O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Pedagogika tarixini yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o’rganish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Pedagogika tarixini yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o’rganish
Pedagogika fanining tarmoqlaridan biri pedagogika tarixidir. U har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy – ma’rifiy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini, pedagogika fanidagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqazo etadi. Pedagogika fanini o’zlashtirish – ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni, pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini nihoyatda puxta bilishni talab etadi. Pedagogika tarixi fanini o’rganish – kishilik jamiyati taraqqiyoti yo’lidagi ta’lim-tarbiya bosqichlarining iqtisodchi – o’qituvchida pedagogik va tarixiy asoslarni, tahlil qilish va ularga munosabat bildirish kabi malaka va ko’nikmalarni shakllantiradi.
Pedagogika tarixining metodologik asosi va yosh avlodni tarbiyalash an’analaridagi o’qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar shoirlar va pedagoglarning ta’lim-tarbiya, ma’riftaga doir g’oyalarini va ularning rivojlanishini mukammal o’rganadigan fandir. Pedagogika tarixi fani umumjahon, shu jumladan, Turon, Movarounnaxr, Turkiston diyorida va mustaqillik yillarida O’zbekistondagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganar ekan, bu fan o’tmishda mashhur va ilg’or pedagoglar qoldirgan pedagogik asarlarni va ularda ilgari surilgan pedagogik nazariyalarning milliy asoslarini o’zlashtirishga pedagogik nazariyalarning milliy asoslarini o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, talabalarda milliy iftixor va g’urur hissini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar shoirlar va ilg’or pedagoglarning yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashga doir ta’limotlari, g’oyalari, maktab va madrasalardagi ta’lim-tarbiya masalalari to’g’risidagi fikrlarini chuqur tahlil qilish, ulardan aniq xulosalar chiqarish talabalarning mustaqil fikrlashini kengaytiradi.
Demak, pedagogika tarixi pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida tarixiy-pedagogik hodisalarga davr talabi asosida yondoshadi, talim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini va ilg’or pedagogik qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi.
O’zbekiston Respublikasida milliy maktab va milliy pedagogikani yaratish, ta’lim-tarbiya ishlarini zamonaviylashtirish, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan milliy kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uchun Ko’hna Turon, Movarounnahr, Turkiston va mustaqil O’zbekistonda, shuningdek, jahonning rivojlangan mamlakatlarida asrlar davomida vujudga kelgan pedagogik bilim va tajribalarni o’rganish, undan ijodiy foydalanish zarur. Bu esa, ta’lim-tarbiya nazariyasi, o’qitish metodikalari sohasidagi hozirgi zamon fani va amaliyotining ahamiyatini anglash, to’g’ri baholashga imkon beradi.
O’zbekiston Respublkasi mustaqillikka erishgan hozirgi davrda pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixini ilmiy – nazariy jihatdan obyektiv haqqoniy yoritish maqsadida tarixiy hodisalarni pedagogik o’rganishda zamonaviy kontseptsiyalar asosida yangicha yondoshilmoqda. O’zbekistonda ta’lim-tarbiyaning, ya’ni pedagogik fikrlarning rivojlanish tarixini xronologik printsip asosida, jahon xalqlari pedagogik – tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida yoritish shunday yondashuvlardan biridir.
Shuningdek, pedagogika tarixi o’quv predmetining qurilishi va tuzilishi masalasi ham juda muhim, chunki pedagogik-tarixiy xodisalar, g’oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va harakteri bu fanni talabalar tomonidan o’zlashtirilishini qulaylashtirishi yoki murakkablashtirishi mumkin. Bizningcha, O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishni jahon xalqlari pedagogik nazariyalari, g’oyalari, fikrlari taraqqiyoti bilan bog’liq holda yagona, umuminsoniy (jahoniy) pedagogik fikrlar rivojlanish jarayoni tarzida bayon etish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuvda O’zbekiston tarixini va O’zbek pedagogikasi tarixini davrlashtirishga asoslanib, har bir bosqchida, davrda Ko’hna Turon, Movarounnahr, Turkiston va mustaqil O’zbekistonda, shuningdek, jahonning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar taraqqiyoti bayon etiladi. Bu pedagogika tarixini talabalar oson o’zlashtirishiga imkon yaratadi.
Ma’lumki, “Jahon xalqlari tarixi”, odatda ibtidoiy jamoa tuzumi davri, qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarixga bo’lib o’rganiladi. “O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganishning yagona kontseptsiyasi” (1996 y.)ga ko’ra, O’zbekiston xalqlari tarixini: ibtidoiy jamoa tuzumi; sinfiy jamiyat va O’rta Osiyoda Qadimgi davlatlarning vujudga kelishi; eftalitlar va turk hoqonligi xukmronligi (V-VII r); arablar bosqini, islom dinining yoyilishi, mo’g’illar istilosi; Amir Temur va temuriylar davri; Shayboniylar Xukmronlig, Xiva, Buxoro va Qo’qon xonliklari davri; O’rta Osiyoni, Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, O’rta Osiyoda Sho’rolar hukmronligi davri; O’zbekiston Respublikasining mustaqillik davri kabilarga bo’lib o’rganish nazarda tutilgan.
Pedagogika tarixi fanini yaxlit, yagona madaniy-ma’rifiy, pedagogik tarixiy jarayoni sifatida yoritish uchun ongimizda mustahkam o’rnashib qolgan yana bir aqidani ta’lim-tarbiyaga doir tarixiy materiallarni ijtimoiy tuzum, formatsiyalar bilan bog’lab bayon etishdan voz kechish lozim. Bunday yondashuvning murakkab tomoni shundaki, jahondagi turli mamlakatlarning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bir xil bo’lmaydi., balki turlicha kechadi. Shu bilan birga bunday yondashuvda hanuzgacha jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy bazis hal qiluvchi rol o’ynaydi, degan aqidaga asoslanib kelinganligini ham unutmaslik lozim.
Ijtimoiy rivojlanishda inson omili, ayniqsa, yoshlarning ongliligi, ma’naviyati, mafkurasi, g’oyaviy omillar hal qiluvchi ekanligini ta’kidlash joiz. Ayniqsa, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, ta’siri masalasida inson shaxsi (o’quvchi-talaba va o’qituvchi) ustuvor ekanligiga e’tiborni qaratish lozim. O’quvchi-talaba shaxsining barkamol inson bo’lib shakllanishida ota-ona tarbiyasi, ustoz-o’qituvchi shaxsining ta’siri hal qiluvchi ekanligi pedagogik qonuniyatdir. Shuning uchun ham bo’lajak iqtisodchi-o’qituvchi shaxsini barkamol inson sifatida, ma’naviyatli ustoz-mutaxassis sifatida shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada pedagogika tarixiga doir bilimlarni egallash katta ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, oliy o’quv yurtlarida pedagogika tarixidan o’rgatiladigan bilimlar umumbashariy va milliy qadriyatlar sifatida o’qitilishi, u yoshlarda milliy g’urur, milliy ma’naviyat, o’zi tug’ilib o’sgan joyni (Vatanni) sevish, insonparvarlik ruhida tarbiyalashni nazarda tutishi lozim.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin