290
vaziyat o‘zgardi. Taxt tepasiga kelgan har bir sulton xalq og‘zaki
ijodiga yo‘g‘rilgan o‘z adabiy an’anasini yaratishga urindi. “Sul-
tonlar sulolasi” (“Sulalatus salatin”), “Rajit Pasay tarixi” (“Hikaya
Rajit Pasay”) XV asrda yozilgan deb qaraladi. “Hang Tuah tarixi”
(“Hikaya Hang Tuah”) deb nomlangan davrining mash‘hur asarida
sultonga sadoqatli jangchi Hang Tuah hayoti va jasoratlari hikoya
qilinadi. Qahramonliklari tufayli Hang Tuah ismini hozirgacha un-
utishmagan. Hatto zamonaviy yozuvchilar bu ismni o‘z asarlarida
yodga olib turishadi.
Qator qissalar, jumladan, “Abdulloh qissasi” asari (1849) muallifi
Munshiy Abdulloh (1796–1854) malay adabiyotining otasi sanaladi.
XX asrda ro‘y bergan olamshumul o‘zgarishlar Malayziya adabiyoti
janrlarini yangilab yubordi. Nazm, nasr, dramaturgiya, esse kabi
janrlarda ko‘p asarlar yozgan Usmon Avang zamonaviy malay ad-
abiyotining asoschisi, deb e’tirof etiladi. Anvar Ridvan, Rahimiddin
Zohiriy, Abdussamad Said, Muhammad Hoji Solih kabi ijodkorlar
hozirgi malay adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridir.
1971-yildan e’tiboran malay tilida yaratilayotgan adabiyot uch
guruhga aratilib qaraladigan bo‘ldi: 1. Malayziya milliy adabiyoti.
2. Mintaqaviy adabiyot (mamlakatdagi boshqa tillardagi adabiyot),
3. Yasama adabiyot (yot tillardagi adabiyot).
XX asrda xitoy tilidagi adabiyotning mavqei ko‘tarilib, hindiy til-
dagisi birmuncha tushdi. Ingliz tili esa, Malayziyada umumiy adabiy
til bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: