Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/11
tarix29.06.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#55093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
.Satrlar keltir:

Avvalo shuni aytish kerakki,muxammas o`z mavzusiga ko`ra,shoir ijodining shu ilk davri uchun etakchi o`rinda turgan ishqiy g`azallaridan farq qiladi.Shoir uni bevosita hayotdan,o`ziga tanish va o`zi guvoh bo`lgan hodisalardan ta’sirlanib yozgan.Unda kalonial davr hayotining kichik bir lavhasi realistik aksini topadi.She’rda «ko`zlari muldur-muldur», «tunlari juldur» Oqjar odamlari haqida so`z boradi.Shoir bunda nihoyatda kambag`al,moddiy qiyinchiliklar qurshovida qolgan qishloq xalqi hayotiga nazar tashlaydi,traditsion ma’shuqaning go`zalligi,nozu firoqi haqida emas,balki, «kun sovuq, qora chiroq go`rdek uyu, o`tin kam» ligi to`g`risida ham qayg`urib so`zlaydi.

Muqimiyning Oqjar paromida qancha vaqt ishlaganligi ma’lum emas:

Kelganim ushbu makonga qiladur menga alam,

Loyiki ta’b yo`q odamni desam hasratu g`am,

Toplashurga kishi yo`q ertadin oqshomgacha ham,-

Misralari muxammasning bevosita Oqjarda yaratilganligi,bu vaqtda shoir pattachi vazifasini bajarayotganligi ma’lum bo`ladi.Aftidan shoir bu erda ham siqilgan,o`zini yolg`iz his qilgan va qattiqqo`l muttaham kema xo`jayinlari,sarkarlar bilan kelisha olmagan.

Shu tariqa Muqimiy bu vazifani ham tark etib Qo`qonga qaytadi.Shoir oilaviy hayotda ham baxt topolmaydi.80-yillarning boshlarida uning oilasi buziladi,oqibatda shoir o`z hovlisini tashlab,Begvachcha mahallasida joylashgan Hazrat madrasasidagi bir hujraga ko`chib chiqadi va umrining oxirigacha muhtojlikda hayot kechiradi; o`z so`zlari bilan aytganda shu «Hujram tang va toriqda bekaslik va g`ariblik chirog`ini yoqib»,umr o`tkazadi.

Endilikda Muqimiy butun vaqtini shaxsiy mutolaa hamda ijodiy ishga bag`ishlaydi.Xattotlik shoirning asosiy kasblaridan va tirikchilik uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo`lib qoladi.Shoir zamonasining yirik xattotlaridan biri Muhammad Yusuf Xattotdan maxsus ta’lim oladi,tinmay mashq qiladi. . .

. . . Ammo xattotlikdan keladigan daromad,hatto faqirona tirikchilik harakatlarini ham qoplay olmas edi.Doimiy etishmovchilik,yashash sharoitining nihoyatda og`irligi shoir sog`ligiga putur etkazadi,u dardga chalinadi.

80-yillarga kelib Muqimiy Qo`qon demokratik adabiy harakatining ko`zga ko`ringan tashkilotchi va etakchilaridan biriga aylanadi.Davrning ilg`or qalam ahllari,ziyolilar,she’riyat muxlislari,xushtab’ kishilar ko`pincha Muqimiy xujrasiga to`planishar, adabiyot haqida suhbatlar qurib, yangi yaratilgan asarlarni o`qib, muhokama etar edilar.

Bu davrga kelib Muqimiy etuk xalqchil shoir sifatida xalq orasida tanila borgan,uning jazibadorg`azal va murabbalari hamda zulmkor shaxslarni, xasis boylarni,zo`ravon amaldorlarni, hiylagar din ahllarini sharmanda qiluvchi satiralari,quvnoq,sho`x kulgi qo`zg`atuvchi yumorlari xalq og`ziga tushib shuhrat topayotgan edi.Natijada hukmron doiralar oldida Muqimiy obro`sidan foydalanish va uning xajvgo`ylik faoliyatini o`zlariga muvofiq tomonga yo`naltirish muammosi tug`ildi.Qo`qonning hukmron doiralari dastlabki vaqtlarda Muqimiyni iqtisodiy tomondan asoratga olish yo`lini tutdilar.Eks-r guruhlarning ko`p marta sinovidan o`tgan bug`sin va jirkanch usulini Muqimiyga nisbatan Qo`qonlik Shayx Sulaymon Afg`oniy qo`lladi.U Qo`qonning katta choyfurush boylaridan bo`lib,o`zi adabiyot xavaskori sifatida she’rlar ham yozar edi.Shayx Sulaymon San’at-adabityotga xomiylik qiluvchi «saxovatli boy» da’vosini qilar va atrofiga laganbardor shoirlarni yig`ib olib,ularga iqtisodiy «yordam»ham berib turar edi.Muxiy,Xaziniy,Kotibiy va boshqalar.Shayx sulaymonning dasturxoniga doim ko`z tikkanlardan edilar. . . Dastlab ular Muqimiy o`z doiralariga tortadilar,ammo. . .

Oradan ko`p vaqt o`tmay Shayx Sulaymon va uning atrofini qurshagan Muxiy,Xaziniy kabi shoirlarning maqsadlari,asl qiyofalari ma’lum bo`la boshlaydi.Natijada shoir ular bilan aloqasini buzibgina qo`yaqolmasdan ularga qarshi keskin kurash ham boshlaydi:212-bet. Muqimiyning ramzlar,kinoyali iboralar bilan yozilgan «Axtaring» radifli she’rida shoirning qandaydir reaktsion tomonidan quvg`in qilinganligi,dahshatli quvg`indan uzoq vaqt yashirinib yurganligiga ishora bor:

Ijtimoiy hayot va adabiy kurashlarda aktiv ishtirok etib,reaktsion kuchlar tomonidan uyushtirilgan hujumlarga mardlarga javob berib kelayotgan Muqimiy shaxsiy-oilaviy hayotda ham birin-ketin baxtsizliklar-ga duch kela beradi.Sanambibi Muqimiy bilan uzoq umr kechirmadi.U 1879 yilda,Akbarxo`ja tug`ilgandan so`ng ko`p vaqt o`tmay Muqimiydan ajraldi va o`g`lini onasiga qoldirib,boshqa oila qurdi.turmushda,quvonch va mashaqqatlarda sadoqatli do`st sifatida birga bo`ladigan hayot yo`ldoshining bunday yo`l tutishi,albatta,shoir uchun katta zarba bo`ldi.

Bu ko`ngilsiz voqeadan 2-3 yil keyinroq,taxminan, 1885-1886 yillarda Muqimiy oilasida yana baxtsizlik ro`y berdi:Oilani arang tebratib turgan Mirzaxo`ja vafot etdi. . . o`gay ona,singillar,go`dak o`g`li. . . parvarish. . .Hovli-joyini, ro`zg`orini oila tirikchi-ligi uchun sarf qilib,o`gay onasi va singillarini iqtisod jihatdan tinchitgan,bo`g`iq muhitdan qutilish yo`li Qo`qonni tark etish deb tushundi va Toshkentdan panoh izlab yo`lga tushdi: P. «Ro`zg`orim yo`q» she’ri og`ir hayotdan.Muqimiy tarjimai holining juda ko`p o`rinlari hali ham qorong`i.Hozirgi aniqlangan ma’lumotlarga ko`ra,80-yillar oxiri 90-yillarning boshlarida Muqimiy Toshkentga ikki marotaba kelib ketadi.Ilmiy adabiyotlarda shoir safarlarining sabab va maqsadlari yuzasidan turli fikrlar bor.Orta Osiyo Rossiya sostaviga qo`shilgandan so`ng,Qo`qon xonligi tugatilgach,Toshkent yirik siyosiy,iqtisodiy va madaniy markaz bo`lib qoladi.Davrning qator ziyolilarining, jumladan,demokratik adabiyot namoyandalari Furqat va Nodim,Komil va Zavqiy,Asiriy va boshqalarning asosiy safar maqsadlari madaniy markazni o`z ko`zi bilan ko`rishda edi.

Muqimiy ham o`z ma’naviy ehtiyojini qondirish maqsadida aftidan birinchi sayohatni 1887-88 yillarda amalga oshirgan.Muqimiy Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o`rganib,uning eng sog`lom,progressiv qismi bilan aloqa bog`ladi,ijodiy hamkorlik qildi.Muqimiy o`z zamonasining peshqadam olimi,iste’dodli shoiri hisoblangan Almayiga zo`r hurmat va muhabbat bilan qaradi,ijodiy tajribalarida u bilan o`rtoqlashdi.

Muqimiy Toshkentda shoir Nodim Namangoniy bilan uchrashdi.Shoir rus ziyolilari namoyondalari bilan uchrashib suhbatlar qurdi,jumladan u rus va o`zbek tillarida chiqayotgan gazetalar muharriri N.P.Ostroumov bilan uchrashgan.U Qo`qonga qaytganidan keyin ham Toshkent bilan aloqasini uzmadi,u keyin yana iki marta:1892 va 1899 yillarda ham Toshkentga kelib ketdi.Muqimiy Toshkent safarlaridan keyin ham Farg`ona vodiysi shaharlariga,Qo`qon atrofidagi qishloqlarga bir necha bor sayohatga chiqdi.Natijada shoir ijodida «vayron qishloqlar» va «och-yalang`och» dehqonlar temasida qator asarlar jumladan «sayohatnomalar»tsikli maydonga keladi.

Bu yillarda shoirning rus madaniyati,ijtimoiy ongi,rus xalqining hayoti,yashash sharoitlari bilan ko`proq qiziqa borganligini ko`rsatuvchi hujjatlar mavjud.Buning sabablari,avvalo,Rossiyaga qo`shilishning ob’ektiv ta’siridir.Shu qatorda rus oilasida boshpana topib,ularning homiyligida Moskvada Lazarev nomli sharqshunoslik institutida o`qib,evropacha tarbiya olayotgan jiyani Ro`zimuhammadning ijobiy ta’sirini ham ko`rsatish kerak.Dam olgani Qo`qonga kelgan Ro`zimuhammad tog`asining qiziqishlariga javoban Moskva va Petrograd haqida,rus xalqining tarixi,hayoti madaniyati hamda yirik adiblari A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov,L.N.Tolstoylar to`g`risida ko`p narsalar so`zlab berganini ta’kidlaydi.Mokvaga yo`llagan maktublarning birida jiyaniga murojaat qilib, «Ul mamlakatlarda ajoyib va g`aroyib ishlar ko`p.Yozib xatingizni ko`proq qilingkim,filjumla o`qib qongudek bo`lmaylik»,-deb iltimos qiladi.

Shoirning bu davrdagi tirikchiligida biror ijobiy o`zgarish yuz bergani yo`q.U o`z o`g`li Akbarxo`ja bilan o`sha «tangu toriq hujrada» moddiy qiyinchilikda yashab,kamtarlik bilan kun ko`radi.Umr bo`yi xastalanib turgan shoirning sog`ligi 90-yillarning oxiriga borib birmuncha yomonlashadi.Bu haqda Muqimiyning o`zi jiyani Ro`zimuhammad Do`stmatovga 1898-99 yillar davomida yo`llab turgan maktublarida qayta-qayta xabar qiladi.Bir necha dardlarga chalinganini, «besh olti oylab betob» bo`lganligini bildirib, «necha muddat biladurkim;Nazm ayturga tabiat loxazi erdim»,-deb yozadi.bir muddat uning sog`ligi shu qadar og`irlashadiki,hatto,o`z qo`li bilan jiyaniga xat yoza olmay,boshqalarga iltimos qiladi.Dori-darmon va tog` sayohatlariga chiqish naf keltirib,shoir biroz shifo topadi.1902 yilgi Andijon zil-zilasi munosabati bilan Muqimiy kattagina she’r tarix yozadi.Bu asar 1903 yil 22 aprelda «Turkiston viloyati gazetasi»da (№15)e’lon etiladi.Shu gazetaning 15 yanvar’ 20-sonida esa shoirning «Voqeai kur Ashurboy xoji» satirasi bosiladi.Ular shoirning sotsial temadagi so`nggi yirik asarlari edi.

Ey tabib,aylanma,dardim bedavolardin biri

Rangi zardim,ko`ru-ko`rma qahrobalardin biri,-

Bayti bilan boshlanuvchi muxammasni ham Muqimiyning so`ni asarlari sirasiga kiritish mumkin.Oz mazmuni va ruhiy yo`nalishiga ko`ra shoir bu muxammasni sariq kasaliga duchor bo`lib,ham jismoniy ham ma’naviy,ham moddiy jihatlardan siqilgan,o`zini yolg`iz etgan bir paytda yaratgan.

Hujjatlardan ma’lumki,xuddi shu yaroqon (sariq) kasalligi shoirni hayotdan olib ketdi.U 1903 yil 25 mayda 53 yoshida Qo`qonda o`z hujrasida vafot etdi.Shoir vafotiga Mavloniy Yo`ldosh,Sulaymonqul Rojiylar bir necha tarix-marsiya bitadilar,uning sharifini ulug`laydilar.

Sobir Abdulla «Mavlona Muqimiy» asari.


TEKSHIRISH SAVOLLARI:

1. Muqimiy ijodining ilk tadqiqotchilari kimlar,

ularning tadqiqot asarlari qaysilar?

2. Muqimiyning oilaviy ahvoli,o`qish davri haqida

ma’lumot bering.

3. Muqimiyning Toshkent safari uning taasurotlari.

4. Rus hayoti bilan tanishuv,shoir dunyoqarashiga qanday

ta’sir qildi?



TAYANCH TUSHUNCHALAR

1.Muqimiyshunoslik maktabi namoyandalari.

2.Muqimiy demokratik adabiyotning ulkan vakili
ADABIYOTLAR:

ADABIY MANBALAR

1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958.

2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960

3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975.



ILMIY MANBALAR

1.Zaripov H.Hayoti va ijodiga oid materiallar.Toshkent

Oz Fan,1955.

2.Karimov ¢.Ozbek adabiyoti tarixi,3-kitob.Toshkent,

1975

3.Mo`minova V.Ozbek demokratik adabiyotida lirika.



Toshkent,1979.

4.Muqimiy izdoshlari.1978. (¢urbat va Rojiy).


MUQIMIYNING IJODIY MEROSI

Muqimiy o`zbek klassik poeziyasining zabardast lirik shoirlaridan biri bo`lishi bilan birga,adabiyotimizda xajviyatni yangi bosqichga ko`targan va satira maktabini yaratgan xajvgo`y ham edi.Adabiyotimizda she’riy usulda yozilgan ajoyib «Sayohatnoma»lar Muqimiy ijodi tufayli maydonga keldi.Muqimiy maktub shaklidagi epistolyar adabiyotning ham chiroyli namunalarini yaratdi.

Afsuski,Muqimiy yaratgan shunday boy ijodiy meros «Devon» «majmua» yoki «Bayoz» holida bizgacha to`liq etib kelgan emas.Muqimiy hayot vaqtida o`z qo`li bilan asarlarini bir muqova ostiga to`plagan emas.Uning yaratgan mazmundor va boy asarlari turli manbalarda uchraydi.bu manbalarni to`rt gruppaga ajratish mumkin.

A)Davlat fondidagi qo`l yozma manbalar;

B)Ayrim adabiyot havaskorlari to`plagan kollektsiyalar;

V)Turkistonda revolyatsiyadan ilgari litografiya va tipografiya yo`li bilan nashr qilingan materiallar (gazeta,jurnal,to`plam va kitoblar);

G)Og`zaki manbalar.

Muqimiyshunoslikning hozirgi bosqichida, demokrat shoir qoldirgan meros batamom to`plandi,degan xulosaga kelash qiyin albatta.Lekin hozirgi kunda shoir yaratgan ijodiy meros asosan to`plandi va nashr etildi.

Professor G.Karimovning o`qtirishiga Muqimiy-dan bizgacha etib kelgan merosning umumiy hajmi, hozircha,taxminan 10 ming misradan iboratdir.

Bu katta hajmdagi she’riy merosni janrlar jihatidan qo`yidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.

1.Lirik she’rlar (g`azal,muxammas,murabba’,masnaviy,

ruboiy,tuyuk,fard kabi).

2.Hajviyot (satira,yumor)

3. «Sayohatnomalar».

4.Maktublar (she’riy va przaik shakllarda).
2-MAVZU: MUQIMIY LIRIKASI
REJA: 1.Shoir lirikasining mavzu rang barangligi,

janriy xususiyatlari.

2.Lirik qahramon turmushdan zavqlanish ishq

va oshiqlik.

3.Lirik qahramonning hasrat ohanglari,

muhitdan noroziliklari

4.Shoir she’rlarining badiyati va xalq

qo`shiqlariga yaqinligi.

Muqimiy qoldirgan adabiy merosning katta bir qismini lirik g`azallar,murabba va muxammaslar tashkil etadi.Oz adabiy faoliyatini g`azallardan boshlagan shoir umrining oxirigacha,qariyib 35-40 yil davomida tinimsiz va barakali ijod etib,bu davr o`zbek poeziyasining rivojiga jiddiy hissa qo`shdi.

Muqimiy ham bir qalam ahllari kabi,ma’lum ijodiy evolyutsiyani o`z boshidan kechirgan.Uning salmoqdor lirik merosida taqlidiy mashqlar ekani sezilib turgan,mazmunan sayoz,badiiy jihatdan esa hali etilmagan ayrim g`azallarning ham uchrashi, siqalangan(ayrim g`azallarning ham uchrashi) asrlar davomida qolipga tushgan «tayyor» obrazlarning qayta-qayta qo`llangan toshbehlarning (ra’no kad», «Sarv kad»v.b.mavjudligi shundan darak beradi.Muqimiy «uchradi nogoh»-39 bet (As.tup.1tom,1960).

Lekin Muqimiy asta-sekin taqlidchilik,shogird-lik davrini orqada qoldirib,mustaqil mushohada qilish davriga-izlanish,qidirish bosqichiga o`tdi.Shoir lirikasining ham g`oyaviy, ham badiiy kamolatga erishuvida,xalqchil va xaqqoniy bo`lishida x.o.i.bilan bir qatorda ko`p asrlik she’riyatimizdagi eng yaxshi an’analarning ahamiyati katta bo`ldi.Muqimiy o`tmish o`zbek,fors-tojik va ozarbayjon klassiklari gazetalaridan ko`p baharamand bo`ldi,ulardan ijodiy o`rgandi.

Muqimiyning fors-tojik adabiyotining ulug` namoyandasi Abdurahmon Jomiyni o`ziga ustoz sifatida tanlashi ham shu Sharq poeziyasini maroq bilan o`rgangan davrlariga to`g`ri keladi.Shoirning she’riy merosi ichida Jomiyga bag`ishlab yozilgan bir necha she’rlar uchraydi.Shogirdning ustoziga muhabbatini, sadoqatini,ixlosini ifodalovchi,ayniqsa, «Mekuni e ne»radifli muxammasi xarakterlidir.273-bet

Muqimiy lirikasining markazida muhabbat tematikasi turadi.Faqat klassik adabiyotimizda yoxud Sharq poeziyasidagina emas,balki jahon adabiyotida ham juda eski,ammo hamma vaqt yosh,abadiy barhayot bo`lgan bu tema ko`p ishlangan va unda qanchadan-qancha shox asarlar yaratilgandir.Bu tema ulug` A.Navoiyga XU asrda qanday bitmas-tuganmas ma’nolar bag`ishlagan bo`lsa,oradan qariyib 5 asr o`tgandan keyin ham Muqimiyga shunday ilhom manbai bo`lib xizmat qildi.Bu tasodifiy emas,albatta.Chunki,adabiyotning asosiy ob’ekti insondir.Insonni muhabbatsiz tasavvur qilish mumkin emas,muhabbat inson ma’naviy hayotining ajralmas qismidir.

Muhabbat haqida qo`shiq to`qish hayotni kuylash demakdir.Shu ma’noda Muqimiy lirikasi chuqur hayotiy lirikadir.Shoir lirikasining zo`r sotsial qiymatini ham uning hayotiyligi-ta’min etadi.Chunki islom ruhoniylari diniy fonatizmni,tarki dunyochilikni, mistikani targ`ib qilib,jamiyatda pessimizm urug`larini sochib turgan bir paytda hayot to`g`risida kuylash,muhabbatni tarannum qilish katta ijtimoiy qiymatga ega bo`lgan zo`r jasorat edi.

Bu davrdagi diniy-mistik adabiyotning yirik vakillaridan biri Yusuf Saremiy:

Bu muammodir tiriklik uzlukingdin urmo dam,

Bu jahon oynadek asrorini xayronidur

San tumon etma, «baks bor?»deb,jahon ayvonida,

Bil yaqin avvalda foniy erdi,oxir foniydur!»

Deb jamiyatda «odam-yo`qlik»ni, «foniylik»ni targ`ib qilib turgan bir paytda,butun hokim ideologiya din, oxirat,toat-ibodat haqida jar solib turgan va odamlarni xilvatga,tarki dunyochilikka chaqirib turgan bir paytda Muqimiyning:

Navbahor ochildi gullar,sabza bo`ldi bog`lar.

Suhbat aylaylik kelinglar,jo`ralar o`rtoqlar!

Kabi xitob bilan chiqishi zulmat sukunati qoplangan kechada urilgan bong taassurotini tug`dirar va gangigan boshlarda hushyorlik yaratar edi.

Muqimiy muhabbat temasida ko`p dilrabo she’rlar yozdi.Ularda insoniy kechinmaning turli holatlari tasvir qilinadi.Muqimiy ba’zan shunday zo`r ijodiy mahorat ko`rsatadiki,so`z san’atining namunasi bo`lgan bu she’rlarni o`qiganda,kishining qo`z o`ngida jonlimanzara,sehrli rassom qalami bilan chizilgan ajoyib lavha namoyon bo`ladi.Shoir xayolida yaratilgan lavha jonli va qonli hayot manzarasiga aylanib ketadi.Chunonchi «Yolg`iz» radifli g`azal shunday san’at mo`jizalaridan biri bo`lib,u rassom uchun ham,haykaltorosh uchun ham tayyor materialdir.

Banogoh uchradi,ot o`ynatib bir dilrabo yolg`iz,

Rikobiga surib ko`z,qo`l ochib duo yolg`iz. . .

100 bet

Bu she’rda tasvir qilingan manzara o`zining realligi va jonliligi bilan kishini o`ziga maftun etadi: ot o`ynatib kelayotgan go`zal –mahbuba,ot uzangisiga ko`zini surib,go`zal haqiga duo qiluvchi oshiq.Bu manzarada Sharq adabiyotiga xos qanchadan-qancha romantika va insoniy his tuyg`u bor.



Muqimiy lirikasida xastni sevishga hayotdan zavqlanishga chaqirib,turmushning ozod va baxtiyor bo`lishini orzu qilish asosiy va etakchi motivni tashkil qiladi.Lirik qahramondagi bu ulug` niyatlarni amalga oshirish,turmushni farovon qilish va quvnoq qilish ikki yoqlama zulm hukmronlik qilgan adolatsiz,mudxish kalonial tuzum sharoitida mumkin emas edi.Shoir istaklari bilan hukmron muhit o`rtasidagi bu qarama-qarshilik uning poeziyasida hasrat,nolish,shikoyat motivlarini tug`dirdi.

«Toleim»,(145-bet), «Ohkim holimni so`rmas» (282-bet), «Intizor o`lturg`usi» (284-bet), «Dog`men» (307-bet), «Maktubot»(102-bet) P-tom.

Shuni aytish kerakki,shoir poeziyasidagi alam,hasrat va shikoyat motivlari umidsizlik belgisi bo`lmay,balki lirik qahramondagi zo`r orzular,ulug` g`oyalar va ularning amalga oshishiga bo`lgan zo`r umid natijasida tug`ilgan motivlar edi.Mavjud tuzumdan qanoatlanmagan va o`z yuksak g`oyalarini amalga oshirish uchun turmushda hali etarli ijtimoiy zamin topa olmagan Muqimiy istiqbolga qarab intiladi va o`ziga o`zi:

Kelur oxir seni ham yo`qlagudek bir zamon yaxshi,-

Deb xitob qiladi. . . Kelajakda yaxshi zamonlardan darak beruvchi bu satrda Muqimiy poeziyasining eng kuchli tomoni,shoir lirik qahramonining asl qiyofasi yaqqol ko`rinib turadi.. .

Adabiyotimiz tarixida Muqimiy o`z murabba’lari bilan mashhur.Shoir murabba’lari uning ko`pchilik g`azal va muxammaslari kabi,o`zbek xalq kuylariga moslab yozilgan.Ehtimol ularning ba’zilari maxsus ashula uchun atab yozilgandir.

Bizga Muqimiy murabba’laridan 21 tasi ma’lum bo`lib,ular o`zining g`oyaviy va badiiy xususiyatlari bilan alohida diqqatga sazovordir.Ularning deyarli hammasi ishqiy temada yozilgan.Mazmunan tugallangan, shakllangan kam-ko`stsiz yozilgan ko`p murabba’larning bir namunasi sifatida «Ko`nglum sandadur» murabba’sini olaylik: (243-bet)

Ko`rinib turibdiki,unda muhabbat kechinmalari tasvirlanadi.Lekin shoirning ustaligi,mahorati shundaki,kichik hajmdagi she’rda muhabbatning butun bir sarguzashti,tarixi:muhabbatning tug`ilishi,boshidan kechgan kunlar, amal-hasratlari,shodliklari va nihoyat, uning taqdiri ko`rstiladi.

Keltirgan bu bandalar mazmunidan ko`rinib turibdiki,she’rning ma’lum va aniq muqadimmasi va xotimasi (1-va 7-bandlar) bor.Mahbubani ko`rib oshiq bo`lgan va uning visoliga erisholmay ,ertayu kech hijron o`tida yongan oshiq duogo`y bo`lib turish bilan qanoatlanishga majbur.
MUQIMIY LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Muqimiy lirikasining katta shuhrati,mangu barhayotlik va hamisha navqironligini ta’minlagan asosiy omillardan biri –ilg`or g`oya,hayotiy mazmunni haqqoniy va xalqchil ifodalashdagi badiiy barkamollikdir. Badiiylikni belgilovchi komponentlar rang-barang va xilma-xil.Uslubning soddaligi,bayonning ravonligi, fikrning ravshan hamda detallarning konkret va hayotiyligi ham,adabiy til normalari doirasida jonli so`zlashuv til boyliklaridan o`rinli foydalanish va xalq maqol-matallarini maqsadga bo`ysundirib qo`llash ham,omma diliga yaqin qo`shiq-ko`ylari yo`lidan borib,lirikaning vazn engilligi,o`ynoqiligi va musiqiyligini ta’minlash va b.Muqimiy lirikasining fazilatlaridir.

Shoir asrlar davomida ko`plab ijodkorlar lirikasida takrorlanib “Sinovdan o`tgan” qofiyalardan tez-tez o`rinli foydalanadi.Shuningdek,jonli xalq tilidagi “oddiy” so`zlarni qofiya o`rnida qo`llab ularga yangi jilo berishga,yaqin qirralarini ochishga ham intilib,bu sohada qator yutuqlarga erishadi.Shu ma’noda «Kelur» radifli g`azal xarakterlidir: 196-bet

Muqimiy oshiq va ma’shuqa xarakterlarini ochishda turli badiiy va uslubiy san’atlarni ishga soladi.M: dialog shaklidagi g`azallar shular jumlasidandir.Bu usul obrazlarning ichki kechinmalarini,ko`ngil nozini yuzma-yuz uchrashuvda «o`z so`zlari» bilan ifodalashga, jonli manzara chizishga imkon beradi.

Aydi kulib: «Ey notavon,hajrimda ranging

za’faron;»

Jabru jafo qildim yomon,ma’zur tut,chekting sitam.

Aydimki: “Qulikka bitib,kelgan zamon tashrif

etib

Qoldi ko`ngillardan ketib har qanchakim ranju



alam”.

. . . Ma’shuqa bilan kutilmaganda yuz bergan uchrashuv oshiqni gangitib qo`yadi.U o`zini batamom yo`qotadi,hatto,xalq iborasi bilan aytganda «Tili so`zga kelmay qoladi».Ma’shuqa esa o`zining bunday ta’siridan mamnun.U hazil-mutoyiba aralash oshiqqa «tegajaklik»,qiladi, «qizishtirib» qo`yadi:

Otarda er,kelmay qoldi til so`zga,kulub aytdi:

-«Qalaysiz? Kamnamosiz,gangu lolu bezabonim siz».

Mana bu baytda esa ma’shuqaning ko`pchilik oldida iymanib, hayo bilan ko`chadan o`tishi, uni, ayni zamonda,qandaydir qo`rquv,vahima qurshaganligi shahar g`ala-g`ovuri o`rtasiga tushib qolgan olazarak saxro ohusiga o`xshatiladiki,bu ma’shuqaning o`sha vaziyat,o`sha ondagi andisha- iztirobini ham,ruhiy kechinmalarini ham o`quvchi ko`zi oldida nihoyatda real gavdalantiradi:

Xalqdin etib xayo,vaxshat chekib beixtiyor,

Shaxrga tushgan kabi bir ohuyi sahro kelur.

Qator o`rinlarda Muqimiy qadimdan xalqimizga xos bo`lgan milliy xususiyat va urf-odatlar ishora qilib,jonli badiiy lavhalar chizadi.Dutor chertib mayin-xonish qilish,ayniqsa,Farg`ona ayol-qizlari orasida keng tarqalgan:

Asr emas qayu bir fe’lu atvoring,xususankim,

Olib ilgingga chalganda dutor oxista-oxista.

Mehmon kutishda qudalarga suv sepib,yo`llarni tozalab qo`yish eng yaxshi odatlarimizdan biri.Lirik qahramon ham ma’shuqani intizorlik bilan kutar ekan,ko`z yoshidek suv sepib,uning kelish yo`llarini tozalab qo`yadi:

Suv sepib ko`z yoshidin,qo`ydim yo`lingiz tozalab,

To kelur vaqtida domonni g`ubor etmay keling.

Shoirning yuksak badiiy san’atini namoyish etuvchi bu kabi misollar uning lirik merosida nihoyatda ko`p uchraydi.


TEKSHIRISH SAVOLLARI

1.Muqimiy ijodiy lirikasining janrlari

2.Muqimiy lirikasining ilk namunalarida hayotga

tanqidiy munosabat bildirish,achchiq tanqid.

3.Shoir lirikasida tabiat go`zalliklarining,

inson sevinchini tarannum etishdagi mahorat

4.Muqimiyning poetik mahorati.
TAYANCH TUSHUNCHALAR

1.Muqimiy lirikasining xalqchilligi.

2.Shoir she’riyatining badiiyligi.
ADABIYOTLAR:

ADABIY MANBALAR

1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958.

2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960

3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975.


ILMIY MANBALAR

1.Zaripov H.Hayoti va ijodiga oid materiallar.Toshkent

Oz Fan,1955.

2.Karimov ¢.Ozbek adabiyoti tarixi,3-kitob.Toshkent,

1975

3.Mo`minova V.Ozbek demokratik adabiyotida lirika.



Toshkent,1979.

4.Muqimiy izdoshlari.1978. (¢urbat va Rojiy).



3-MAVZU : MUQIMIY HAJVIYOTI. SATIRA VA YUMOR.
REJA: 1.Shoir hajviyotida shakl va mavzu rang-

barangligi (adolatsiz amaldorlar,chor

chinovniklari,sudxo`rlar tanqidi)

2.Shoir hajviyotining xalqchilligi.

3.Muqimiy hajviyoti ta’sirida vujudga kelgan

turkum asarlar.

4.Shoir yumor hazillarida ijtimoiy qaloqlik,

turmush illatlaridan kulish,yangilikni targ`ib

qilish.

Muqimiy lirik shoir sifatida adabiyotimiz tarixida qanchalik mashhur bo`lgan bo`lsa,kuchli satirik shoir sifatida ham orasida shunchalik shuhrat qozongan edi.Shoir dastlab satirik mahoratlarini oshirishda o`tmish an’analaridan ijodiy foydalanib ustozlar Navoiy, Mashrab, Turdi, Gulxaniy, Maxmurlar izidan borib,o`z davrining ko`pgina illatlarini satirik fosh etuvchi muxammaslar yaratdi.Masalan,Alisher Navoiyni- ng «Hayratul –abror» dostonidagi zo`ravon,shafqatsiz amaldorlarning qishloqdagi faoliyatlarini tasvirlovchi epizod bilan Muqimiyning «Tanobchilar» satirasidagi qishloqqa chiqqan chor chinovniklarining faoliyatini ifodalovchi misralar ana shunday namunalardandir.



Shoirning salaflaridan ilxomlanganini ko`rsatuvchi yana bir misol uning Xapalak qishlog`i haqidagi Maxmurning g`azaliga muxammas bog`lashidir.Bir qator o`tkir satiralarning muallifi Maxmur o`zining bu g`azalida Umarxon davridagi mehnatkash xalqning qashshoq hayotini,son-sanoqsiz soliqlarning o`lka,qishloq-shaharlarni vayronaga aylantirganini Xapalak qishlog`i misolida jonli tasvirlagan edi.

Muqimiy Maxmur g`azaliga taxmis bog`lar ekan,unga formal tomondangina yondoshmay,g`azal mag`zidagi ana shu qoralovchi,fosh etuvchi ruhni kuchaytiradi:

Chopishur yantog` o`tun marduzan issig`da kuyub,

Er zag`ora nonini,topsa otin qand kuyub,

Jazi yo`k sho`rva kadu eydigan oshida suyub,

Ajriq ildizini mayda kelilarda tuyub,

Qaynatib,kunda ichib,otini derlar sumalak.

Maxmur g`az.Sh bayti.

Bu misra birgalikda,taxmisning boshqa bandlari kabi, feodalizm davri qishlog`ining, uning mhnatkash dehqonlarining qorong`u hayoti lavhasini yorqin gavdalantiradi.Muqimiy bunday ayanchli holatga xuddi Maxmur kabi,betaraf,loqayd qaramaydi.Avtor «Meni» ning alamli,tashvishli,dard to`la norozilik ovozi butun taxmis davomida aniq eshitilib turadi.Og`ir soliqlarning solinishi qishloq ahlini ayanchli holga keltirib qo`yganligini shoir real ko`rsata bilgan.

Ko`chgi xalqi yopinib ko`hna,uvoda tunini,

Charxdin o`tkarishib oxu fig`onu unini,

Solmasun dushman ham boshiga kelgan kunini,

Kecha nogoh eshitib shuhrati tillo pulini,

Maxmur g`azali, 7-bayti.

Muqimiy bu taxmisda Maxmur uslubiga,badiiy-tasviriy vositalariga har jihatdan muvofiq misralar yaratishga muvaffaq bo`lib, mantiqiy izchillikka erishdi.

Muqimiy satiralarining mohiyatini ravshanroq ochish uchun va ular to`g`risida mulohaza yuritishni osonlashtirish uchun mazkur satiralarni tanqid ob’ektiga qarab professor G.Karimov uch gruppaga ajratdi:

1.Chor chinovniklari va mahalliy amaldorlar zulmini ko`rsatishga,ularning jirkanch obrazlarini yaratib,fosh etishga qaratilgan satiralar («Tanobchilar», «Dodxoxim», «Axtaring», «Saylov», «Tar mevalar», «Dor mazammati sogeni,ellikboshi» nomda budand» v.b)

2.Mahalliy boylar,mustamlakachi kapitalistlarni- ng kirdikorlarini ochib tashlashga,ularning xususiy mulkchilik zaminida tug`iladigan pastkashliklarini ko`rsatishga qaratilgan satiralar («Moskovchi boy ta’rifida», «Hajvi viktor boy», «Voqeai kur Ashurboy», «To`yi Ikon bachcha», «Hoji qadoqchi», «Gap to`g`risida gap» v.b)

3.Jamiyatda tekinxo`rlik bilan hayot kechiruvchi din ahllarini tanqid qilishga,ularning fe’lu atvorlaridagi iflosliklarni,kulgili hollarni tasvir qilishga bag`ishlangan satiralar («Hajvi xolfai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa», «Avliyo» v.b)

Muqimiy ko`p o`rinlarda oddiy xalq vakillarini,kambag`al dehqonni zo`ravon va zolim amaldorlarga qarama-qarshi qilib tasvirlaydi, shular- ning manfaatlari nuqtai nazaridan voqealarga yo`nalish berib,faoliyatlarini baholaydi.Bu holni biz, ayniqsa, «Tanobchilar» satirasida ravshan sezamiz.

«Tanobchilar» ga ko`pdan-ko`p soliqlardan biri-er solig`i,uning amalga oshirilishi, amaldorlarning faoliyatlari va dehqonlar ommasining ularga bo`lgan munosabatlari kabi muhim ijtimoiy masalalar asos qilib olingan.Mahalliy amaldorlar va qishloq boylari uchun aldash,poraxo`rlik va qalloblik vositasi bo`lgan «Tanobkashlik» (soliqlar miqdorini belgilash uchun ekinzorlar miqyosini aniqlash) ni tasvirlash bilan shoir qishloqlarning talanishi,dehqonlarning tobora ko`proq qashshoqlanishi manzarasini yaratadi. Tanob solig`i birovga «azob» o`zgacha «rohat» bag`ishlagan.

On ikki oyda keladur bir tanob,

Ozgalarga rohatu menga azob.

Shoir jabrlanuvchi oddiy dehqon tilidan gapiradi.Bu usul ro`y berayotgan adolatsizlikni xolisona baholashga,dehqonlarning dunyoqarashi, kechinmalari, ruxiy kayfiyatlari va sotsial tip sifatidagi xarakterlarini chuqurroq ochishga imkoniyat beradi. Deqon amaldorlar zulmidan,kundan-kunga ortayotgan soliqlardan norozi:


Adl qulog`ila eshit holimi,

Zulm qilur,baski, menga zolimi.

Asarning boshidan-oxirigacha ikki guruh,ikki qarama-qarshi sinf vakillari: amaldorlar-zulm qiluvchilar va dehqonlar –jabrlanuvchilar guruhi harakat qiladi.Unda ezilgan dehqon obrazi-bayonchidan tashqari amaldorlar guruhining vakillari sifatida Sulton Ali Xo`ja va Hakimjonlarning satirik obrazlari yaratiladi.Bu ikkala amaldor o`zlarining qishloq ommasiga qarshi qaratilgan faoliyatlarida bir-birlari bilan qalin ittifoqda: a)

Muqimiy Sulton Ali Xo`ja va Hakimjon obrazlarining turli tomonlarini butun asar davomida izchillik bilan ocha borib,juda o`tkir o`xshatishlar kashf etadi.Bu ikki hamtovoqning xarakterlari,ichki dunyosi ham bir-biriga yaqin va ayni zamonda shaxs sifatida o`z qiyofasiga ega: b)

Amaldorlar tanob o`lchash uchun kelgan qishloqlarda, birinchi navbatda, dehqonlarni yig`ib, ularga ruhiy ta’sir ko`rsatishga kirishadilar.Bu ishda ularga diniy aqidalar juda qo`l keladi.Oz hukmini o`tkazish uchun ular ijtimoiy kelib chiqishlarini xizr-avliyolarga, «Er xubbi va Bibi Ubaydalarga» olib borib bog`lab sodda dehqonlarni din nomidan qo`rqitadilar.

Qalbaki «avliyo»lar bunday ruhiy taziyqdan bir katta maqsadni-o`z buyruq va g`ayriinsoniy shartlarining dehqonlar tomonidan so`zsiz bajarilishini ko`zlaydilar. (P-tom,6-bet)

Sulton Ali Xo`ja bilan Hakimjonlar chor hukumatining vakillari sifatida xalq ustidan cheksiz zo`rlik va zulm o`tkazish huquqiga ega edilar.Shu ular o`zlarini xo`jayin hisoblab,xalqni istagancha haqorat qilar,do`q urar edilar.

Muqimiy satirada amaldorlarni fosh etishni kuchaytira boradi,ularning poraxo`rligini fosh etadi,shu bilan birga ham pora olishi va er solig`ini ikki barobar qilib belgilab ketishlarini yorqin aks ettiradi.Bu tipik hodisa edi. . . Xulosa. «Dodxoxim», «Saylov», «Ter mevalar» mustaqil o`zlashtirish.

Muqimiyning satirik merosi ichida feodal-burjua axloqini ro`y-rost ko`rsatuvchi, mahalliy sharoit etishtirgan o`ziga xos Plyushkin, Gobsek, Kori Ismat kabi tiplar obrazini yaratuvchi «To`y» she’ri alohida ajralib turadi.

Asarning syujeti unga murakkab emas.Voqea Toshkentlik savdogarning Qo`qonning Ikon mahallasida istiqomat qiluvchi gumashtasiga Xatna to`yini o`tkazishga ruxsat bermay «sim qoqishi»dan boshlanadi.Ana shu go`yo arzimas, «shaxsiy» voqea tasviri orqali shoir umuman boy-savdogarlarning va ular davrasida etishib chiqqan boshqa ijtimoiy guruh-gumashtalarning sotsial tipini favqulodda mahorat bilan chiqadi,adabiyotimiz tarixida xassislikning klassik obrazini yaratadi,jahon adabiyotida bu obraz parallel qiyoslanadi.

Gumashtalar o`z xo`jayinlariga faqat moddiy jihatdangina emas,balki ma’naviy jihatdan ham qaram ekanliklarini ta’kidlash bilan birga,ularning tabiatiga xos bo`lgan,laganbardorlik va munofiqlik kabi xususiyatlarni ham ochadi.

«Xo`jayin»ning o`zi asarda bevosita ishtirok etmaydi.Ammo «sim qoqish» mazmunidan uning qanday shaxs ekanligini o`quvchi osongina bilib oladi.Dastlab uch-to`rt baytdayoq Toshkentlik boy-savdogar xarakterining etakchi belgilari:qurumsoqlik,baxillik, molu mulkka,kapital- «dastmoya»ga sajda qilish kabilar to`la-to`kis o`z aksini topgan.Bu shaxsninng borligi, faoliyati,mohiyati,hayotdan kutgani va yashashdan maqsadi-birovga zarracha manfaat etkazmaslik,u o`z gumashtasini ham shunga da’vat etadi: g)

Satiraning keyingi qismida shoirning diqqat markaziga gumashta obrazi ko`chadi, «To`y» tasviri fanida uning hajviy obrazini chizish birinchi planga o`tadi.Endilikda shoirning nafrat uyg`otuvchi o`tkir kulgisi hukmron o`ringa chiqib,shafqatsiz va masxaralovchi ruhni egallaydi.

Gumashta «to`y»ni yashirin o`tkazishga qaror qildi. Ko`pchillikning bilib qolishidan vahimada.Shuning uchun u «To`yxona»da favqulotda holat joriy qiladi,qattiq tartib qoidalar o`rnatadi.Gumashta va uning hamtovoqlarining «sekin bozorga chiqishlari», «So`yilgan» oriq qo`yning go`shtila yog`ini xumga bosishlari» «is chiqarmasdan! Oshni damlashlari»ning tasviri katta badiiy kashfiyot darajasiga ko`tariladi.

To`yxonadagi yurakni siquvchi tajang vaziyatning tasviri diqqatga loyiq u erda shodlik emas,g`ulg`ula va qo`rquv aralash ehtiyotkorlik hukmron.Shoir misralari ana shu kayfiyatlarga muvofiq goh tahlikali ohang kasb etadi: d)

To`y kuni hech kimga bildirmay,odam yuborib,katta ehtiyotkorlik bilan etti kishini chaqirish,ularga yalinib-yolvorib to`y qilayotganini sir tutishlarini iltimos qilishi,ko`cha darvozani to`y kuni zanjirlab qo`yilishi epizodlari ataylab bo`rttirish,mubolag`a qilish orqali gumashta xarakterining o`ta mumsiqligini ko`rsatadi.

Muqimiyning muxammas shaklida yozgan «Hajvi Bekturboy» asari o`z mavzui, taqdiri, tarqalishi, davr adabiyotida o`ynagan roli jihatidan alohida diqqatga ega.

Ma’lum bo`lishicha, Qo`qondagi og`a-ini Kamenskiylar kontorasining bosh boshqaruvchisi Viktor Dmitrievich Axmatov ayni zamonda yirik savdogar ham edi.U Evropa kapitalistlaridan turli mollar keltirib beraman deb,ko`plab pullarni to`plab olib,1889 yilning oktyabr’ oyida soxta hujjatlar bilan qochadi.

«Hajvi Bekturboy»ning yaratilishi fakt shuni ko`rsatadiki,Muqimiy o`z davri ijtimoiy hayotida yuz berayotgan voqea-hodisalarga loqayd munosabatda bo`lmagan.Uning o`tkir satirik tuyg`usi har bir ro`y bergan narsani tez idrok etib,ichki mohiyatini ochib tashlash kuchiga ega.Fribgar Viktor Axmatov qo`lga olinib, 1892 yil avgust oyida Farg`ona olblastida sud qilinadi.Ammo bu sud prtsessi ancha kechikkan edi. N.P.Ostroumov: «Mahalliy shoir Qo`qonlik Madaminxo`ja (uni Muqimiy deb ham atashadi) Viktor boy ustidan sudda ham oldinroq hukm chiqarib,qo`yidagi misralarni yozgan edi»,-deydi va shoir satirasining tekstini keltiradi.Bu haqqoniy baho edi.Chindan ham «Hajvi Bekturboy» burjda axloqini tanqid etuvchi o`tkir tarixiy aybnomadir.

Aftidan, «Viktor ishi» ga o`xshash olg`irliklar turli ko`rinishlarda ko`plab sodir bo`lgan.Chunki, Muqimiy xajvlari orasida «Lyaxtin» radifli bir g`azal mavjud bo`lib,unda ham xuddi tovlamachilik va fribgarlik haqida gap boradi. «Mosk.boy ta’r», «Veksil’» must.ur.

Muqimiy o`zbek demokratik adabiyotida alohida o`rin tutuvchi satirik ruhdagi qator antiklerikal asarlarning ham muallifidir.Shoirning bu tekinxo`r tabaqa vakillari-dan ahllarini o`z ijodida fosh etishga ahamiyat berib,ularning nafratli satirik obrazlarini yaratgan: Shoirning «Avliyo» radifli g`azali bunga yaqqol misol bo`la oladi.Din arboblarining tipik vakili bo`lgan avliyo qiyofasida bu guruhga tegishli hamma riyokorlikni uchratish mumkin.U dindan o`z manfaati yo`lida bir qurol o`rnida foydalanishga urinadi.Avliyoning yagona bir imoni-mazxabi ham yo`q.Agar bugun salla o`rab,musulmon libosiga kirish foydali bo`lsa,u islom kishisi.Ertaga musulmonlikdan ko`ra g`ayridinlikning manfaati ortiqroq bo`lsa,hech ikkilanmay mazxabni ham,libosini ham o`zgartiradi:

Boshlarida shapka,gohi,gohi dastur avliyo;

Qo`llarida subxayu bo`ynida zunnor avliyo.

Bu tushunchalarning baytda qarama-qarshi qo`yilishi «avliyo» xarakteridagi beburdlikni,aniqrog`i,riyokorlik munofiqlik juda yaxshi ifodalaydi.Keyingi misralarda shoir bu qalbaki din arboblarining xarakterining boshqa salbiy belgilarni (maishiy buzuq, qo`pol, tamagir, surbet ekanligini) xalq iboralaridan foydalangan holda izchillik bilan ocha boradi. «Avliyo»lik da’vosini qilib yurgan bu tekinxo`r fribgarning «karomati» ham bor.Bu hid bilish,isdan tezda xabar topish «karomati»dir.

Shul erur kashfu karomatini bo`ylab subxu shom,

Ishqsa har erdin bir is-hozir,xabardor avliyo.

Shoir din arboblarining nafratli qiyofasini chizishda salbiy hodisalar va yaramas shaxslar to`g`risida jonli xalq tilida qo`llaniladigan «Taqlididan qor yog`adi», «rasvolikda shuxrat topti» kabi bo`rttirma iboralarni ustalik bilan ishlatib,ob’ektning salbiy tomonlarini ochiqroq ifodalaydi.

Professor G.Karimov va X.Yoqubovlarning yozishi- cha Muqimiyning «Hajvi xalifai Mingtepa», «Dar mazammati qurbaqa» satiralari tarixiy shaxs Dukchi eshon (Muhammad Ali xalifa) kirdikorlarini fosh etishga bag`ishlangan.Ozbekiston tarixidan ma’lumki Andijon yaqinidagi Mingtepada uya qurib olgan bu shaxs «g`azovot» shoirini qurol qilib,kofirlarni haydab musulmonlar davlatini tuzish xayoli bilan yashab Angliya,Amerika panohi ostida,Eron va Turkiya kabi feodal davlatlar bilan til biriktirib xarakat boshladi. . .

Ana shu voqea munosabati bilan demokratik adabiyotda «Dukchi Eshon tsikli» yaratiladi.Chimkentlik shoir Sulton Ahmad,demokratik shoir Zavqiy,shoir Nodim Namangoniy, shoir Rojiy ya.b.o`z satirik she’rlari bilan bu tsiklga hissa qo`shdilar.

X1X asrning yarmi va XX asr boshidagi o`zbek demokratik adabiyotida yumorning rivojlanishida ham Muqimiyning xizmatlari katta bo`ldi.Shoirning o`ttizga yaqin yumorlari bo`lib,ulardan 25 tasi nashr etilgan.Muqimiy yumorlarida kulgi ko`p o`rinlarda hayotdagi qoloq, chirigan,taraqqiyotga to`siq bo`lib turgan g`ovlarni,shaxslar ongi va tabiatidagi ojizlik va nuqsonlarni,xunuk fe’l-atvor va o`rinsiz hatti-harakatlarni qoralash,tanbeh berish, «turtib o`tish», tanqid qilish vazifalarini o`taydi.

Muqimiyning «Devonamen», «Ko`samen» radifli yumorlarida oddiy kishilarning qiyin iqtisodiy ahvoliga achinish,ko`pgina talantli kishilarni ma’naviy mayib etgan,sermashaqqat hayot girdobiga tortgan o`sha jamiyat,o`sha tuzumdan norozilik motivlari ham eshitilib turadi.

Demokratik adabiyotda «Ko`samen», «Devonamen» tsiklidagi she’rning tug`ilish tarixi,asosi bor.Zamona- sining mashhur shoirlari diqqatini o`ziga jalb etgan va maxsus she’rlar tsiklining yaratilishiga sabab bo`lgan Ismoil ota degan Qo`qonlik naychi san’atkor o`tgan.U kishi butun hayotini san’atga bag`ishlagan,lekin umri qashshoqlik bilan o`tgan.

Muqimiy Ismoil ota bilan do`stona aloqada bo`lgan,uning san’atkorlik istedodiga hurmat bilan qaragan.Muqimiy engil hazil yo`li bilan unga bag`ishlab to`rtta («Ko`samen», «Hayron ko`samen», «Parishon ko`samen», «Devonamen») she’rlarini yozgan bo`lsa-da, lekin bu hazil-kulgi ostida achchiq haqiqat yotadi. Shunigdek, o`z zamonasidan qadr-qimmat ko`rmay,fig`on qilib o`tgan Muqimiy o`z taqdirini, qisman,devona-tilanchi san’atkor taqdiriga o`xshatar edi.(P-tom, 57, 58, 59-60 betlar)

Muqimiyning bir qator yumorlari hayotdagi o`zgarishlarga. . . yangicha munosabatning samarasi sifatida yuzaga kelgan. «Dar tarifi pech’», «Aravang», «Aroba qursin», «Loy» kabi she’rlar shular jumalsidan.

Bu asarlar paydo bo`layotgan yangiliklarning xalq hayotiga tezroq tadbiq etilishida ma’lum rol’ o`ynagan,deyish mumkin.Masalan,shoir kulgi vositalari orqali rus pechining sandaldan afzalligini,qulayligi-ni ko`rsatib,shaldiroq,noqulay aravani xalq latifalari ruhida tanqid etib,yana kulgi bilan «prujinali kolyaska»ni targ`ib qiladi v.h. «Bezgak», «Yomon bezgak» yumorlarida esa shoirning o`zi ko`p marotaba chalingan kassalikdan shikoyat o`ziga xos bir uslubda juda jonli tasvirlanadi.Bu asarlarda aniq eshitilib turgan beg`araz,quvnoq shikoyat motivlariga batamom boshqacha ruh beradi,ya’ni asli g`amgin va jiddiy bo`lgan mavzu sof yumoristik planda tahlil etilib,engil va hatto sho`x o`qiladi.Bu she’r («shikoyati bezgan») klassik adabiyotimizda keng tarqalgan «shiru-shakar» usulining namunasidir.Yumorni tashkil etuvchi sakkiz baytning olti bayti o`zbek tilida,ikki bayti-to`rtinchi va oltinchi baytlari fors-tojik tilida yozilgandir. P-tom,75-bet.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin