81
shu imkoniyatlardan keng suratda foydalanishga kirishadi. San’at
va adabiyot ishlarini uyushtirishda mehnatlari singan va shu yo‘lda
Avgustga juda katta xizmat ko‘rsatgan kishilar orasida eng mashhuri
Metsenatdir. Nomi keyinchalik san’at va adabiyot homiysi timso-
liga aylanib ketgan bu odamning o‘zi ham uncha-muncha she’r yo-
zar, adabiy harakatlarga yaqindan qatnashar edi. Metsenat Vergiliy
hamda Goratsiy kabi shoirlarning noyob iste’dodini payqab, shular
ishtirokida maxsus yozuvchilar to‘garagi tashkil qiladi. Rim hayo-
tining badiiy ijod markazi hisoblangan bu to‘garak, yangi imperiya
adabiyotining shakllanishi va rivoj topishida benihoyat muhim rol
o‘ynaydi. Respublika tuzumidan imperatorlik sistemasiga o‘tish
paytidagi adabiyotning asosiy xususiyati madhiyabozlikdan iborat-
dir. Ammo, shunga qaramay, Oktavian zamonasi, Rim poeziyasining
badiiy jihatdan bemisl yuksak darajalarga ko‘tarilgan “oltin davri”
bo‘lgan. Darhaqiqat Avgust saltanati yillarida ijod qilgan Vergiliy,
Goratsiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlar o‘zlarining asarlari bilan Rim
poeziyasining klassik davr yunon adabiyotidan qolishmaydigan va
keyinchalik jahon adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga
qodir bo‘lgan kamolot bosqichiga olib chiqadilar.
Dostları ilə paylaş: