(1821–1880)ning ijodida to‘la namoyon bo‘ldi – u XIX asr birin-
chi yarmidagi romantizm zaminida ulg‘aygan Balzak davri realizmi
bilan XIX asrning ikkinchi yarmidagi E.Zolya va uning maktabi
vakillari tomonidan taqdim etilgan naturalizm davrini bog‘lab tu-
ruvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Gyustav Flober 1821-yilning 12-dekab-
rida Ruan shahrida, shifokor oilasida tug‘ildi. 1840-yili u huquqshu-
noslikni o‘rganish uchun Parijga keladi. Otasining o‘limidan keyin
Ruan yaqinidagi oilaga tegishli yer-mulkka kelib, umrining oxiriga-
cha shu yerda yashadi. Parijga kelganda T.Gote, Gi de Mopassan,
E.Gonkur, E.Zolya, I.S.Turgenevlar bilan uchrashib turdi, sayohat
qilib Ispaniya, Italiya, Korsika oroli, Gretsiya, Misr, Kichik Osiyo,
Jazoir va Tunisda bo‘ldi. O‘zining yoshlik yillarini eslar ekan, u
“Meni ikki narsa – adabiyotni sevishim va burjuaga nafratim qo‘llab
turdi”, – deb yozgan edi.
Jami uch jilddan iborat Floberning ilk asarlari (1835–1849), u
o‘z ijodini “eski romantik maktab” yo‘lida boshlaganidan dalolat
beradi. (“Biz to‘la ma’noda bema’ni, ajoyib romantiklar edik”, –
deb yozgan edi u keyinchalik J.Sandga). Yozuvchining birinchi asar-
lari “Margarita Burgundskayaning o‘limi”, “Florensiyadagi vabo”,
“Taxtga ikki da’vogar” tarixiy novellalari, “Tentakning xotiralari”
va “Noyabr” qissalari lirik romantizm yo‘nalishida yozilgan edi.
200
1849-yilning sentyabrida Flober “Avliyo Antoniyning vasvasasi”
romanini yozib tugatdi. Asarni o‘qib chiqqan do‘stlari uni yoqib
yuborishni va yarim fantastik qahramonlar emas, kundalik hayot
haqida, shoshilmasdan, har bir epizodni maromiga yetkazib, har bir
jumlaning ma’nodorligi va aniqligiga e’tibor berib, asar yozishni
maslahat berdilar. 1850-yili Misr safaridan qaytib kelgan yozuvchi,
jahon adabiyotining durdona asariga aylangan “Bovari xonim” ro-
mani ustida ish boshladi. Besh yil davomida yozilgan roman 1856-
yili “Ruve de Paris”(“Parij jurnalida”)da bosib chiqarildi. Hukumat
asarni axloqsizlikda aybladi, lekin sud noshir va yozuvchini oqlab
hukm chiqardi. Aksincha, romanning axloq (xulq) haqida ekaligini
asar kompozitsiyasi ham tasdiqlaydi. Asar Sharl Bovari haqidagi
hikoyadan boshlanib, aptekachi Ome haqidagi hikoya bilan tugaydi.
Emma esa faqat 2-bobdan paydo bo‘ladi. Uning o‘limidan so‘ng
yana 3 bob davom etadi.
Yozuvchi o‘z oldida juda murakkab vazifani: jamiyat illatlarini
aniq va shu bilan birga sodda qilib tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuning uchun u shu davrgacha tarkib topgan roman kompozitsiya-
sidan foydalanmaydi. Flober ekspozitsiyaga katta o‘rin berdi – 260
bet, asosiy voqealarga –120–160 bet, Emmaning o‘limi va Sharl iz-
tiroblariga 60 bet – shunday qilib «tasvir» qismi 320 bet, ya’ni vo-
qealar tasviridan 2 barobar ko‘p.
Romanda oddiy va jo‘n voqea tasvirlangan. Kollejni tamom-
lagan Sharl Bovari, onasining qarori bilan tibbiyot fakultetida
o‘qiydi. O‘qishni tugatgach, u Normandiyaning Tost shaharcha-
sida vrachlik qila boshlaydi. Bir muncha muddatdan keyin onasin-
ing sa’y-harakatlari bilan badavlat, qirq yoshlardan o‘tib qolgan
beva ayolga uylanadi. Kunlarning birida Sharl mahalliy fermerni
davolash uchun uning uyiga boradi va Ruoning qizi Emma bilan
tanishib qoladi.
Xotini vafot etgach, Emmalarning uyiga tez-tez borib turadi va
uning qo‘lini so‘rashga jazm qiladi. Qizning otasi roziligini beradi
va dabdaba bilan qizini uzatadi. Yoshligidan ko‘plab romantik asar-
201
larni o‘qigan, romantik orzularga berilgan qiz, boshqalardan ajralib
turmaydigan oddiy qishloq doktoriga turmushga chiqadi va farzan-
dli bo‘ladi. Biroq yoshlar birga yashay boshlagandan keyin tez ora-
da Emma Sharlni sevmasligini tushunib yetadi. Sharl esa, aksincha,
Emma bilan yashayotganidan baxtiyor edi. Yashayotgan hayotidan
qoniqmagan ayol, ikkita erkak bilan don olishib yuradi, keyin esa
qarzga botib, turmush o‘rtog‘i uni shuncha yillardan buyon sidqi-
dildan, sadoqat bilan sevishini xayoliga ham keltirmay, o‘z joniga
qasd qiladi. Bu oddiygina voqea yozuvchining yuksak iqtidori tu-
fayli ayol qalbini chuqur psixologik tadqiq qilishga aylandi. Shu sa-
babli roman kitob holida chop etilgandan keyin, Flober XIX asrning
buyuk realist yozuvchisi sifatida e’tirof etila boshlandi.
Maktublarining birida Flober o‘z romani qahramoni haqida: “U
ma’lum darajada ma’naviy aynigan, poeziya haqida buzuq tasav-
vurga ega, his-tug‘ulari buzilgan ayol”, – deb yozadi. Emmaning
tabiati “romantik tarbiya” oqibatida buzilgan. Uning asosi qizning
monastirda o‘sha paytlarda rusum bo‘lgan romantik romanlarni
mukkasidan ketib o‘qigan yillari qo‘yilgan bo‘lib, romantik qoliplar
Emma uchun haqiqiy sevgi va go‘zallik mezoniga aylanadi. “U kito-
blarda faqat ishq-muhabbat haqida yozilgan bo‘lardi: o‘ynashlar,
ma’shuqalar, jazmani ko‘p xotinlar, kimsasiz ayvonlarda o‘zidan ke-
tib qoladigan juvonlar, har bir bekatda o‘ldirilgan kucherlar haqida
yozilgan bo‘lardi. Kitobning har bir sahifasi holdan toyib o‘lgan
otlar, qalin o‘rmonlar, yurak dard-hasratlari, qasamyodlar, ko‘z yo-
shlari, o‘pichlar, oy yorug‘i tushib turgan yengil qayiqchalar, chaka-
lakzorlardagi bulbul navolari, sher kabi botir, qo‘zichoqdek beo-
zor qahramonlar, beqiyos saxovatli, bekam-ko‘st kiyingan, ko‘zlar
daryo-daryo yoshlarga to‘lib toshgan bo‘lardi”.
Ko‘plab tanqidchilar qahramonning hayotdagi prototipi kim
ekanligiga qiziqishib savol berganlarida, adib ularga yozgan mak-
tubida: “Agar Bovari xonim bo‘lsa, u menman”, – deb yozgan edi.
Garchi roman syujeti oddiy bo‘lsa ham, uning haqiqiy qiymati – de-
tallarda va ularni mohirlik bilan tasvirlashda. Flober asarlarini ideal
202
darajaga ko‘tarishga, har doim kerakli va to‘g‘ri so‘zlarni tanlashga
intilgan yozuvchi sifatida tanildi.
Flober estetikasida asar uslubini mukuammal qilishga bo‘lgan
kuchli intilishni alohida ta’kidlash zarur. Bu intilish yozuvchi uchun
uni “adoyi tamom qilib, ishini to‘xtatib turuvchi”, “haqiqiy kasallik-
ka” aylangan edi (E.Zolya). Tanqidchilar Floberni “uslubning fana-
ti” deb atar edilar. Ijodkorning eng iflos, qabih mavzularga ham mu-
rojaat qilish huquqini qattiq turib himoya qilgan Flober: “Poeziya,
go‘ng uyumini ham quyoshday tovlanishga majbur qiladi”, deydi.
Aynan shu “Bovari xonim”da ro‘y beradi.
Gyustav Flober 1880-yilning 8-mayida insultdan vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: |