Tranzitivlik munosabati “Jon Tomdan katta” va “Tom Garridan katta” bo‘lsa, “Jon-Garridan katta” degan mulohazada namoyon bo‘ladi. Agar “A-B ning otasi” va “B-Sning otasi” bo‘lsa, unda “A- S ning otasi”, desak, bu intranzitivlik munosabati bo‘ladi.
O‘zaro munosabatda obyektlar miqdori hisobga olinib, referent ana shu bilan bog‘lanadi. Agar “Mister A-mister Bning krеditori” degan mulohaza chin bo‘lsa, unda Adan boshqa kishilar ham mister Bga xuddi shunday munosabatda bo‘lishi aniqdir, ya’ni S, D va boshqalarning A ga munosabati ham chindir. Bunday munosabat ko‘p qiymatli deb hisoblanadi.
Bog‘liqlik munosabatida muayyan sinfdagi har bir juftlik o‘rtasida aloqa bor yoki yo‘qligi inobatga olinadi. Butun sonlar qatori va “unga qaraganda katta” munosabatini olib ko‘raylik. Bunda har qanday ikki butun son bir-biriga nisbatan “undan katta” va “undan kichik” munosabatida bo‘ladi. Bu kabi xossaga ega munosabat bog‘liqlik munosabati deb ataladi2.
Keng ma’noda bilishda nomga ega har qanday predmet bilish obyekti bo‘la oladi. Birorta narsaga nom berish bilan biz uni bilish obyektiga, aqliy mushohada predmetiga aylantiramiz.
Fikrlash predmeti bo‘la oladigan turli-tuman obyektlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Bilish manbasiga ko‘ra (hissiyot yoki aql) empirik va nazariy obyektlar farqlanadi.
Empirik (empiriya – tajriba) obyektlar – bu borliqdagi hissiy qabul qilinadigan (hissiy tajribada qayd etiladigan) real predmetlar. Bunday obyektlar qatoriga quyidagilar kiradi:
A) narsalar (predmetlar) – individlar (o‘simliklar, hayvonlar, minerallar), obyektlar sistemalari (planetalar sistemasi, jamiyatning siyosiy sistemasi), u yoki bu darajadagi vaziyatlar (planetalarning o‘zaro joylashuvi, millatlar o‘rtasidagi turli xil sharoitdagi munosabatlar).
B) voqealar (hodisalar) – momaqaldiroq, quyosh tutilishi va boshqalar.
C) jarayonlar – bug‘lanish, havoning isishi va boshqalar.
Empirik obyektlarning bu tasnifi taxminiydir. Boshqa asosga ko‘ra ham turlari farqlanishi mumkin. Empirik obyektlar tajribada kuzatilishi sababli ularni kuzatiladigan obyektlar, ularni ifoda etuvchi terminlarni kuzatish terminlari deb atashadi.
Nazariy obyektlar fikrlash, aqliy faoliyat mahsulidir. Ularga quyidagilar mansub:
Real obyektlar (realligi hech bo‘lmaganda fikran tahlil qilinadigan obyektlar): ular nazariya’ni qurish davomida tafakkur yordamida kiritiladi. Masalan, issiqlik hodisalari, ximiyaviy o‘zgarishlar, yorug‘likning tarqalishi yoki yutilishi kabilarni tushuntirishda “molekula”, “atom” tushunchalari kiritiladi. Bunday obyektlarning ba’zilari nazariya rivojining muayyan bosqichigacha faraz shaklida qolib, keyinchalik mavjudligi yo tasdiqlanadi (atomga nisbatan shunday), yo rad etiladi va nazariya tarkibidan chiqarib yuboriladi (masalan, flogiston, teplorod, hayotiy kuch kabilar).
Abstrakt obyektlar. Ularning ikki turi mavjud:
A) nomni intensional qo‘llashda paydo bo‘ladigan obyektlar. Masalan, “Adolat sotsial demokratik partiyasi raisi”, deganda biz uning rais sifatidagi huquqlari, vazifalari, majburiyatlari bilan bog‘liq sifatlarini ajratib olib, uni mazkur sifatlari orqali fikr qilamiz. Bunda uning boshqa xususiyatlari, masalan, olim ekanlagi, oila boshlig‘i bo‘lishi kabi jihatlaridan “chetlashamiz”, ya’ni ularni hisobga olmaymiz.
B) predmet xossasining mustaqil fikr obyektiga aylantirilishi natijasida hosil qilingan abstrakt obyektlar. Masalan, alyuminiyning elektr o‘tkazuvchanligi, Yer harakati, go‘zallik va shu kabilar.
Bilishning ideallashgan obyektlari borliqdagi predmetlarni “qayta ishlash” natijasida yaratiladi (ideal gaz, mutlaq qattiq jism va shu kabilar). Fikran, “qayta ishlash”ning mohiyati shundaki, o‘rganish predmeti borliqda unga xos bo‘lmagan belgilar bilan sifatlantiriladi (unga tushayotgan barcha nurlarni yutib yuboradigan jism – mutlaq qora jism) yoki real xos bo‘lgan belgilarning ba’zilaridan soqit bo‘ladi (elektr tokini butunlay o‘tkazmaydigan jism). Ta’kidlash joizki, predmetni uning ba’zi xususiyatlaridan “mahrum qilish” yoki unga yo‘q bo‘lgan xususiyatlarni “qo‘shish” nisbiydir – odatda, predmetni uning muayyan xususiyatlaridan mahrum qilish unga boshqa xususiyatlarni qo‘shishni anglatadi (mutlaq silliq tekislik – bu, ayni paytda, ishqalanishni keltirib chiqarmaydigan tekislikdan iborat; barcha nurlarni yutib yuboradigan jism – hech qanday nurni aks ettirmaydigan jism bo‘ladi).
Bir vaqtning o‘zida ham abstrakt, ham ideallashgan obyekt bo‘lib hisoblanuvchi obyektlarning mavjudligini aytib o‘tish o‘rinlidir. Ularga geometriyada fikr qilinadigan figuralarni misol qilib keltirish mumkin.
Ideallashgan obyektlar turlarining ko‘pligini tasavvur qilish uchun kundalik turmushimizda ideallashtirilgan holatlarni, masalan, do‘st, tarixning muayyan bir davrini, ma’lum bir hodisaning ideallashgan holatini eslash mumkin.
Ideallashgan obyektlarning alohida bir turini predmetlar sinfi, to‘plamlar tashkil etadi. Ma’lum bir umumiy belgiga ega bo‘lgan predmetlar to‘plamiga sinf deyiladi. Masalan, metallar, o‘simliklar, ziyolilar predmetlar sinfidan iborat. Sinfni tashkil etuvchi predmetlar sinfning elementlari deb ataladi. Sinf elementlari cheklangan va cheksiz, noaniq yoki bo‘sh bo‘ladi. Sinf faqat bir elementdan ham tashkil topishi mumkin.
Sinflar bilan mantiqiy amallarni bajarganda sinf elementlari haqida aytilganda, fikr, umuman, sinfga taalluqli deb ko‘rsatilsa va aksincha sinfga xos belgi uning elementlariga ko‘chirilsa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Matematik mantiqda “sinf” tushunchasi to‘plam deb ataladi. Sinflar (to‘plamlar) kichik sinflar (kichik to‘plam)ni o‘z ichiga olishi mumkin.
Masalan; kvadratlar to‘rtburchaklar to‘plamiga kiruvchi kichik to‘plamdir.
Elementning sinf (to‘plam)ga mansubligining simvolik ifodasi a Є M (f m to‘plamning elementi deb o‘qiladi). Kichik to‘plamning to‘plamga kirishi a S M ko‘rinishida ifodalanadi ( M ning qismidir deb o‘qiladi).
Yuqorida misol sifatida keltirilgan metallar sinfi, o‘simliklar sinfi, ziyolilar tabaqasini borliqda sof holda tasavvur qilish murakkab. Ular turli joyda , turli vaqtda mavjud bo‘lgan, tarkibi doimiy ravishda o‘zgarib turadigan sinf sifatida bir jinsli predmetlar to‘plamidan iborat. Fikrlash obyektiga aylantirar ekanmiz, ularni bir vaqtda , bir joyda mavjud bo‘lgan predmetlar to‘plamidan iborat deb olamiz, ya’ni ularni fikran “to‘playmiz”, muayyan yaxlitlik, birlik holiga keltiramiz. To‘plamdagi predmetlar o‘rtasida aloqalar bor deb hisoblaganda, masalan, oilada, ishlab chiqarish jamoasida ana shunday, to‘plam agregat deb ataladi.
4. Bilishning ideal obyektlari tafakkur, aqlning ijodiy faoliyati natijasi bo‘lib, ular borliqda o‘z proobrazlariga ega emas. Ideal obyektlarning 2 turi ajratiladi:
A) fikrlar, bilimlar, axborot. Ular, tabiiyki, borliqda o‘z asoslariga muayyan proobrazlariga ega, lekin ular alohida predmetlar, obyektlar proobrazlari emas.
Ba’zan bilish shakllari, usullarini ham ideal obyektlar deb hisoblashadi. Ularni abstrakt obyektlar qatoriga qo‘shish to‘g‘ri bo‘ladi, chunki ular tafakkurimiz natijalari emas. Ko‘p hollarda abstrak va ideal, ideal va ideallashgan obyektlar farqlanmaydi, ular umumiy nom – ideal obyekt so‘zi orqali ifodalanadi. Bu bir tomondan nazariy obyektlarning umumiy jihatlarga egaligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, obyektlar turlarining farqlanishini murakkab vazifa ekanligidan dalolat beradi;
B) bilishda sof instrument vazifasini bajaruvchi obyektlar – koordinatalar sistemasini vektorlar, tenzorlar, meridianlar, parellel bilish va shu kabilar. Bular bilimning mos sohalarida bilish obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. masalan, koordinatalar sistemasi matematikada bilish obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Nazariy obyektlarni ifoda etuvchi terminlar ashyoviy mazmunga egami, ya’ni ular bo‘sh terminlar emasmi degan savolning mantiqda qo‘yilishi tabiiydir. Bunday proobraziga ega emas, abstrakt obyektlar esa mustaqil holda mavjud emas, ideallashgan obyektlar esa mustaqil holda mavjud emas. Mana shuni nazarda tutib bo‘lsa kerak, ba’zi hollarda ularni ifoda etuvchi so‘zlarni bo‘sh terminlar deb atashadi. Ma’lumki, bo‘sh terminlarga xos xususiyat shundaki, ularni o‘z ichiga olgan mulohazalarning juda bo‘lmaganda, mantiqiy egasi (fikr bildirilayotgan predmetini ifoda etuvchi so‘z, terminlar) real mazmunga ega emas: ular chin ham, xato ham emas, demak, anglangan emas. Bundan ekzistensial mulohazalar predmetining mavjud emasligi ta’kidlanadigan mulohazalar (“materiya mavjud” va “boshsiz odam mavjud emas” tipidagi mulohazalar) istisnodir.
Shuni ham aytish lozimki, nazariya tarkibiga yuqorida qayd etilgan tiplardagi obyektlarni kiritishar ekan, tadqiqotchilar barcha hollarda ular to‘g‘risidagi mulohazalarning chin yoki xato bo‘lish mezonlarini aniqlaydilar va bu bilan bo‘sh terminlar mavjud emasligini asoslashga urinadilar, zero, ideal obyektlarni ba’zan borliqdagi real predmetlar qatoriga qo‘shish hollari uchraydi. bunga misol qilib, “Qutb yulduzi osmon o‘qining osmon sferasi bilan kesishadigan nuqtalaridan birida joylashgan”, degan mulohazani keltirish mumkin. O‘z-o‘zidan ravshanki, yer sharining qaysi joyida mazkur parallellarning “o‘tish”ni bilgan holda yuqorida keltirilgan mulohazaning chinligini o‘rnatish murakkab ish emas.
“Belgi” tushunchasi. Belgi turlari
Aqliy mushohada, tafakkur obyektlari to‘g‘risida gapirar ekanmiz, ularni fikran ajratish usullarining ko‘p ekanligini ham qayd etish lozim. Bunda predmetlarni tavsiflash tiplarining ko‘pligi nazarda tutilmoqda.
Tavsiflash, odatda, predmetlarning xossalari, munosabatlari asosida amalga oshiriladi. Shu munosabatda “predmet belgisi” tushunchasiga murojaat qilish zarur bo‘ladi.
Mantiqda belgi deb, predmetning har qanday tavsifiga, predmet to‘g‘risida aytish mumkin bo‘lgan har qanday narsaga aytiladi. Borliqdagi mavjud ba’zi predmetlar nimasi bilandir o‘xshash, boshqa ba’zilari nimasidir bo‘yicha tafovut qilinadi. Predmetlarning o‘xshashligi va tafovuti bilish jarayonida ularni muayyan belgilariga ko‘ra aynanlashtirish yoki tafovutlash uchun obyektiv asos bo‘ladi. Belgi bo‘lib birorta xossa, munosabat, holat va shu kabilarning mavjudligi yoki yo‘qligi xizmat qilishi mumkin. masalan, paxtaning tolaga egaligi, yumshoqligi(xossasi), sanoat uchun xom ashyo ekanligi (sanoatga munosabati) uning belgilari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |