3. Chinlik jadvallari va tavtologiyalar
Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlari:
Birlashtiruvchi mulohaza tarkibidagi sodda mulohazalarning hammasi chin bo‘lsa, faqat shundagina u chin bo‘ladi.
Oddiy ayiruvchi mulohaza tarkibidagi sodda mulohazalardan hech bo‘lmaganda biri chin bo‘lsa (hammasi chin bo‘lsa ham), u chin bo‘ladi.
Qat’iy ayiruvchi mulohaza tarkibidagi sodda mulohazalardan faqat bittasi chin bo‘lsa, u chin bo‘ladi.
Shartli mulohazaning asosi chin, natijasi xato bo‘lgan holatdan boshqa hammasida u chin bo‘ladi.
Ekvivalent mulohazaning asosi va natijasi chin yoki xato bo‘lsa, shunda u chin bo‘ladi.
p
|
q
|
p Ù q
|
p Ú q
|
p Ú q
|
p → q
|
p ↔ q
|
t
|
t
|
t
|
t
|
f
|
t
|
t
|
t
|
f
|
f
|
t
|
t
|
f
|
f
|
f
|
t
|
f
|
t
|
t
|
t
|
f
|
f
|
f
|
f
|
f
|
f
|
t
|
t
|
Bu jadvaldan foydalanib, ikki qiymatli mantiqda formulalarning chinlik qiymatini aniqlash mumkin. Masalan, (p→q) Ù p formulasining chinlik qiymatini aniqlash uchun jadval tuzamiz. Ikki o‘zgaruvchi (p, q) va ikki sentensial bog‘lovchi bo‘lgani uchun, jadvalda qatorlar soni 5ta, ustunlar soni 4ta bo‘ladi.
p
|
q
|
p→q
|
(p→q) Ù p
|
t
|
t
|
t
|
t
|
t
|
f
|
f
|
t
|
f
|
t
|
t
|
f
|
f
|
f
|
t
|
f
|
Mulohazalarning inkor qilinishi. Ikki mulohaza bir-biriga zid bo‘lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi yolg‘on bo‘lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza yolg‘on bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza chin bo‘ladi.
p
|
ù p
|
chin
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
chin
|
Quyidagi mulohazalar bir-birini inkor qiladi:
A–O. Hamma o‘zbek ayollari oliy ma’lumotli (yolg‘on).
Ba’zi o‘zbek ayollari oliy ma’lumotli (chin).
E–I. Hech bir inson tosh emas (chin).
Ba’zi insonlar toshdir (yolg‘on).
Mulohazalarni predikatning subyektga taalluqli emasligini ko‘rsatish va mulohazani yolg‘on deb ko‘rsatish orqali inkor qilish mumkin. Birinchisi ichki inkor, ikkinchisi tashqi inkor deyiladi.
Masalan:
Ba’zi talabalar a’lochi emas (ichki inkor).
Quyoshning Yer atrofida aylanishi – noto‘g‘ri fikrdir (tashqi inkor).
Murakkab mulohazalarni inkor qilish. Kon’yunktiv va diz’yunktiv mulohazalar inkor qilinganda ularning mantiqiy bog‘lamalari almashadi va tarkibidagi oddiy mulohazalar inkor qilinadi.
Ayiruvchi mulohazani inkor qilish.
Men darsdan so‘ng yo kutubxonaga, yo do‘stimnikiga boraman.
Men darsdan so‘ng kutubxonaga ham, do‘stimnikiga ham bormadim. ù (pÚ q) ≡ ù p Ùù q
Ayiruvchi inkor mulohazani inkor qilish.
Hunar o‘rganmagan yoki ilm olmagan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topmaydi.
Hunar o‘rgangan, ilm olgan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topadi.
ù (ù p Ú ù q) ≡ p Ù q
Birlashtiruvchi mulohazani inkor qilish.
Halol va vijdonli odamlar axloqli bo‘ladilar. Halol bo‘lmagan yoki vijdonli bo‘lmagan odamlar axloqsiz bo‘ladilar.
p Ù q ≡ ù p Ú ù q
Birlashtiruvchi inkor mulohazani inkor qilish.
A’lochi va jamoatchi bo‘lmagan talabalar tanlovda ishtirok etmaydilar. A’lochi yoki jamoatchi bo‘lgan talabalar tanlovda ishtirok etadilar.
ù (ù p Ùù q) ≡ p Ú q
Agar murakkab mulohaza tarkibida shartli mulohaza bo‘lsa, formula unga aynan teng bo‘lgan, implikatsiyasi bo‘lmagan boshqa formulaga almashtiriladi. Masalan, Agar bo‘sh vaqtim bo‘lsa, unda televizor ko‘raman. Bo‘sh vaqtim bo‘ldi, lekin televizor ko‘rmadim.
2.Analitik va sintetik mulohazalar
Analitik va sintetik mulohaza – predikatning subyekt mazmunida qay darajada aks etishiga ko‘ra farq qiluvchi mulohazalar bo‘lib, ularni birinchi marotaba nemis faylasufi I.Kant (1724-1804y.) aniq ajratib bergan.
Analitik mulohaza deb, chinligi tarkibiy qismlarini mantiqiy-semantik tahlil qilish yo‘li bilan voqelikka murojaat qilinmagan holda aniqlanuvchi mulohazaga aytiladi. Masalan, “Har bir bo‘ydoq uylanmagandir” mulohazasi analitik bo‘lib, “uylanmaganlik” belgisi “bo‘ydoq” tushunchasining mazmunida fikrlanadi. Analitik mulohazaning predikati subyektning mazmuniga kirgan bo‘ladi. Sintetik mulohaza deb, chinligi unda aks etgan voqelik bilan solishtirish orqali aniqlanuvchi mulohazaga aytiladi. Masalan, “Tilladan zargarlik buyumlari yasaladi” mulohazasi sintetik bo‘lib, unda predikat subyektning mazmuniga yangi belgilarni qo‘shadi. Analitik va sintetik mulohazalar o‘rtasidagi tafovut qat’iy va aniq emas, chunki bilish jarayonining taraqqiy etishi tushunchalar mazmunining o‘zgarishiga, ularga yangi belgilarning qo‘shilishiga olib keladi, natijada, ba’zi sintetik mulohazalar analitik mulohazalarga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |