217
rojaat qiladi. Har bir pyesa g‘oyalar haqidagi bahslardan tashkil top-
gan bo‘lib, intellektual dramaning klassik namunalari hisoblanadi.
H.Ibsi ijodi XIX asr oxiri va XX asr G‘arb dramaturgiyasiga salmo-
qli ta’sir o‘tkazdi.
XX asr adabiyoti taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatgan
yo‘nalishlar sirasiga
dekadentlik adabiyoti ham kiradi. Dekadentlik
XIX asrning 80-yillarida Fransiyada jamiyatdagi ziddiyatlar kuchay-
ib borayotgan bir sharoitda paydo bo‘ldi. Shaxsiyatparastlik, umid-
sizlik, sirli voqealar, oxiratga
murojaat etish, bu adabiyotning asosiy
belgilari sanaladi. Romantik shoir Teofil Gote dekadans(frans. deca-
dence – tushkunlik) iborasini birinchi bo‘lib qo‘llagan. Keyinchalik
dekadentlik atamasi san’at va adabiyotdagi
barcha xasta hodisalarni
ifodalovchi so‘z bo‘lib qoldi. Turli adabiy oqimlarga mansub bo‘lgan
parnaschi, simvolist, XX asr boshlaridagi modernistlar, hatto natu-
ralistlar ham dekadentlar deb atala boshlandi.
XIX asrning 50-yillarida Fransiyada maydonga kelgan “Parnas”
(Qadimgi Yunonistonda muzalar, ya’ni san’at, adabiyot va fan ilo-
halari yashagan tog‘) guruhi (Lekont de Lil, Teodor de Banvil, Joze-
Maria Eredia) “sof san’at” g‘oyasini targ‘ib qildilar. Ularning fikri-
cha, san’at davlat homiyligidan ozod bo‘lishi lozim. San’at
maqsad-
siz bo‘lib, undan faqatgina real muhit tashvishlaridan uzoqlashtiru-
vchi ovunchoq sifatida foydalanish mumkin. Parnaschilar shaklga
katta
ahamiyat berdilar, shakl asar go‘zalligini yuzaga keltiradi.
Teodor de Banvil qofiyaga she’rni bezaydigan “oltin mix” deb baho
beradi. Uning fikricha, san’at go‘yoki bekorchilik mahsulidir. Narsa
yoki buyum foydali bo‘lib qolganda o‘z go‘zalligini yo‘qotadi. Tas-
viriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa hech narsaga xizmat qilmaydi,
parnaschilarning asosiy estetik tamoyillari ana shundan iborat.
Nemis faylasuflari Artur Shopengauer va Fridrix Nitsshe g‘oyalari
dekadentlik adabiyotining falsafiy negizini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: