi. Tabiatdagi va u bilan jamiyat o„rtasidagi muvozanat buziladi. Agar inson
tomonidan tabiatga o„tqaziladigan salbiy ta‟sirlar kuchli va uzoq davom etsa, tabiat
bunday ta‟ziyqqa bardosh bera olmay tezlik
bilan tanazzulga uchraydi, inson va
jamiyatning moddiy negizi bo„lgan tabiat zaiflashib asl xolatini yo„qotadi. Hozirga
kelib, tabiatga insonlarning ta‟siri keskin ortishi oqibatida tabiatimizdagi bir qator
salbiy o„zgarishlar kuchayib jamiyatimizning kelajagi xavf ostida qolmoqda. Buni
quyidagilarda ko„rish mumkin: Sayyoramiz bo„ylab atrof-muhit xolati kundan-kunga
salbiy tomonga o„zgarib bormoqda, dunyo aholisining yarmi etarlicha tuyib ovqat
emaydi, uchdan biri toza ichimlik
suvi bilan taminlanmagan, to„rtdan biri savodsiz,
ko„p mamlakatlarda insonlar salomatligi yomonlashib, bolalar o„limi yuqori, turli
mintaqalarda har xil urushlar va nizolar avjiga chiqmoqda, inson extiyoji uchun zarur
bo„lgan ko„plab moddiy ne‟matlar kamayib bormoqda. SHunday bir sharoitda
insoniyat o„z ishlab chiqarish faoliyatini mukammallashtirish va tabiatga kamroq
ziyon etkazadigan texnologiyalarni tezroq joriy
etishga juda sekinlik bilan
kirishmoqda. Hozirgi kunda tabiatdan olinayotgan turli xom-ashyolarning o„rtacha
har 100 birligidan faqat 3-4 tasidan foydalaniladi holos. Nooqilona foydalanish
tufayli keyingi 1,5 ming yil ichida er yuzasidagi o„rmonzorlar 47% dan 27%ga tushib
qoldi, quruqlikning 30%i cho„l va sahrolarga aylandi. Sahro-cho„llar yiliga 6
mln.gektar tezlik bilan kengaymoqda. Yiliga tabiatga chiqarib tashlanayotgan turli
chiqindilar miqdori 100 mlrd.tonnadan ko„pni tashkil etmoqda. So„ngi 100 yil ichida
2 mlrd. gektar ekin maydonlari eroziyaga uchrab ishdan chiqdi.
Tabiatdagi salbiy o„zgarishlar majmui birinchi galda insonlar salomatligiga
katta ziyon etkazmoqda. Aholining umumiy kasallanish darajasi to„xtovsiz o„sib
bormoqda, nafas yo„llari, oshqozon-ichak, onkologik,
allergik, yurak, qon-tomir va
asab kasalliklari ko„payib, yangi noma‟lum kasalliklar paydo bo„lmoqda. Dunyoni
larzaga solib turgan OITS, pandemiya tusini olgan COVID-19 kabi epidemik
kasalliklar borgan sari ko„proq kishilarni o„z domiga tortmoqda.
Jamiyatning tabiatga ta‟siri to„g„ridan-to„g„ri va yashirin xolatda
bo„lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: