XIX asr fransuz Kanadasi nazmi taraqqiyotida Kvebek va
Monreal deb atalgan romantik yo‘nalishdagi she’riyat maktablari
muhim rol o‘ynadi. Emil Nelligan, Deni Garno, Gyustav Freshett,
Fransua Kasave, Sharl Jil, Alber Lazo singari shoirlar o‘z ijod-
larida avvalgi taqlidchilikdan xalos bo‘lib, o‘z yo‘llarini topishga
urinishdi. “Millat shoiri” deb tan olingan Oktav Kremazi she’riy
merosi fransuz Kanadasi adabiyotining yorqin sahifasi hisoblanadi.
Bu shoir o‘z she’rlarida shaxsiy hissiyotlarni ifoda qilishdan ham
ko‘ra jamiyat va millat tafakkurini uyg‘otishga, inson orzu-xayol-
larini aks ettirishga harakat qildi. U 1862-yili “Kanada oqshomlari”
nomli ilk adabiy jurnalni nashr qilib, unda o‘z davri ijodkorlarining
asarlaridan parchalar berib bordi. Shunga qaramay, bu davrda nasrda
voqea bo‘lgulik asarlar yaratilmadi. Chunki jamiyatda hali-hanuz
cherkovning ta’siri kuchli bo‘lib, ruhoniylar asarlar yozish va chop
etishga tish-tirnoqlari bilan qarshilik qilib kelishardi. A.Emmonning
oddiy fransuzlar hayotidan hikoya qiluvchi “Mariya Shapdelen” ro-
manini aytmaganda, tadqiqotchilar mazkur davrni “yo‘qotilgan im-
koniyatlar va yozilmagan kitoblar davri”, deyishadi.