O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Modallik turlari va modal mulohazalar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə49/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

3.Modallik turlari va modal mulohazalar
Atributiv va munosabat mulohazalari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab mulohazalari assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqelik mulohazalar deyiladi. Ularda predikatda ko‘rsatilgan belgining subyektda bor yoki yo‘qligi haqida fikr bildiriladi. Modal mulohazalarda esa predikatning subyektga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qat’iy, kuchli (zaruriy) yoki qat’iy bo‘lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal mulohazalarda subyekt va predikatning o‘zaro munosabati haqida muayyan nuqtai nazardan fikr bildiriladi. Masalan, Inson abadiy yashamaydi assertorik mulohazai Inson abadiy yashashi mumkin emas, deb bayon qilinganda modal mulohaza ko‘rinishida ifodalanadi. Bu mulohaza avvalgisiga nisbatan kuchli. “Ukam ingliz tilini o‘rganadi” mulohazasiga nisbatan Ukam ingliz tilini o‘rganishi mumkin mulohazasi kuchsiz tasdiq mulohaza hisoblanadi. Bu mulohazalardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal mulohazadir.
Assertorik (voqelik) mulohazalarga shart, zarur, mumkin kabi modal so‘zlar (operatorlar)ni kiritish orqali modal mulohazalar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi.
Modal mulohazalarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal mulohazalarda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi:
«ð А» – А зарурийдир.
« А» – А тасодифийдир.
« à А» – А бўлиши мумкин.
«ù А» – А бўлиши мумкин эмас.
Ba’zan “Lp” – “p zaruriydir”, “Mp” – “p bo‘lishi mumkin” belgilaridan ham foydalaniladi.
Zaruriy modal mulohazalar turli fanlarga oid qonunlar, shu jumladan, mantiq qonunlari va ulardan kelib chiqadigan holatlarni ifodalaydi. Masalan, Butun bo‘lakdan katta, Har bir fuqaro qonunlarga bo‘ysunishi shart.
Qonunlarga zid bo‘lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holatlarni inkor etuvchi mulohazalar ehtimoliy mulohazalar deyiladi. Masalan, Simob daryosining bo‘lishi mumkin emas.
Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo‘lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan mulohazalar tasodifiy mulohazalar deyiladi. Masalan, ba’zi hududlarda dengiz ko‘pigining toshqini bo‘lishi tasodifiydir.
Ehtimollik mulohazalari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo‘lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan, Marsda hayot bo‘lishi mumkin.
Modal mulohazalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin.
Modal mulohazalar modal mantiqda o‘rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik (majburiy), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi mulohazalar tahlil qilingan.
Aletik modal so‘zlar subyekt va predikat o‘rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o‘z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy).



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin