O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Real ta’rif chin yoki xato bo‘lishi mumkin asl mulohazadan iborat



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə34/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Real ta’rif chin yoki xato bo‘lishi mumkin asl mulohazadan iborat4.

Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko‘rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmadir”, degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.
Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi tushunchalar hajmi yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, ta’rif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo‘lib qoladi. Masalan, “Mantiq tafakkurni o‘rganuvchi fandir” – haddan tashqari keng, “Mantiq isbotlash tarkibini o‘rganuvchi fandir” – haddan tashqari tor ta’rifdir;
b) ta’rif aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Xayol – uchqur ot”, “Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo‘lishidir” (Gegel) degan ta’riflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur ma’no bo‘lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas;
c) ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Ta’rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo‘ladi. Masalan, “Mantiq to‘g‘ri fikrlash haqidagi fandir”, deyilganda ta’rifda aylana vujudga keladi. Chunki “To‘g‘ri fikrlash nima?” degan savolga, “U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda fikrlashdir”, deb javob berishga to‘g‘ri keladi, ya’ni “mantiq” tushunchasiga murojaat qilinadi.
Ta’riflash qoidalari turlicha nomlanishi, har xil iboralar bilan nomlanishi mumkin, lekin mohiyatan bir xildir. Fikrimiz tasdig‘i sifatida Koen va Nagelning ta’rifni hosil qiluvchi qoidalar deb nomlangan qoidalariga murojaat qilsak bo‘ladi.
Ta’rifni hosil qiluvchi qoidalar:
  1. Ta’rif aniqlanuvchining mohiyatini ifoda etishi kerak. Aniqlovchi ifoda aniqlanuvchiga ekvivalent bo‘lishi zarur, ya’ni u aniqlanuvchi ifoda etadigan barcha narsaga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lishi kerak


  2. Ta’rifda aylana bo‘lmasligi kerak; u ko‘rinarli yoki ko‘rinmas ravishda aniqlanuvchi predmetni o‘zida nazarda tutmasligi kerak.


  3. Tasdiqlovchi terminlarda berish mumkin bo‘lgan holda, inkor shaklda berilmasligi kerak.


  4. Ta’rif noaniq shaklda yoki metafora orqali ifodalanmasligi kerak5.




Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi.
Masalan, “Tamagir tamagirlik qiluvchi kishidir”, desak, tavtologiyaga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.
d) Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Aks holda, predmetga xos bo‘lgan belgi o‘rniga unda yo‘q bo‘lgan belgi ko‘rsatiladi. Masalan, “Ong moddiy emas”, degan ta’rif “ong” tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin