Isbotlashda uchraydigan mantiqiy xatolar
Ibn Sino kabi Nasiriddin Tusiy ham mantiqiy xatolarni uch turga bo‘ladi: formal, so‘z bilan va uning ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Formal xatolar isbotlash shakli bilan bog‘liq xatolardir.
So‘z bilan bog‘liq xatolar 6 turga bo‘linadi:
1. So‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatmaslik oqibatida yuzaga keladigan xato.
So‘zning shakli va gapdagi o‘rniga ko‘ra yuzaga keladigan xato.
Chet tilidagi so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash oqibatida yuzaga keladigan xato.
So‘zlarning ketma-ketligida yuzaga keladigan xato.
Butunning bo‘lagi bilan bog‘liq xato.
Gumonsirash, so‘zlamaslik oqibatidagi xato.
Mazmuniga ko‘ra xatolar 7 turga bo‘linadi:
Dastlabki istalgan holatga qaytish.
Modalligiga ko‘ra xato.
Sillogizmni soxtalashtrish.
Shartsiz va shartli predikatni farqlamaslik oqibatidagi xato.
Bir so‘zni 2 xil ma’noda ishlatish oqibatidagi xato.
Muhim va nomuhim belgilarni almashtirish oqibatidagi xato.
Bir necha savolni bir savolga jamlash oqibatidagi xato.
Yuqorida qayd etilgan xatolarning kelib chiqish sabablarini bilish ularning oldini olishga yordam beradi.
Yakuniy xulosalar:
Tusiy mantiq fanining asosiy tadqiqot obyektini xulosa bilan deb biladi.
Mantiqqa oid asarlari tuzilishi va formallashgan tili bilan o‘tmishdoshlarinikidan farq qiladi.
Tushunchani so‘z va belgi o‘rtasidagi munosabat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.
Mulohaza to‘g‘risidagi ta’limotida Ibn Sinoning fikrlarini aniqlashtiradi.
Xulosa chiqarishning hozirgi formal mantiqda o‘rganiladigan barcha turlarini tahlil qiladi.
Xulosa chiqarish va isbotlash uchun asos bo‘luvchi bilimlarning doirasini kengaytirdi.
Isbotlashning qoidalariga aniqlik kiritdi.
Mantiqiy xatolarni yangicha tahlil qildi.
Dostları ilə paylaş: |