O’zbekistо n respublikasi


S o g‘ l o m l a sh t i r i sh



Yüklə 301,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix13.12.2023
ölçüsü301,05 Kb.
#140103
1   2   3   4   5   6   7   8
Мз 2лот

 
S o g‘ l o m l a sh t i r i sh
ahamiyati deyilganda sof tabiiy unsurlar(musaffo 
havo, toza suv, unumdor tuproq, bahavo o„rmon)ning va shifo beruvchi tabiiy modda 
va jarayonlarning inson salomatligiga ijobiy ta‟siri tushuniladi. Bundan qariyib ming 
yil avval yashab o„tgan buyuk o„tmishdoshimiz Abu Ali ibn Sino «Odamlar 
salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog„langan» deganda tabiatni aynan shu 
hususiyatini nazarda tutgan bo„lishiga shubxa qilmasa ham bo„ladi. 
T a r b i ya v i y 
ahamiyati deyilganda sof xaqiqiy tabiatni kishilarda 
oliyjanoblik, xushfe‟llik, bag„rikenglik, vatanparvarlik, ulug„vorlik, muloyimlik kabi 
ahloqiy xislatlarni uyg„otish va shakllantirish hususiyatlari tushuniladi. Tabiat 
quynida yoki tez-tez u bilan birga bo„lish insonlarning yoshidan qat‟iy nazar ularda 
insoniy fazilatlarni kamol topishiga yordam beradi. Jamiyatda kuzatiladigan ruxiy 
qashshoqlik, loqaydlik, qo„pollik, jaxldorlik, rahm-shafqatsizlik, vaxshiylik kabi 
illatlarning avj olish sabablaridan biri ham kishilarni sun‟iy(texnogen) muhitga tushib 
tabiatdan ajralib qolganliklaridandir. 
Tabiatning
e s t e t i k 
ahamiyati beqiyosdir. Insondagi barcha go„zallik, 
mukammallik, musiqa, tasviriy san‟at, kuy-navo xislari va ularga bo„lgan 
extiyojlarining negizida tabiat yotadi. Tabiatdagi yam-yashil vodiylar, zilol suvli 
buloq va soylar, purvikor tog„lar, bepoyon kengliklar, rang barang gullar, xushovoz 
va chiroyli qushlar inson uchun faqat moddiy ne‟matlar manbaigina emas, balki 
bitmas-tugalmas ijod, go„zallik, did va ruxiy quvvat manbaidirlar. 
Ko„rinib turibdiki, inson ham jismonan, ham ruxan atrof-tabiiy muhit bilan 
o„zviy bog„liq ekan. U tirik organizm sifatida o„z mavjudligini taminlash uchun 
doimo tabiat bilan modda, energiya va axborot almashib turishga majburdir. Bu 
degan so„z, inson tabiatni tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida mavjud 
bo„la oladi demakdir. 
Insonning tabiatga ta‟siri boshqa faol bo„lmagan mavjudotlar (o„simlik va 
hayvonot) ta‟siriga nisbatan faol va harakteri jixatdan tubdan farq qiladi. YA‟ni, 
inson ongi tufayli tabiatni o„z extiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o„zgartirish va 
moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo„ladigan munosabatlarda insonga 
faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida etakchilik qilish xuquqini beruvchi omil

Yüklə 301,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin