O’zbekistо n respublikasi



Yüklə 301,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix13.12.2023
ölçüsü301,05 Kb.
#140103
1   2   3   4   5   6   7   8
Мз 2лот


n s o n o n g i
ijtimoiy muhitda, ya‟ni jamiyatda shakllanadi. YUqoridagi fikrlardan 
kelib chiqib insonni ikkita ya‟ni tabiiy va ijtimoiy muhitlarning maxsuli bo„lgan 
bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va ruxiy (ong) 
mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat maxsuli, ongi jihatdan 
esa ijtimoiy muhit(jamiyat) maxsuli hisoblanadi. O„zlarining biologik hususiyatlari, 
ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga ko„ra turlicha ongga ega bo„lgan kishilar 
birgalikda kishilik jamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko„rinib turibdiki, inson tabiat 
bilan jamiyat o„rtasidagi bog„lovchi 
ko‘prik
vazifasini o„taydi. Bundan yana shunday 
xulosa ham kelib chiqadiki, inson tabiatni uzviy tarkibiy qismi bo„lganligi uchun ular 
tashkil etgan jamiyat ham tabiatsiz mavjud bo„la olmaydi. Boshqacha qilib aytganda,
t a b i a t i n s o n va j a m i ya t ya x l i t b i r t i z i m
sifatida faoliyat 
ko„rsatadilar, hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo„lib hisoblanadilar.
Mazkur o„rinda shuni ham esda tutish zarurki, tizimning komponentlaridan biri 
bo„lmish jamiyat ong tufayli moddiy borliqning eng oliy rivojlangan shakli 
hisoblanadi. U bir qator o„ziga hos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. 


Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari rivojiga 
to„siq bo„lmasligi ekologik jixatdan muhim ahamiyatga ega. Ma‟lumki, har qanday 
tizimning barqarorligi komponentlarni o„zaro mutanosib ravishda rivojlanishi va ular 
orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan xolatda bo„lishini taqozo etadi, aks xolda 
tizim buziladi va asl hususiyatlarini yo„qotadi. 
YUqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 

Er sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma‟lum bo„lgan 
Olamda yagonadir; 

tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir; 

tabiat-inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o„rganish 
zarur; 

bu 
tizimning 
biror-bir 
komponentidagi 
o„zgarish 
uning 
boshqa 
komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o„zgarishlarni yuz 
berishiga olib keladi. 
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, Er sayyorasi yoshini 4,7 mlrd yil deb aytish 
mumkin. Mana shu o„tgan uzoq geologik davr mobaynida erda o„ziga hos tabiat 
shakllangan. YEr tabiatining evolyusion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir necha 
bosqichlarga bo„linadi va ularning har biri o„ziga hos hususiyatlarga ega. Tabiatni 
shakllanishi, evolyusiyasi va asosiy hususiyatlarini o„rganish bilan bir qator tabiiy 
fanlar shug„ullanadi. Ekologiya fani nuqtai nazaridan tabiat komponentlari orasidagi 
va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi hamda uni jamiyatning tabiatga 
ta‟siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday qilib saqlab turish mumkinligi 
asosiy ahamiyatga ega. Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog„ 
jinslari, o„simlik va hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya 
almashinuvi jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o„zga hos barqarorlik 
xolati yuzaga kelgan. Tabiatdagi mana shu barqarorlikni 

Yüklə 301,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin