Roqimning ma’rifiy-didaktik qarashlari
Roqim (1742—1814) o’z davrining ma’rifatparvar shoiri bo’lib, o’ziga zamondosh Andalib, Ravnaq, Ziyrak, Nishotiy, Munis kabi zabardast shoirlar qatorida turib, adolat va haqiqat tantanasi uchun kurashdi. U buyuk Alisher Navoiy va Fuzuliylarning insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, falsafiy-didaktik qarashlarini rivojlantirdi.
Roqimningyozgan she’rlaridan ma’lum bo’lishicha, u maktabda muallimlik qilib talabalarga dars ham bergan. Shoir maktabning ilmu ma’rifat tarqatishdagi ahamiyatini ta’kidlab, bu yo’lda ustoz o’z shogirdlarining baxtli kelajagini o’ylashi kerakligini va ularga ilmni egallashda mehr-muhabbatli bo’lishini uqtiradi:
Qarilig’ birla bor edi menda,
Shug’li maktab mounati sahro.
Borib maktabg’a kasb aylab kamolat,
Chiqorib har biri xatu savodin.
Bo’lub manzil alarga ma’dani ilm,
Qilib daryo ibtidosin azkiyodin.
Murabbiy shoir ustoz va shogirdlarning o’zaro munosabatiga to’xtalarkan, kimki ustoziga ixlos qo’yib, uni hurmat-izzat qilsa, albatta u o’z maqsadiga erishadi, agar ustozini tahqir etsa, u xoru zor bo’ladi, degan xulosaga keladi:
Kimki ustodig’a ixlos ila izzat qilsa,
Haq aning manzilini jannati rizvon aylar.
Jahldin ilm ila ustodini tahqir etkan,
Do’zax o’tida tanu jonini biryon aylar.
Murabbiy shoir ustozning qadr-qimmatini yuksak baholarkan, yoshlarni o’z ustozlaridan ilm-madad olishga undaydi:
Pok etib qalblarini beribon,
Homiyi hollarin Ahmadi muxtor ayla.
Qal’ai ilmni fath etmak uchun zihinlarin,
Zulfqori dudami haydari qarror ayla.
Har zamon etkurubon fayzi futuhi olamidin,
Ilm oshkolidin onlarni xabardor ayla.
Ilmi mantiqdan alar ko’nglin etib molo mol,
Bodai fikh oila zarafini sarshor ayla.
Dostları ilə paylaş: |