O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə50/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Epistemik modal mulohazalar tarkibida “ishonadi” (“hisoblaydi”), “shubhalanadi”, “rad etadi”, “biladi”, “isbotlanadigan”, “rad etiladigan”, “hal qilib bo‘lmaydigan” kabi modal operatorlar bo‘ladigan mulohazalardir.
Epistemik modal mulohazalar epistemik mantiqda o‘rganiladi.
Ma’lumki, bilim ishonch-e’tiqoddan farq qiladi. Bilim hamma vaqt chin bo‘ladi. Ishonch-e’tiqod esa chin yoki soxta (yolg‘on) bo‘lishi mumkin. Shu asosda epistemik mantiq ikki turga ajratiladi: bilim mantig‘i va e’tiqod mantig‘i. Bular bir-biridan dastlabki tushunchalari va qonunlari bilan farq qiladi. Bilim mantig‘i birinchi marotaba avstriyalik matematik va mantiqshunos olim K.Gyodel (1906-1978y.) tomonidan ishlab chiqilgan. Bilim mantig‘ida “isbotlanadigan” – boshlang‘ich tushuncha bo‘lib, uning qonunlari quyidagicha:
– agar fikr isbotlanadigan bo‘lsa, u chindir (faqat haqiqatni isbotlash mumkin, yolg‘onni chin deb isbotlab bo‘lmaydi);
– isbotlanadigan holatning mantiqiy natijasi (oqibati) ham isbotlanadigan bo‘ladi;
– agar nimadir isbotlanadigan bo‘lsa, uning isbotlanadigan ekanligi ham isbotlanarlidir;
– mantiqiy ziddiyatni isbotlab bo‘lmaydi va h.k.
Bilim mantig‘iga haqiqat mantig‘i misol bo‘la oladi. Uning qonunlari quyidagicha:
– agar fikr chin bo‘lsa, uning inkorining ham chinligi noto‘g‘ridir; – konyuksiya tarkibidagi har ikki mulohaza chin bo‘lganda, u chin bo‘ladi.
E’tiqod mantig‘ining boshlang‘ich tushunchasi “ishonadi” (“hisoblaydi”) bo‘lib, ushbu tushuncha orqali “shubhalanadi” va “rad etadi” tushunchalari aniqlanadi:
– subyekt nimadandir shubhalanar ekan, unda u shu narsaga ham, uning ziddiga ham ishonmaydi;
– subyekt nimanidir rad etar ekan, unda shu narsaning ziddiga ishonadi. Quyidagi holatlar ishonch mantig‘ining qonunlaridir:
– subyekt birinchi va ikkinchisiga ishonadi, agar faqat birinchisiga va ikkinchisiga ishonsa;
– bir vaqtning o‘zida ham ishonish, ham shubhalanish; ishonch hosil qilish va rad etish; shubhalanish va rad etish mumkin emas;
– subyekt nimaningdir shunday ekanligiga yo ishonadi, yo shubhalanadi, yoki uni rad etadi;
– bir vaqtning o‘zida nimagadir va uning ziddi bo‘lgan narsaga ishonish mumkin emas.
“Biladi”, “chin”, “isbotlanadi” tushunchalariga nisbatan, ma’lum bo‘lgan narsaning mantiqiy natijasi ham ma’lumdir, chinniki – chindir, isbotlanadiganniki – isbotlanadigandir. Xuddi shu prinsipni “ishonadi” tushunchasiga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu holat “hamma narsadan xabardorlik” deb nomlangan mantiqiy paradoksni keltirib chiqaradi. Mas., agar kimdir Evklid geometriyasining beshta postulatiga ishonsa, unda uning geometriyasiga ham to‘liq ishongan bo‘ladi. Lekin, bunday emas. Postulatlarga ishongani bilan, u odam Pifagor teoremasini bilmasligi va uning to‘g‘riligiga shubha qilishi mumkin.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin