Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga uyg‘unlashgan kurash tizimi
taxlili Dunyoda karantin begona o‘tlar bugungi kunda qishloq xo‘jaligiga katta ta’sir yetkazmoqda. Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga uyg‘unlashgan kurash tizimida asosan kimyoviy kurash eng samarali usullardan biri isoblanadi.
Begona o‘tlar (ekinlar orasida uchraydigan yovvoyi o‘simliklar) qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini va mehnat unumdorligining pasayishida, maxsulot sifatining yomonlashishida salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Begona o‘tlar keng tarqalgan yillari madaniy o‘simliklarning xosildorligi g‘allazorlarda 10 % ga, don dukkaklilarda 13,4 % ga, g‘o‘zada 7,5 % ga, kartoshkada 6 % ga, sabzavod ekinlarida 10,8 % ga pasayadi. Sheraliev A.ning ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik, zararkunandalar, kasalliklar va ashaddiy begona o‘tlarning 2006 yildagidagi ro‘yxatida respublika hududida uchramaydigan karantin zararkunandalar 58 ta, o‘simlik kasalliklari 17 ta, nematodalar 4 ta, bakterial kasalliklar 9 ta, virus kasalliklari 11 ta, begona o‘tlar 33 ta deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich zararkunandalarda60 ta, o‘simlik kasalliklari 16 ta, nematodalar 4 ta, bakterial kasalliklar 9 ta, virus kasalliklari 11 ta, begona o‘tlar 36 ta ni tashqil qilganligi karantin ob’ektlar soni muntazzam o‘zgarib turishini ko‘rsatadi (Sheraliev A.Sobirov S.,Axmedov N.).
Alep sorgosi (SorghumhalepenseL.) ning vatani Janubiy Yevrosiyodan Hindistonga kelib qolgan tur hisoblanadi. Bu tur harorat va tropik mintaqaga moslashgan tur. Alep sorgosi urug‘larining ko‘pligi va hosil pishish vaqtida va ekinlarni yetishtirish vaqtida juda katta qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Bu o‘simlik urug‘lari va ildiz qismining kichikligiga oid malumotlarni Warwick C.I. ilmiy tadqiqotlarida ko‘rsatib o‘tgan (Wirwick and Black L.D). Alep sorgosining biologiyasi va unga qarshi kurash doiralariga oid mablumotlarni Alex Ceseskining iliy tadqiqotlarida o‘z etiborga tortadi (Caseski A., Al-Khatib K., Jeffery A.D.). Bu turning dunyo bo‘yicha tarqalishi va ularning areallar bo‘yicha tarqalishi, yaqin 100 yil ichida bu hudud (Kolumbiya)dan bu turning o‘z vatanidagi turlardan farqi va bu hududdugi turlar bilan genetik tadqiqotlar va DNK analizlariga oid ilmiy tadqiqotlar Uzay Sezen U. o‘zining tadqiqotlarida amalga oshirgan (Qu X. et al.). Alep sorgosining biologiyasi, hayot sikli va urug‘ variatsiyalariga oid tadqiqotlarini Neoline Monogah olib borgan (Monoghan N.).
Alep sorgosining mintaqalar aro farqi va uning genetik xilmi-xilligiga, urug‘larining shaqillari va qishloq xo‘jaligiga zararli va zararsiz turlariga oid tadqiqotlarni Daniel Z. Atwater olib borgan (Daniel Z.A. Rebecca F.). Bu turning biologik preparatlar qo‘llanganda urug‘larining unib chiqishi va ildizining rivojlanish tezligiga oid va bu ko‘rsatkichlarni genetik analizlarda Yazlik A. isbotlagan (Yazlik A., Uremis I). Alep sorgosining tuproq ostida turli muxitlarda, zich va qattiq tuproq va namlik miqdori yuqori bo‘lgan tuproqlarda unib chiqishiga oid o‘z tadqiqotlarini Muhammad Kashif olib borgan (Muhammad K., Bakhtiar G., Haroon K.).
Ayiqtovonsimon suvyig‘ar o‘simligining DNK barkodlari va uning toksik vositalardan foydalanmagan holatda qarshi kurash olib borish bo‘yicha va nazariyalara Clemen W. olib borgan (Clemen W., Schoot J., Johan L.C.H., Marinius J.M.). Markaziy Yevropada Ayiqtovonsimon suvyig‘arning rivojlanishi va fotosintezni qabo‘l qilishiga doir tadqiqotlarni Hussner A. olib borgan(Hussner
A. et al.), (Hussner A., Weyer K.) va uning dunyoda tarqalish areallari va zarari va qarshi kurash bo‘yicha internet saytida keltirilgan (www.cabi.org).
Burchakbargli qovoqsimon o‘tning urug‘ining rivojlanish bosqichlari va unga turli xil darajalarda suv tasir Qu X. o‘rgangan (Qu X. et al.) va shuningdek, Atrof muxitning Burchakbargli qovoqsimon o‘tga tabiiy ravishda sonini boshqarishi yoki tabiatda rivojlanishiga oid izlanishlarni Onen H. Olib borgan (Onen H. et al.) va ushbu turga qarshi biologik kurash maqsadida bu turning viruslari bilan kurashlarini Ozaslan C. olib borgan (Ozaslan C. et al.).