To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish
deganda insonlarni
tabiatga ochiqdan-ochiq ta‟siri tushuniladi. er osti qazilmalarini qazib
chiqarish, o„rmonlardan foydalanish kabilar tabiatga to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir
ko„rsatish oqibatlaridir. Masalan, qazilma boyliklarni qazib olish nafaqat
harakatdagi shaxtalar, rudniklar, kar‟erlar hududidagi biogeotsenozlarni
bo„zilishiga, balki qo„shni tabiiy hududlarning gidrogeologik rejimini
bo„zilishiga ham olib keladi. U joylarda mahalliy qurg„oqchilikni sodir
bo„lishini tezlashtiradi, hayvonot va o„simliklar dunyosini o„zgartirib yuboradi,
tuproqlarda kechadigan suv ta‟minoti bilan bog„liq bo„lgan jarayonlarni
bo„zilishiga olib keladi va xakozo. Ko„p xollarda korxonalar u yoki bu
mahsulotni ishlab chiqarish vaqtida hosil bo„lgan oqava suvlarni tozalamasdan
ochiq suv xavzalariga oqizishi natijasida baliqlar va ular uchun ovqat
hisoblangan mayda o„simlik va mikroorganizmlar nobud bo„ladi.
O„rmonlarga o„t qo‟yish, yerlarni yoppasiga xaydash, yaylovlarda uy
hayvonlarini tartibsiz bokish, okar suvlarga tuyunlar kurib okimni o„zgartirish kabi
insonlarning tabiatga ta‟siri tufayli o„simlik va hayvon turlarining kamayishi,
ayrimlarining yuqolishi tezlasha boshlagan. Natijada inson faoliyati bilan bogliq
nomakbul o„zgarishlar nafaqat tabiat, balki kishilarning xayot faoliyati uchun ham
xatar keltira boshlab, kadimgi odamlarni boshqa joylarga kuchishga majbur eta
boshlagan. Odamzod yaratgan ilk madaniyat namunalari yuqori paleolitga mansub
bo„lib, uning iqtisodiy asosi ovchilikdir. U o„zidagi takomillashgan qurollari bilan
yorik hayvonlar (mamont) ni ham uldirishga kodir bulgar. Paleolit davrining oxirgi
yuz yilliklari mobaynida hayvonlar soni sezilarli darajada kamaya boshlaydi.
Pleystotsenning oxiriga kelib tugilish koeffitsienti ancha past bo„lgan yirik hayvonlar
(xususan mamont) bugunlay yukotiladi. O„rtacha kengliklarda yashagan bunday
hayvonlarni butunlay yuk bo„lib ketishini bir gypux olimlar iklimdagi o„zgarishlar
oqibati desalar, yana bir guruxlari buning sababini ibtidoiy ovchilik faoliyati natijasi,
deb hisoblaydilar.
Tabiat bilan jamiyat o„rtasidagi munosabatlarning ko„pol tarzda bo„zilishi
jamiyatda sinflarning vujudga kelishi bilan boshlandi. Sinfiy jamiyatning so„nggi
pogonalarida ushbu munosabatlar yanada chuqurlashib, murakkab tusga kirdi. Tabiat
bilan jamiyat «o„rtasidagi o„zaro munosabatlarning keskinlashish sababi boylik
ketidan quvish, «oltin sarobi(vasvasasi), mustamlaka tuzumining vujudga kelishi
bilan hamnafasdir. Bunday jamiyatda inson ishchi kuchi, tabiat xomashyo- manbaiga
aylanib, tabiatga qirshin keltira boshlaydi.
Arxeologlar Markaziy Osiyo cho„llarida sug„oriladigan yerlar umumiy
maydoni qadimda hozirgidan ancha katta bo„lganligini ta‟kidlaydilar. Xozirgi
cho„llardagi kadimgi bepoyon voxalar va shaharlar nafaqatturliurushlartufayli, balki
kishilarning cho„l tabiatiga ongsizlarcha munosabati natijasida tuproqlarda vujudga
kelgan ikkilamchi shurlanish va kum bosish oqibatidir. erning tabiiy-meliorativ
xususiyatlari hisobga olinmay sug„orilishi oqibatida sug„oriladigan dalalarda
ma‟lgum vaqt utib (odatda 2-3 yil) shurlanish va botqoqlashish boshlangan. Bu erlar
qishloq, xo„jaligiga yaroksiz xolga kelib, tashlandik er sifatida foydalanishdan chikib
qolgan. Amudaryoning Okchadaryo, Sarikamisholdi del‟talaridagi hozirgi kuruk
uzanlar: Daryoliq Dovdan, Uzboy atroflaridagi, Buxoro va Korakul voxalari
atrofidagi, Paykent xududidagi katta maydonlardagi shurxoklar, shurtob takirli erlar
hamda kuchib yuruvchi kumliklar usha xodisalarning jonsiz guvoxi hisoblanadi.
Tog„ va tog„ yon bagirlaridagi qalin o„rmonzorlarning o„tin, «pista» ko„mir,
qurulish materiallari tayyorlash maqsadida ayovsiz kesilishi oqibatida tog„lar
yalangochlandi, qurg„okchilik kuchaydi, pastki mintaqalarda ham o„simliklar
siyraklashdi, yonbagirlarda suv eroziyasi kuchaydi, tuproq, grunti yuvildi, sel
xodisasi ortishidan jarliklar paydo bo„ldi. YOzma ma‟lumotlarga kura XIX asr
oxirlarida Zarafshon daryosida xap yili Turkiston va Zarafshon tog„laridan
Samarkandga 26400 ta archa xodasi oqizilgan. Faqatgina O„zbekiston xudidagi
qadimiy shaharlar (Toshkent, Buxoro, Samarkand, SHaxrisabz va boshk.) qurilishida
ko„plab imoratbop archa daraxtlari ishlatilgani nazarda tutilsa, qancha-qancha
daraxtlarga qirg„in kelganini tasavvur etish qiyin emas. Usha davrlardayoq tabiat
bilan jamiyat o„rtasidagi o„zaro munosabatlar sezilarli darajada o„zgara bordi.
Sanoat revolyutsiyasi tufayli inson tabiatga ta‟sirini juda kuchaytirdi. Ular
o„rtasidagi o„zaro munosabatlar tubdan o„zgardi, tabiiy resurslardan foydalanish
xajmi keskin ortib ketdi. 18-19 asrlarda texnik taraqqiyot tabiiy resurslardan, kazilma
boyliklar, er-suv resurslari, baliq zaxiralaridan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni
ko„plab ovlashning kuchayishiga imkon yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishda avval bug
mashinalari, keyinchalik ichki yonuv dvigatellariga utilishi, shaharlar va sanoat
markazlarining usishi ko„plab zararli chiqindilar miqdorining ortishiga sabab buldi.
Daryolardan foydalanish, suv xavzalari, atmosfera havosi va tuproqlarning sanovit
chiqindilari va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi sezila boshladi.
Texnik taraqqiyotni salbiy omillarning zararli ta‟sirlariga eng avvalo
Yevropaning garbidagi sanoatlashgan va urbanizatsiya darajasi yuqori bo„lgan
mamlakatlar (Angliya, Frantsiya, Bel‟giya, Gollandiya va b.) duchor bo‟ldilar. Biroq
bu davrda tabiatni vayron qilish SHimoliy Amerikada evropadan ancha jadal tus
olgan edi.
Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi
sonini tez sur‟atlarda usib borishi insonning tabiatga ta‟sir doirasini kengaytirib
yubordi. Ayniqsa, “insonning tabiat ustidan qozongan g„alabasi» dan mag„rurlanib
amalga oshirilgan tadbirlar tabiat bilan jamiyat o„rtasidagi o„zaro muvozanatni
butunlay buzilishga olib keldi. Insonning tabiatga ta‟sirining salbiy oqibatlari,
pirovard natijada uning o„ziga ogir kulfatlar keltira boshladi.
Sanoatning kislorodga bo„lgan extiyoji orta borayotgan bir paytda,
sayyoramiz o„simliklari ishlab chiqarayotgan kislorodning chorak kismiga yaqini
inson tomonidan yokib yuborilmoqda. YAna yiliga atmosfera tarkibidan ishlab
chiqarish maqsadlari uchun 90 mln. t kislorod va 70 mln. t azot olinmoqda.
Olimlarning hisoblaricha yiliga yokib yuborilayotgan kislorodning 1% i kayta
tiklanmay kolaversa, yana 6-7 asrdan sung er atmosferasi kislorod zaxirasining 70%
ga yaqini tugashi mumkin ekan.
Buning ustiga Yer sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o„rmonlar
maydoni yil sayin 125 ming km
2
ga qisqarmoqda. Inson sayyoramiz yashil boyligi -
o„rmonlarni 50% dan ortigini kesib buldi. evropa mamlakatlarida o„rmonlarning 85-
95% i kesib yuborilgan bulsa, AQSH da o„rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. ga dan
260 mln. ga ga qisqardi. Hozir Xindistonning 18% xududi o„rmon bilan qoplangan
bulsa, XXI asrda bu ko„rsatkich atiga 9% ni tashkil etadi.
Inson xo„jalik faoliyati natijasida atmosferaga yiliga faqat turli yoqilg„ilar
yokish hisobiga 22 mlrd. t karbonad angidrid, 200 mln. t dan ortiq uglerod oksidi,
160 mln. t sul fat oksidi, 50 mln. t azot oksidi, yana shuncha uglevodlar, 250 mln. t
turli kimyoviy zarrachalar-aerozollar hamda 300 ming t qo„rg„oshin chiqarilmoqda.
XX asr o„rtalarida faqat toshko‟mir yoqishning o„zidan yer yuzasiga har yili 2
mlrd.t. shlak chiqarilgan. Faqat yoqilg„i yoqish maqsadida esa 15 mlrd.t. kislorod
sarflanmoqda.
Hozir inson kuruklik yuzasining 60% dan ortiq kismdan o„z maqsadlari uchun
foydalanayotyagan bulsa (30% dan ortigida qishloq xo„jalikda, 11% da erlarni
xaydab ekin ekmoqda), 20% dan ortigini turli kurilishlar tufayli butunlay o„zgartirib
yuborgan (XX asrning o„zida bunday erlar 250 mln.ra. ga ortdi), 100 mln. ga er faqat
shaharlar kurilishi bilan band, sanoatlashgan xududlarning yarmidan ortigini
muxandislik qurilmalari egallagan.
O„rmonlarning betartib kesib yuborilishi oqibatida keyingi 80-90 yil
mobaynida dunyo bo„yicha sug„oriladigan erlarning chorak kismi eroziyaga uchrab
(AKSHda eroziyaga uchragan» erlar 50% ga yaqinlashdi) qishloq xo„jalikda
foydalanishga yaroksiz xolga kelgan bulsa, suv eroziyasi tufayli yiliga 24 -10 t
tuproqlarning unumdor kismi yuvilmoqda.
eroziyaning mukarrar rivojlanishi evaziga, keyingi asr mobaynida 2. mlrd. ga
er yaroksizlandi, yiliga 200-300 ming ga er shurlanish va botkoklashish evaziga
qishloq, xo„jalik ahamiyatini yukotmoqda.
1940 yilda 10 mln. t, 1983 yili 124 mln. t mineral ugitlar ishlab chikilgan bulsa,
hozirda yiliga 200 ming t pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda.
Ishlab chiqarish va maishiy extiyojlar uchun yiliga sayyoramiz bo„yicha 4000
km suv talab etilayotgan bir paytda suv xavzalarining, xususan dunyo okeana
ifloslanish darajasining hozirgi axvoli juda achinarli xoldir.
Hozir inson erdagi barcha kimyoviy elementlardan foydalanishdan tashqari
yangilarini ham kashf etdi (XIX asrgacha 28 ta, XIX asrda esa 50 ta XX asr
boshlarida 59 ta kimyoviy elementdan foydalangan) . Yillik energiyaga bo„lgan
extiyoj 15 mlrd. t shartli yoqilg„i hisobiga kondirilmoqda. er ka‟ridan yiliga 5 mlrd. t
kumir, 3 mlrd.t neft va gaz kondensata, 700 mln. t temir rudasi, bir necha o„n million
tonnalab: fosfat va kaliy tuzlari, boksit, marganets rudasi, million tonnalab: mis,
kaliy, qo„rg„oshin, azbest, flyuorit, minglab tonnalab: oltin, uran, toriy va boshqa
qazilma boyliklar olinmoqda. Agar mineral resurslardan foydalanish shu tarzda
davom etadigan bulsa, mutaxassislar hisobi bo„yicha alyumin 550, kumir 500, temir
250, kalay 23, qo„rg„oshin esa 19 yilga etishi mumkin. Umuman 2500 yilga borib,
barcha metallar zaxirasi batomom tugaydi, degan bashoratlar mavjud ( Ananichev ).
Inson faoliyati ta`sirida biosferaning uzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson er
sayyorasi qiyofasini o„zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini
V.I.Vernadskiy tomonidan ta`kidlab o„tilgan. Insonning geologik va geokimyoviy
faoliyatini sarxisob qiladigan bo„lsak, u nixoyatda kuchli. Insoning tabiiy
jarayonlarga mana shunday munosabatlarda bulishi oqibatida XX asrning urtalaridan
boshlab ekologik muammolar jadal avj olib ketdi.
Ekologik muammo deganda insoning atrof-muhitga ko„rsatayotgan ta`siri
bilan bog„liq holda tabiatning unga aks ta`siri, ya`ni insonning hayotiga, xo„jalik
faoliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatuvchi har qanday tabiiy va ijtimoiy xodisalar
tushuniladi. Ekologik muammolarni ko„lamiga ko„ra quyidagi 3 ta shartli guruhga
ajratish mumkin:
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo buyicha kuzatiladigan tabiiy, antropogen yoki sof antropogen xodisalar
umumbashariy muammolar deb qaraladi. Bunday ekologik muammolarga
“Atmosferaning dimiqishi”, Ozon teshigi, CHuchuk suv tanqisligi, CHiqindilar,
Oziq-ovqat tanqisligi kabi ko„plab misollarni keltirish mumkin.
Nazorat savollari
1. Olam, tabiat tushunchalarini ekologik nuqtai nazardan tahlil qiling.
2. Insonni tabiat bilan uzviy bog„liqligini isbotlang.
3.Tabiat-inson-jamiyat tizimidagi o„zaro bog„liqlikni tushuntiring?
4. Tabiiy muvozanat nima va uni qanday ekologik ahamiyati bor?
5. Insonning biosotsial(bioijtimoiy) mohiyatini tushuntiring.
6. Tabiatga antropogen ta‟sirlar ko„lami haqida gapiring.
7. Tabiatning inson uchun axamiyatlari(aspektlari) haqida nima bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |