Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0.62 Mb.
səhifə1/11
tarix29.06.2018
ölçüsü0.62 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Muallif: M.Boboev

Yaratilgan: Angren 2005 yil

Kategoriya: Ta’lim

Bo`lim: O`zbek tili va adbiyoti

Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti

Fakul’tet: Filologiya

Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»

Elektron fayl turi:

Elektron fayl hajmi:

«O’zbek klassik adabiyotidan» tuzilgan ushbu ma’ruza matnlari II va III bosqich talabalariga mo´ljallangan bo´lib unda mumtoz adabiyotining etakchi namoyandalari: Qo’qon adabiy muhitiga mansub ijodkorlar Nodira, Uvaysiy, Gulxaniy, Maxmur; Xorazm adabiy muhitining XIII– IX asr namoyandalari Nishotiy, Munis, Ogahiy, shuningdek Buxoro adabiy muhiti namoyandalari Mujrim Obid, Nishotiy kabi so´z ustalari shuningdek IX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar, Komil Xorazmiy hamda Anbar Otinlarning adabiy ijodiy mahoratlari haqida fikr yuritiladi. Ma’ruza matnlari II bosqich hamda III bosqich bakalavr ta’lim yo´nalishiga mo´ljallanadi.

«O’zbek klassik adabiyotidan» fanidan ma’ruza matnlari Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining ilmiy Kengashida yig`ilishida nashr etish uchun tavisya etilgan.

(№5 Qaror, 25 dekabr 2003 yil)




Mundarija

1.Нишотий

2.Мужрим Обид

3.Nodira


4.Uvaysiy

5.Gulxaniy

6.Maxmur

7.Munis


8.Ogahiy

9.Muqimiy

10.Furqat

11.Zavqiy

12.Avaz O’tar

13.Anbar Otin

ADABIY MANBA


  1. Nishotiy. Tanlangan asarlar. Toshkent. 1960.

  2. Nishotiy. Xusn va Dil . Toshkent. 1967.

  3. Nishotiy. Masallar va munozara. «Muborak maktublar» kitobida. Toshkent. 1987.



ILMIY MANBALAR




  1. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, III-jild, Toshkent, Fan, 1978.

  2. Abdullaev V., Valixujaev B., Muxammadniez Nishotiy: Abdullaev V. Saylanma.

Toshkent, Fan. 1982.

  1. Xolid Rasul. O`zbek epik she’riyatida xalqchillik. Toshkent, Fan,1973

  2. Abdullaev V. O`zbek adabieti tarixi, 2-kitob. Toshkent, 1980.

  3. Abduvohidova M. O`zbek adabiyotida munozara. Toshkent. Fan. 1984.

  4. Qosimova M. Muxammadniyoz Nishotiy. (haeti va ijodi). Toshkent, Fan,1987.

XYIII asr o`zbek adabiyotining Xorazmdagi atoqli namoyadalaridan biri Muhammadniyoz Nishotiydir. – (suyunish, shodlanish). U o`zining lirik va epik asarlari bilan o`sha davr adabiy harakatida o`ziga xos o`rinni egallaydi. Nishotiy so`z san’atining ulug` ustozlari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, va Navoiyning ijodiy xizmatiga yuksak baho beradi, ularning ilg`or kishilar bo`lganligini va xar qaysilari adabiyot sohasida alohida bir ulug` dengiz ekanligini zo`r faxr bilan kuylaydi:

She’r elidin ulki muqaddam edi,

Har biri bir bahri muazzam edi.

Durni balog`at qilib onlar nihon,

Mavji fasohat qilur erdi ayon.

Dema alar vasfini shoir edi,

Muso edi, yo`k esa sohir edi.

Shoirning e’tirofiga, ular nazm elining serdaftarlari, suxan ahli tojining qimmatbaho gavharidir:

Ulki erur nazm eli sardaftari,

Ahli suhan afsarining gavhari

To`rt kishi bordur onlar ayon,

Har biri hayroni erur bahru kon

Birda nihon «Mahzona asror» haq,

Birda ayon «Matla’i anvar»i haq,

So`z birida «Tuhfvtul-ahror» edi,

Til birida «Hayrat-ul-abror» edi...

Nishotiyning ta’biricha, Nizomiy, Xisrav, Jomiy, Navoiylar shunday ijod bog`larini yaratib o`tganlarni, u bog`larga bodi xazon ham ziyon etkaza olmaydi, u ijod bog`lari adabiy yashnab qolaveradi:

Xisrav ila Shayx Nizomiyni ko`r,

Mirali ham hazrati Jomiyni ko`r.

To`rtovi to`rt bog` ila bo`ston nishon,

Ayladilar qilgani andin makon,

Har biri o`z bog`ida doston-aro,

Bo`ldi alar bo`lg`ucha ro`zi jazo.

Bog`lari bodi xazondin amon,

Hodisadin o`zlariga yo`q ziyon.

Chekdi alar mehnat ila dardu ranj,

Topdi aning har birisi «Panj Ganj»,

To`rtovi chun «Xamsa» qilib irtikob,

«Xamsa» laqab topdi, alarga kitob

Xulos yuqorida nomlari hurmat bilan tilga olingan to`rt buyuk dahoga shogird tutingan talantli ijodkor Nishotiy adabiyotimiz tarixiga Nozik va jo`shqin lirik she’rlari, yaqinda topilgan ahloqiy-didaktik xarakterdagi «qushlar munozarasi» asari hamda ijodining cho`qqisi bo`lmish «Husnu Dil» dostoni bilan kirib kelgan:

Bor edi Xorazm diyori erim,

Ondin edi yaxshi, yomon gavharim

Satrlari uning Xorazmda tug`ilib, o`sganligini tasdiqlasa: XYIII asr o`rtalarida Xorazm toj-taxti uchun bo`lgan o`zaro urushlar vaqtida Nishotiy xonavayron bo`lib, boshpana izlab Buxoroga borganligini quyidagi misralari tasdiqlaydi:

Yo`lg`a tushib izlarim o`za savod,

Toki Buxoro sari qo`ydim qadam

Oh, bu xori aro bo`ldim odam – (yo`q, yo`qlim)

Ammo aftidan osoyishtalik izlab Buxoroga kelgan Nishotiy bu erda ham ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Tanish-bilishi va turar joyi yo`qligi, ro`zg`or tanqisligi uni mashaqqatlarga duchor etgan:

Garchi erur manzili dilkash base,

Lek musofirga emas xush base.

Charxi dun nogox o`lub bodmijoz...

Ne mango ma’voyu ne manzil ayon,

Vax na dedim turgali qayda makon?

(taom, yuir osham ovqat) – To`’ma uchun shomu sahar nolishim,

(go`dak) - Tifl kabi barmog`i so`rmoq ishim.

Qay bir alam vasfini tahrir etay?

Yoki qayu dardni tahrir etay?

Nishotiyning lirik she’rlari «Gazaliyot va muxammas-oti Nishotiy (bu 1903 yilda Muhammad Yusuf Chokoriy ko`chirilgan nusxa bo`lib) O`z.SSR F.A.Sh.I.da saqlanadi. Shuningdek ayrim she’rlari «Bayozi mutafarriqa», «Bayozi majmuai ash’or», «Muxammasoti mutafarriqa» kabi manbalardan o`rin olgan.

Nishotiy zamonasining barkamol shoiri bo`lib etishadi, ijtimoiy masalalarda ham, ishq-muhabbat, oilaviy hayot, ilm-fan, madaniyat masalalari bo`yicha ham o`ziga xos qalam tebratdi: Shoirning:

Ochganda doli ( ) zulfing, etgach shamoli zulfing,

Qildi xayoli zulfing toroji dinu imon...

Diloromim harimi nozdin chiqqach ado birla

Nishotiy ko`nglini ayshu tarabdin iydgox etdi

Kabi samimiy sevgini tarannum etuvchi g`azallari hayotiyligi va jo`shqinligi bilan kitobxonlarni o`ziga maftun etadi.

Shuni esda tutish kerakki, Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr-mulohazalari ko`proq «Husnu Dil» dostonida, ayniqsa uning kirish qismi va xotimasida mujassamlashgan bo`lsa, muhabbat mavzui bilan bog`liq his-tuyg`ulari, ichki kechinmalari ko`proq lirikasida ifodalangan. Lekin, shunga qaramay, uning she’rlarida lirik kechinmalar bilan birga, yashagan muhitning ayrim illatlarini fosh etuvchi va qoralovchi ijtimoiy-siyosiy fikrlari ham aks etgan. Bu esa Nishotiy lirikasining ijtimoiy-estetik qimmatini yanada oshiradi.M:

Yorab, nechuk balodur boshimg`a shomi hijron,

Ne dardig`a nihoyat, ne mehnatig`a poyon

Ne sabru ne qarorim, ne xush, ne ixtiyorim,

Ne eru ne diyorim, ne jon mango, ne jonon.

Har kunda boshqa g`avg`o, har tunda o`zga savdo,

Ne manzilu ne ma’vo, yo`qdur makoni imkon

Nishotiy XYIII asr o`rtalaridagi Xeva xonligi hayotidan olgan taassurotlarini lirik kechinmalar tarzida ifodalab, «davroni-dunyoparvar»ni qoralaydi va mashaqqatli hayotdan qonikmagani bayon qiladi. Shoirning Navoiy g`azaliga bog`lagan muxammasining quyidagi bandi mazmuni jihatidan shu ruhdadir:

Nechun etmay charxi najraftor elindin dadkim,

G’am uza g`am etkurar, bedod uza bedodkim,

Nega hasrat o`tig`a kuymaymani noshodkim,

So`zi javobim boru yo`q hushim demakka bir javob.

Quyidagi parchada shoir o`zini olov ichida qolgan somon parchasiga o`xshatadi,aql va donish uchun najot yo`li qolmaganligini, falakning teskariligi va davlat ishlari tushkunligini ta’kidlab bunday deydi:

Vah nechuk aylay gumon o`zni bu holatda hayot

Xok aro pinhonman, andoq axtarib topmas mamot,

O`tda barti qohdek aqlu xirodg`a yo`q najot,

Elda barti loladek tomkinu donish besabot,

Suvda aksi sarvdek ta’siri davlat vojtun

Nishotiyning bu misralari XYIII asrning 40 yillaridagi g`oyat og`ir ahvolni ko`rsatadi. Biroq shoirning muhitdan norozilik ruhidagi bu fikrlari faqat shikoyatligicha qolavergan. Mavjud tarixiy sharoit bilan iohlanadigan fikriy ojizlik natijasida shoir xalqni xon va beklarga qarshi kurashga da’vat etish o`rniga:

Zulm etdi charxi zolim, qildi oruzun malolim,

Ko`p mushkul o`ldi holim, yorab sen ayla oson,-

Deb xufta yolvoradi. Shoir shu fikriy ojizlik natijasida nima qidishini bilmay,mayxonada xushdan ketguncha ichib, orom istaydi, «ahli xirod» dan ajralmoqchi bo`ladi, berk ko`chaga kirib qoladi:

Tuting, ey ahli xirod, har biringiz o`zga maqom,

Kunji mayxona aro men dag`i aylay orom

Qutulib bir yo`la sizdin, bo`layin masti mudom,

Qoching, ey or ila nomus, keting, ey nang ila nom.

Tobakay rishtai donish bila pobast bo`lay?

Qo`ying ahbobi loyaqil o`lay, mast bo`lay.

Bu shoirning fojiasi edi. Nishotiyning turmushidagi voqealarga aktiv aralashmaganligi, hayotni yaxshilashning haqiqiy yo`llarini anglamaganligi, osoyishtalik uchun kurash yUlini topolmaganligi shunga olib keladiki, shoir o`z qayg`ulari, Gam-Gussalarini, shayxlarni fosh etishda ko`pincha traditsion tashbehlarni qo`lladi.

Nishotiyning lirik asarlari bilan birga uning yaqinda topilgan ahloqiy- didaktik xarakterdagi «Qushlar munozarasi» asari ham muhim ahamiyatga ega, unda 14 xil qushning o`zaro bahslari orqali o`sha davrdagi sotsial guruhlarning xudbinlik, johillik, maqtanchoqlik, mag`rurlik, mansab talashish kabi turli illatlari tanqid qilinadi va kamtarlik ulug`lanadi.

Shoir bahor faslida xushmanzara bog`da ko`pgina qushlarning tortishuvi, bahsini kuzatadi va shu haqda asar yaratish niyati bilan

Do`stlar to’bim imtihon qilayin,

Qushlarning bahsini bayon etayin...

deb, asosiy voqea tavsifiga o`tadi.

Asarda tasvirlanishicha, go`zal bir bog`da laylak, qumri, zog`, bulbul,to`ti. Tovus, humo va boshqa qushlar o`z fazilatlari, sifatlarini maqtab bahslashadilar. Agar laylak go`zalligiga maftunligini, qumri xushxonligini ta’riflasa, hakka bog` mevalarini qo`riqlashini,tovus o`z husnini, Xumo esa ozorsizligini pesh qiladi. Asardagi qushlar orasida ayniqsa, hudhud xush xulqi, odobi, kamtarligi samimiyligi bilan ajralib turadi. U ayrim qushlarning mag`rurligini fosh etib, kamtarlikni ulug`laydi. Munozarada ahloq-odob masalalari markaziy o`rinni egallaydi:

Dedikim, ey g`alatnoma qumri,

Yuzingga kelmadi hayo qumri.

O`zingni taniyu haddin oshmagil,

Haddingni bilu taqi talashmagil.

Nishotiy kishilar o`rtasida yaxshi xulq, odobni targ`ib etib, «surating xubu, siyrating nochor» deyish bilan odamning insoniy qiyofasini uning tashqi ko`rinishi emas, balki ichki dunyosi, mazmuni belgilaydi degan sotsial ma’nodagi fikrlarni ilgari suradi. Ana shu niyatda xumo qush tilidan:

Dahr aro budur noru borim,

Hech jonivorg`a etmas ozorim.



HUSNU DIL» DOSTONI
Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni 1778 yilda (1192 h) Buxoroda nazm bilan yozilgan. Asarning yozilishi tarixiga doir ba’zi bir ma’lumotlar uning kirish va xotimasida berilgan.

Doston biror shoh yoki shahzoda buyrug`i bilan emas, balki avtorning yozishicha, bir shoirtab’do`stining maslahati bilan yaratilgan. Nishotiy badiiy asarni farzandidek qadrlagan va o`zidan adabiy yodgorlik qoldirish istagida «Husnu Dil” hikoyatining nasriy varianti asosida qisqa bir muddat (5 oy) ichida ajoyib bir doston yarata oldi. Garchi nasr bilan yozilgan «Husn Dil»ni nazmga aylantirdim, deb kamtarlik bilan e’tirof etsa ham, aslida uning o`zi badiiy jihatdan pishiq, orginal asarning barkamol muallifi sifatida namoyon bo`ldi.

Ma’lumki, «Husnu Dil» qissasining syujeti ko`p asardan beri Sharq adabietidagi mashhur bo`lib, bu syujet asosida arab, yunon, fors-tojik, turk,urdu tillarida nasr bilan yozilgan asarlar vujudga kelgan. Bu haqda qisman Nishotiy ham eslatadi.

XY asr fors-tojik adabiyotining yirik namoyandasi, bilimdon olimi va shoiri Fattohiy Nishopuriy (vafoti 1550) «Husnu Dil» syujetida proza va poeziya biriklari bilan doston yaratgan. Ulug` Navoiy ham FattoXiyning ijodiga juda yuksak baho berib, aruz ilmida uni o`ziga murabbiy deb bilgan.

Fors-tojik tilida yozilgan bu asarla qadim zamondan beri xalq orasida yashab kelayotgan «obi hayot» haqida afsona vositasida insoniyatning abadiy hayot haqidagi muqaddas ifoda etilgan. Asar sharq xalqlari orasida mashhur bo`ldi va ular adabiyotiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Bu doston XYIII-X1X asrlarda G’arbiy Evropa tillariga ham tarjima qilingan va o`rganilgan.

Shuningdek, fors-tojik shoirlaridan Ibodullohil G’ofuri Nishotiy, Navoiy tomonidan yuksak baholangan Mavlona Kotibiylar ham «Husnu Dil» qissalarini yaratdilar.

XYI asrda yashagan mashhur tojik shoiri Mushfiqiy ham Fattohiyga ergashib, «Husnu Dil» syujetida «Gulzor Iram» masnaviysini yaratdi... turk, turkman adabiyotida bor. «Husnu Dil» syujetidagi yuqorida qayd etilgan asarlar bir-biridan faqat tili bilangina emas balki ularning har biri kabi jihatlari bilan ham farq qiladi. Chunki Navotorlik yangi syujet asosida asar yaratishni emas, balki ma’lum syujetni o`ziga muvaffaqiyatli o`zgartirish, o`ziga ishlab, tuzatib, takomilga etkazish, konkretlashtirish va uning asosida yangi asar yaratishni taqoza etadi.

Shoirning maqsadi Husn va Dilning sarguzashtlarini hikoya qilib berishgina bo`lmay, balki davrning ilg`or g`oyalari mavqeida turib, afsonaviy syujet yordamida tinch va osoyishta hayot haqidagi ideallarni, sotsial va siyosiy qarashlarini ifodjalashdan iboratdir.

Dostonning etakchi temasi sevgi qahramonlarning murakkab sarguzashtlarida mujassamlashadi, vafo va sadoqat , do`stlik va ahillik, mardlik va olijanoblik kabi fazilatlar bilan birga kamol topadi. Avtor afsonaviy voqealar bayonida sof va samimiy sevgini sevishganlarning yaxshi fazilatlarini kuylaydi. Sevguvchilar dahshatli voqealarni boshdan kechiradilar, maqsad yo`lidagi to`siqlarga qarshi kurashib, hayotda baxt-saodat,tinchlik, farovonlik tantanasi uchun yovuz kuchlarni engishga muvaffaq bo`ldilar.

Shoir real hayotda ham shunday bo`lishini orzu etadi, o`zaro urushlar, qirg`inlar, tengsizlikning yo`qolib, tinch hayot yuzaga kelishini istaydi. U kishilarn i aql-idrok, fahm-farosat, muruvvat bilan ish tutish o`zaro do`st, ahil, mehribon, sadoqatli bo`lishga undaydi.

Nishotiy markazlashgan davlat, adolatli hukmdor g`oyalarini ilgari suradi va bu g`oyani asar oxirida Ishqshoh va Aqlshoh o`rtasida sulh tuzilishi, davlatlarning birlashib, yagona odil hukmdorga ega bo`lishi epizodida ifoda etadi. Dostonda do`stlik, ilm-hunarga hurmat, insonparvarlik, mardlik va qahramonlik kabi mavzular ham qo`yiladi va majoziy obrazlar vositasida yoritiladi.

Shoirning o`zi ham real hayotdagi voqea-hodisalarni majoz vositasida tasvirlaganini yozib:

Ayni haqiqat edi lekin majoz,

Suratida topmish edi so`zu soz.

Deydi.

Dostonda tasvirlangan Aql, Husn, Dil, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr,Vafo, Xayol, G’amza, Ishva, Zulf, Qarashma, Tabassum kabi allegorik obrazlar insonning his-tuyg`ulari, yaxshi fazilatlari, turli holatlari, tabiati, ichki va tashqi go`zalligini anglatadigan ma’nolarga ega.



Yaxshi insoniy fazilatlarni ulug`lagan shoir inson xarakteri va tabiatidagi ba’zi bir yaramas tomonlarni Raqib, foruqa, - (yaxshi yomonni ajrim qiluvchi), Zarq - (aldov, hiyla) Vahmi Balo kabi salbiy obrazlar vositasida tanqid qiladi, ularga nisbatan nafrat qo`zg`atadi.

Dostondagi bosh obrazlardan biri husn bo`lib, u Ishqshohning qizidir. Husn faqat tashqi jihatdangina go`zal bo`lmay, balki aqli, zakovati, odobi. Umuman ichki dunyosi jihatidan ham etuk, mukammal ayol obrazidir. Husn ilmli ma’rifatli bo`lib, o`z atrofiga ¢amza, Vafo, Ong, Noz, Tabassum kabi oqila va san’atkor qizlarga homiylik qiladi. U do`sti Nazar bilan qilgan suhbatdan shahzoda Dil haqida ogoh bo`ladi va uni sevib qoladi. Dil makkor foruqaning hiyla-nayranglariga ilinib, zindonga tushganida esa maktub yozib, o`zining hijron azoblarini, sadoqatini bayon etadi.

Shomu sahar kuymoqu yonmoq ishim,

Sandin erur balki funun nolishim,

Sen qilib asroringni el ichra fosh,

Man yoshurib etdim ko`zim ichra yosh,

Mumkin emas saqlamon onda dud.

Dostondagi husn go`zal, aqlli, vafodor yor bo`lishi bilan birga dono va tadbirli hukmdor sifatida ham gavdalanadi. U «Qal’ai diydorni adl bilan boshqarib, xalqning mehr- muhabbatini qozonadi, o`z yurtining tinchligi, osoyishtaligini himoya etadi. U har bir ishda adashmaslik uchun kengashib ish tutishni birdan-bir tadbir deb biladi. Shuning uchun o`z yurtiga tortgan Aqlshohga qarshi urush boshlashdan oldin amir amaldorlari bilan maslahat qiladi:

Neki kengash birla topar irtinob,

Bo`lg`usi albatta xatosiz savob...

Garchi yarash o`lsunu yoxud sovosh,

Yaxshi emas etmoqimiz bekengash.

Shoir Husn lashkarlarininng urushda engib chiqishshini tasvirlaydi va bu bilan o`ylab ish yuritish, maslahatlashish, oqilona siyosat yuritishning afzalliklarini namoyish etadi.

Umuman Husn obrazi anga mukammal ishlangan obrazlardandir. Husn kabi fazilatlari bilan o`zbek adabiyoti tarixidagi Gul, Shirin, Mehinbonu singari o`lmas obrazlar safidan o`rin oladi.

Asarning asosiy qaxramonlaridan bo`lgan fuod (Dil) yoshligida otasi Aqlshohdan yaxshi tarbiya oladi, olim va donishmandlardan ilm fanni o`rganadi. Shoir uni zamonasining donishmandi sifatida tasvirlaydi:

Mushkuli ilm oldida oson aning,

-----Tab’i bo`lib, sham’i shabiston aning.

Dil o`z atrofiga bilimdon, aql-zakovatli kishilarni to`plab, ularning tarix, she’riyat, san’atga shoir suhbatlaridan bahramand bo`lardi. Dostonda Dil adolatli, xalqparvar hukmdor, shu bilan birga, mehribon do`st va sadoqatli yor sifatida ham ko`rsatiladi. Dil Aqlshohning katta va obod mulklaridan bo`lgan «Qal’ai jism»ni ilm-ma’rifatga amal qilib, odillik bilan boshqaradi va elni shod-hursand etadi:

O`g`li dog`i ko`rsatibon, adlu dod,

Mamlakatni ayladi obodu shod.

Ammo, shahzodaning boshiga ishq-muhabbat savdosi tushgach, yurak sirlarini soldiq xizmatlari Nazarga aytadi hamda uning yordamida muvoffaqiyat qozonishga umid bog`laydi. Dil Husnni zo`r otash bilan sevadi, uni bu yo`ldan zindon azoblari ham, urush maydonidagi jangu jadallar, raqibning hiyla-nayranglari ham qaytara olmaydi. Aksincha, u ko`proq qat’iyat bilan o`z maqsadi sari intiladi, do`stlari Nazar va Ximmatshohning yordami bilan qiyinchiliklarni engadi va sevgilisiga erishadi.

Biroq avtor Dilning hatti harakatlaridagi ba’zi bir kamchiliklarni hamyashirmaydi. Jumladian, u bazmda ortiqcha may ichib, mast holatda makkora foruqaning tuzog`iga ilinadi. Bu ko`ngilsiz voqeadan Dil ham Husn ham ancha aziyat chekadi. Lekin Dil o`z xatosidan xulosa chiqaradi va do`stlarining ko`makchida husn ishonchini qozonishga muvaffaq bo`ladi. Dilning o`z qilmishlaridan chekkan ruhiy iztiroblari, kechinmalarini «chehrasidan qog`oz, kipriklaridan qalam yasab» Husnga yozgan maktubidan bilish mumkin.

Nishotiy mayparastlik va uning oqibatlarini qoralar ekan, mayparsatlikka berilib ketgan zamona oqibatlarini ham ko`zda tutgan va ularni bu yo`ldan qaytarishga undagan.

Vaxki na xush ded muhtaram,

Mastu parishon esa ko`rgay sitam.

Dostondagi Nazar obrazi eng (ajralib) yuksak insoniy fazilatlari, ma’naviy boyligi bilan ajralib turadi. Nishotiy bu obrazni alohida mehr bilan yaratgan. Nazar oddiy xalq vakili bo`lib, «purhunarligi», «¢ayrat va shijoati bilan barchaning hurmat-e’tiborini qozonadi.

Dilning hizmatkori bo`lgan Nazar dostondagi barcha voqealarga... aktiv ishtirok etadi... U Husn va Dilning ishonchli tayanchi, dona maslahatchisi sifatida gavdalanadi.

Shoir o`z qahramonining botirligi, mislsiz jasoratini tasvirlab, unga «jangu jadal vaqtida ustam edi» deb yuksak baho beradi. Umuman Nazar jahon adabiyotida yaratilgan chuqur insonparvar va haqiqiy do`st obrazlari sifatida munosib o`rin oldi.

Nishotiy adolatli shoh haqidagi fikrlarini go`zal Husnning otasi-

Marg`ib mulkining tadbirlli hukmdori Aqlshoh obrazlari orqali bergan.

Bundan tashqari Ishk ideal shoh sifatida berilib, adolatli, tadbirkorligi, yurt mustaqilligi va tinchligini hamma narsadan ustun qo`yishini avtor himmatshoh tilidan shunday ta’riflaydi:

Oti aning Ishqi jahonso`z erur,

Tolei mansur o`zi firuz erur.

Lekin dostondagi Aqlshohni mukammal ijobiy obraz deb bo`lmaydi. U atrofdagi fisq-fasod qo`zg`atuvchi vaziri Vahmi Balo va Shayx Murshid so`zlariga ishonib, manmanlik, maGrurlikka berilib, sevimli farzandi (Fuod), do`stlari boshiga kulfatlar yog`diradi. Ammo asar oxirida Ishq shohga vazir bo`lib, adolatli boshliqqa aylanadi.

Dostondagi himmat va Qomat obrazlari ham o`z fazilatlari bilan diqqatga sazovordir. Bu sof niyatli shohlar Aql va Fuodga yaqindan yordam beradilar, ularni yorug`likka olib chiqadilar, yurtda tinchlik o`rnatish uchun zolim Raqib, Foruqqa qarshi kurashib, ularni engadilar.

«Husnu Dil» dostonida bosh qahramonlarning orzu-intilishlari yo`lida g`ov bo`lgan Shayx Zarq, Murshidi Ilhom, Raqib, uning qizi Foruqa, Vazir Vahmi balo, shohi fasod kabi salbiy obrazlarning ichki dunyosini ochib berish orqali Nishotiy o`z davridagi razillik, yovuzlikni omonsiz fosh etadi.

G’amginlikni pesha qilgan Zarq «Zuhdu Riyo» tog`ini o`ziga manzil qilib, xalq hayoti va ko`zidan yiroqda to`shanini bo`lib, bid’atu kasofat qo`zg`atish, aldamchilik, makkorlik, riyokorlikni kasb qilib olgan. Qora niyatli bu shaxs ozodlik, yaxshilik, baxt-saodat dushmani bo`lib, nuqul ko`z yoshi to`kish, tarkidunyochilik g`oyalarini targ`ib etadi.

Dostondagi qora guruhlarning yirik vakili Raqib razil kuchlar va devlar yordami bilan kishilar o`rtasida nuqul o`lim, jabru sitam urug`larini tarqatishga urinadi.



TEKSHIRISH SAVOLLARI


        1. Nishotiy xayoti va ijodiy merosi haqida ma’lumot beruvchi manbalar qaysilar?

        2. Nishotiyning lirik merosi, mavzusi haqida ma’lumot bering.

        3. «Qushlar munozarasi» asarining bosh mavzusi nimalardan iborat?

        4. «Husnu Dil» sayyor syujetlar asosida yaratilgan asar ekanligi.

        5. Dostonning janr xususiyatlari?

        6. Dostonning etakchi bosh g`oyasi nimadan iborat.

        7. «Husnu Dil» tasavvufiy asar sifatida.

        8. Dostoning ramziy obrazlari tasnifi?



Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə