Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0.62 Mb.
səhifə10/11
tarix29.06.2018
ölçüsü0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FURQAT LIRIK ShOIR
Furqat o’zbek demokratik adabiyotida gumanistik lirikaning boyishi va rifojlanishiga katta ulush qo’sha olgan shoirdir. Lirika uning ijodida xajm jixatidan xam, mazmun va badiiylik jixatidan xam salmoqli o’rin tutadi. U klassik poeziyamizning gazal, muxammas, musaddas, masnaviy, maktubat, tarji’band v.b. shakllarida ajoyib va go’zal asarlar yaratdi.

Shoir asarlarining ko’pchiligi muxabbatni tarannum etuvchi gazallardan iborat. U o’z lirikasining mavzui, xarakter va maqsadi xaqida so’z yuritar ekan, quyidagi misralarni yozishga batamom xaqli edi;

Ey muxabbat axli, ramzi ishq faxm aylay desang,

Yozilgan xuni jigardin, Furqat, ash’orimga boq.

Chindan xam shoirning muxabbat tasviriga doir she’rlari dillarni jumbushga keltirib o’ziga asir etadi.

Furqat lirikasida yaratilgan ijobiy qaxramonning eng muxim xususiyati shuki, u xayotni sevadi, xayot go’zalliklaridan lazzatlarishga intiladi. Yor-maxbuba va uning xusnu latofati, noz-qarashlari xaqidagi qo’shiq shu xayot go’zalliklarining timsoli sifatida maydonga keladi.

Furqat lirikasidagi “Fasli navbaxor”, “Fasli guldir”, “Baxor ayyomida”, “Istar ko’ngil”, “Ul qaro ko’z” va shu kabi boshqa she’rlarda xayot go’zalligi tarannum etiladi :

Furqat lirik qaxramonning bunday ko’ngil istaklari” shoirning “Baxor ayyomida” sarlavxali gazalida xam o’z ifodasini topgan:

Baxor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo’lsa,

Qilurga sharxi xol, axli muxabbat ikki tan bo’lsa,

Bulut qatrafishonu, ruxafzo sabzalar xandon,

Ariglarning labida sabzavori bir chaman bo’lsa

Kishi tubiyu navsar, jannatu ruzvonni ne qilsun,

Jaxon ayvonida xosil bu yanglig anjuman bo’lsa.

Yoki

Ul qaro ko’z ko’zlariga surma bejo tortadur,



Balki andin daxr eli ortuqcha gavgo tortadur.

Qoshlari ostida go’yo ikki fatton ko’zlari

Ikki xindu bachchadurkim, yondoshib yotortadur.

Furqat poeziyasida tez-tez uchrab turadigan, yuqori maxorat bilan yozilgan bunday she’rlar jo’shqin va optimistik rux bilan bagishlovchi xarakterlarga ega.

“Sayding qo’ya ber, sayyod” allegorik musaxdasining yaratilishi faqat Furqat ijodidagina emas, balki, umuman o’zbek demokratik adabiyotida jiddiy ijobiy voqea bo’ldi. Bu asar o’zining erksevar mazmuni, chuqur gumanistik goyasi bilan davr adabiyotida aloxida o’ringa ega.

“Sayding qo’ya-ber, sayyod”ning moxiyati zulmni, tutqunlikni qoralashdir. Uning zaminida zo’rlik bilan insonni erkdan maxrum qilishga qarshi kuchli norozilik, ozodlik uchun bo’lgan intilish madxi yotadi.

Ma’lumki Furqat bu davrda mavjud ijtimoiy tuzumga, undagi xukmron adolatsizlik va zo’ravonlik tartiblariga batamom zid turgan goyani ochiq-oydin olga sura olmas edi. Sh/u xam shoir maxsus shakl va obrazlar qidirishga bo’ladi va chuqur ijtimoiy goyani badiiy tomondan xajman bilan kuchli tasvirlaydi. Musaddasda sayyod va uning tuzogiga ilingan sayd (ov) xaqida gap ketadi. Asarda sayyod-zulm, zo’rlik va adolatsizlik timsoli sifatida gavdalanadi, sayyod esa tutqunlik, qullik simvolidir. Shoir zulm va jafo ko’rgan saydga zo’r muxabbat va achinish bilan qaraydi, sayyodni esa yovuz kuch sifatida qoralaydi va la’natlaydi:

Sayding qo’ya-ber sayyod sayyora ekan mendek

Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek

O’z yorini topmasdan ovora ekan mendek,

Iqboli nichun, baxti xam qora ekan mendek

Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek

Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.

Lirik musaddasdagi asosiy obrazlardan yana biri shoirning o’zidir. U eng yuksak fazilatlarga ega, chin gumanist inson sifatida gavdalanadi. Muallif obrazi zulm va zo’rlikni, ta’qib va taziyqni qoralovchi sifatida maydonga chiqadi. U yuz bergan adolatsizlikka ro’y-rost salbiy munosabat bildiradi. O’zini “oxu”lar-tutqunlar jumlasidan deb xis etadi, “ekan mendek” radifli avtor obrazini voqea ichiga to’gridan-to’gri olib kiradi:

Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,

Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.

Oxuning chekkan azobi va kechinmalari batafsil tasvirlanib, xar oltilik oxirida ana shu baytning takrorlanishi shoirning xam oxu qatoriga quyib bedodlikdan qutilishga shoirning o’zi xam muxtoj ekanidan xabar beradi.

Musaddas konkret ijtimoiy jamiyatdagi inson erki sha’niga aytilgan alangali qo’shiqqa aylanadi.

Kes rishtanikim, qilsun chapponlar otib jasta,

Hajrida alam tortib, bo’ldi jigari xasta,

Toglarga chiqib bo’lsin yori bila payvasta,

Kel, qo’yma balo domi birla oni po basti,

Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,

Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.

Musaddas Zokirjon Furqat ongida ozodlik madxi, erkinlik goyalarining etakchi tamoyilga aylanganini ravshan ko’rsatish bilan bir qatorda, shoir dunyoqarashidagi, jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini tushunishdagi cheklanganlikni xam, ozodlikka olib boruvchi, erkni ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy omillarni payqay olmaganligini xam ko’rsatishi jixatidan xarakterlidir.

Shunga ko’ra xam u zolim zulmini ko’rib, tutqunlik va erksizlikni xis qilgani xolda, ulardan qutulib, ozodlikka chiqish yo’lini bilmaydi. Natijada sayyodga murojaat qilib uni raxmdil, odil bo’lishga chaqiradi.

Furqat poeziyasida nolish, xasrat va shikoyat motivlarining asl moxiyatini ochib beradigan va ularning sotsial ildizlarini izoxlaydigan she’rlar xam uchraydi:

Sarxi kajraftorning bir shevasidan dogman,

Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur.

Bu baytda shoir o’zi bilan jamiyatdagi xukmron guruxlar o’rtasida, jamiyatning ilgor qismi-“dono”lar bilan reaktsion qismi – “nodon”lar o’rtasida tugilgan qarama-qarshilikka ochiq ishora qilib o’tadiki, bu konflikt xasrat, nolish va shikoyat motivlarini tugdirgan edi.

Furqat lirikasining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi ¢urbat motivlaridir. Furqat poeziyasida, ayniqsa, shoirning chet ellarda yashagan davrida yaratgan she’rlarida bu motiv keng ishlandi. Furqat otashin vatanparvar shoir edi. U o’z xalqini, o’z ona-Vatanini cheksiz muxabbat bilan sevar, uning istiqboli, baxt-saodati xaqida qaygurar edi. Oir uzoq muddat chet ellarda yashagan davrida o’z Vatanini, xalqini unutmadi. Hokim guruxlar, ularning fitna va igvolari shoirni o’z Vatanini tashlab chiqishiga majbur etgan va uning qaytib kelish yo’llarini to’sib qo’ygan edi.

Bu jixatdan uning “Adashganman” muxammasi, bir qamar siymoni ko’rdim”, “Begiz nast” gazallari diqqatga sazovordir.

Muxammas shaklida yozgan “Adashganman” asari shoirning o’z vatani xaqidagi chuqur xis-tuygularini ajoyib maxorat bilan, jo’shqinlik bilan tarannum etadi:

Keyingi davr adabiyotimizda ona-Vatan dardini Furqatga o’xshab chuqur xis etgan va o’z ijodida mukammal yoritib, Vatan muxabbati xaqida ko’p va ajoyib asarlar yaratgan shoirni kam uchratamiz. Ulug Alisher Navoiyning xam Vatan muxabbati, gurbat alamlari xaqida o’lmas asarlar yaratgani ma’lum...

Furqat Kashmirda xind go’zaliga bagishlab, “Bir qamar siymoni ko’rdim” gazalini yozar ekan, o’zining ¢urbatda darbadar kezib yurganligidan baxs ochadi:

Aydi: “Ey bechora, qilding Na uchun tarki vatan?”

Man dedim: “¢urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”

Aydim: “Ey jon ofati, zulfingga bo’lmish man asir,

Aydi: “Bu savdoni qo’y, umring o’tar zanjirida!

“Nuqta lab ustida bajodur”,-dedin aydi kulib

Saxv qilmish kotibi qudrati, magar, taxrirda:

Vatan muxabbati temasi Furqatning fors-tojik tilida yozilgan she’rlarida xam ishlanadi. Bu jixatdan Furqatning Tajalliy va Muqimiy she’rlariga nazira-javob tarzida yozgan “Begiz nast” she’ri taxsinga loyiq.

Dod az dasti baxori zindogi k-az, jo’shi u,

Yak guli xandoni nakxat bezu rangomez nast.

Dar vatan az javri gardun xurorami moro nabud,

In chi tole’ bud yorab, dar garibi niz nast.

Tarji’band-musaddas shaklida yozilgan va o’n besh band-to’qson misradan iborat bo’lgan katta xajmli “Uch xarobatiy” she’ri demokratik adabiyotdagi falsafiy lirikaning kuchli namunalaridan biridir. Bu yo’nalish she’r tekstida uchraydigan “Uch xarobotiy”, “Uch alamkashmiz”, “Uch qalandarmiz” iboralarida ko’rinib turadi. She’r din axllariga, taqvodorlariga qarshi bosh ko’targan va o’zini “Xarobot axli” deb e’lon qilgan uch isyonkor tilidan yozilgan. Din ta’limotini, taqvo va o’gitlarni tark etib, erkparvarlik ruxi bilan sugorilgan bu she’rda sarkashlik, shakkoklik va rindlik kayfiyatlari ilgari suriladi.

Uch xarobotiy erurmiz Sokini mayxonamiz

Xum boshidin charx urub, monandi bir parvonamiz,

Mast o’lubmiz jo’shishi maydin ajab koshonamiz,

Xolimiz dunyo gamidin forigi koshonamiz,

Yor bizning yorimiz, jonon bizning jononimiz,

Ushbu davron birla o’tsak yo’q erur armonimiz.

(Tanlangan asarlar P tom 95 bet 1-P-Sh bandlar).



FURQAT PUBLITsISTIKASI
Zokirjon Furqat tub ma’noda yangi tipdagi ijodkor edi. Uning ijodiy faoliyat doirasi keng bo’lgan. Shoir qadimiy adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini izchil ravishda davom ettirish bilan birgalikda badiiy taxlil ko’lamini yangi mavzu, yangi goya, yangi asarlarida, publitsistikasida, jurnalistlik faoliyatida juda yaqqol ko’rinadi.

Furqat birinchi o’zbek jurnalistidir. Uning Toshkentda yashagan davrida “Turkiston viloyati gazeti” redaktsiyasida ishlaganligi rad qilib bo’lmas xaqiqatdir. Furqat bu davrda va bundan keyin chet ellarda sayoxat qilib yurgan kezlarida, Yorkentda yashagan vaqtida xam o’z she’rlari, xabarlari va publitsistik maqolalarini gazeta redaktsiyasiga yuborib turdi.

Furqat gazeta saxifasida bosilgan maqolalarida otashin do’sti, tajavuzkor imperialistlarning murosasiz dushmani sifatida ko’z o’ngimizda gavdalanib turadi. Bu jixatdan shoirning “Ho’qandlik Zokirjon naql qilib yozgan xabari” sarlavxali maqolasi va “Rus askarlari ta’rifida” she’ri diqqatga sazovordir.

Furqat o’zining “Rus askarlari ta’rifida” she’rini rus-yapon urushi” munosabati bilan imperialistik mamlakatlarning, ayniqsa, ingliz imperialistlarining rus xalqiga nisbatan uyushtirgan igvo va Bo’xtonlariga javoban yozgan edi. Bu she’rning muqaddimasida shoir quyidagilarni ta’kidlab o’tadi: “Xablul matin” va “Pesai axbor” nom Hindiston gazetlarida rusiya davlatining Yapon birlaqilgan muxorabalari xususida, O’rusiya askari borasida aksar kinoyamiz so’zlarni yozadur... Lekin mazmunan diqqat birla muloxaza qilganda kinoya va xasadomiz ma’nilar ma’lum bo’ladir? Ingliz mustamlakachilari nazorati ostida Hindistonda chiqayotgan gazetalar rus-yapon urushida rus qo’shinining maglubiyatga uchrashini dastak qilib olib, rus xalqi sha’niga turli tuxmatlar yogdirishi jaxon jamoatchiligini adashtirar edi. Sh/u Furqat rus xalqi va uning jasorati to’grisida xaq gapni tiklash maqsadida ingliz gazetalariga javob yozishni zarur deb xisobladi.

Furqat o’z she’rida, garchi rus-yapon urushida rus qo’shini maglubiyatga uchragan bo’lsa xam rus xalqi dunyoning jasoratli va zakovatli, engilmas xalqlardan biri ekanligini ta’kidlab, urushda uning ko’p qaxramonliklar ko’rsatganini qayta-qayta uqtiradi.

Bu ish rusiya zo’ridin emasmu,

Alar tab’i Gayuridin emasmu?

Bu so’zning ramzini dono bilur bas,

Nechun otashga toqat aylagay xas?

Haqiqatan xam 1904-1905 yillarda ossiya bilan Yaponiya o’rtasida bo’lgan urushda rus qo’shinining engilishi, rus saldatlarining qo’rqoqligidan, sustkashligidan emas, balki chorizmning chirganligi, chor xarbiy qo’mondonligining layoqatsizligi natijasi edi.

Furqat “Turkiston viloyati gazetasi”saxifasida 1897 yilda yozgan bir maqolasida mustamlakachilar zulmi ostida ezilayotgan mazlum Sharq xalqlari do’sti sifatida ko’ringan. Maqolada ingliz imperialistlarining o’rnatgan va xshiyona .. . zulmiga qarshi erksevar Afgon xalqining olib borgan ozodlik kurashi to’grisida gapiriladi.. .


FURQAT IJODINING BADIIY XUSUSIYaTLARI,

ShOIR SAN’ATKORLIGI
Furqat ijodining badiiy-estetik printsiplarini r-zm tashkil etadi. Furqat r-zm uchun ijobiy idealni ilgari surish va optimizm xarakterlidir.

Furqat ijodida tanqidiy xarakterga ega bo’lgan asarlardan ko’ra, ijobiy goyani tasdiqlovchi,kuylovchi asarlar ustundir. U jixatdan Furqat boshqa demokrat shoirlardan ajralib turadi. Muqimiy, Zavqiy kabi demokrat shoirlar ijodida satira elementi ustun bo’lib, ular realizm tanqidiy xarakterga ega bo’lsa, Furqatda ijobiy idealni kuylash ustundir.

Furqat badiiy maxorat cho’qqilarini egallashda Sharq poeziyasining boy xazinasidan, o’tmishning ulug san’atkorlaridan barakali foydalandi. Shoirning ulug Alisher Navoiyga zo’r muxabbat va ixlos bilan qaragan, xamda uning ijodiy chashmasidan baxramand bo’lgani ma’lum. Furqat she’rlari ichida Navoiy gazallariga yozilgan muxammaslar ko’p bo’lganidek, Alisher Navoiy uslubi va manerasida yozilgan she’rlar-naziralar xam ancha uchraydi. Masalan, Furqat Navoiyning:

Ko’nglim o’rtansin agar gayriga parvo aylasa

Har ko’ngil kim, sening ishqingni paydo aylasa.

Bayti bilan boshlanuvchi mashxur gazalining vazni, qofiyasi, radifi va boshqa badiiy xususiyatlarini saqlagan xolda quyidagi nazirani yaratdi:

Ko’r bo’lsin ko’zlarimkim, o’zgacha solsam nazar,

Jonga o’t tushsun agar sendin bo’lak yor aylasam.

Ham ko’ngil yuz pora bo’lsin, mayl qilsa o’zgaga,

Til kesilsin o’zgaga bir xarf guftor aylasam.

Jondin ayrilsun tanu, yo bir yo’li sinsin ayog,

¢ayr kuyin bir qadam xar saro raftor aylasam.

Furqatning dashtida men labtashna mundog oxkim,

Demading xargiz ani shodobi diydor aylasam.

Furqat she’rlarida Sharq poeziyasining ulkan namoyandasi Fuzuliy nomi tez-tez tilga olinadi va unga naziralar yozaladi, muxammaslar boglanadi.

Bu viloyatlar maqomi boshqadur, emdi qani -

Suxbatingizda dushanba gijjaku setorlar.

Aylar erdi gox Farzinxon “Suvora” mashqini,

Yaxshi savt ila Fuzuliydin o’qib ashgorlar.

Furqat lirikasida klassik poeziyamizga xos bo’lgan xamma she’riy shakllarning namunlalari-gazallar, muxamaslar, tarji’bandlar, masnaviylar va boshqalar uchraydi. Furqat mavjud she’riy shakllardan foydalanish bilan birga,adabiyotimizda yangi she’riy shakllar yaratishga xam intiladi. Bu jixatdan “Lo’li va echki”, “Muazzam Chinu rus” to’rtliklari xaraktrelidir. To’rtliklar usulida yozilgan bu mustaqil she’rlar o’z shakli va mazmuni bilan adabiyotimizda yangi xodisa bo’lib, rus adabiyotidagi epigrammalarni eslatadi.

Furqat lirikasida ajoyib o’xshatishlar, original istiora, majozlar va xarakterli tashbexlar ko’p uchraydi.

Shoir poeziyasining tili jonli va jozibalidir. Masalan,”Kashmirda” sarlavxali lirik she’rlaridan olingan quyidagi baytlarda shoir baxsinga sazovor majoz va istioralar yaratadi:

Aydim:”Ey jon ofati, zulfingga bo’lmishman asir!

Aydi:”Bu savdoni qo’y, umring o’tar zanjirda!”

“Nuqta lab ustida bejodur”,-dedim, aydi kulib:

“Saxv qilmish kotibi qudrat, magar taxrirda”.

Bu baytlarning ikkinchisida Furqat zo’r poetik maxorat ko’rsatadi. Shoir yor labida xol borligini anglatmoqchi bo’lib, uni nuqtaga o’xshatadi. Uning uchun arab alifbesida “lab” so’zining ( ) yozilishidan foydalanib so’z o’yini yasaydi. Shoir yorga xitoban “lab” so’zida nuqta (xol) pastda bo’lguchi edi, sening labingda nuqtaning lab ustida turishi bajodir, deb xazil qiladi.

Yori esa o’z javobida undan xam sho’xroq mazmunni ifoda etadi: taxrir vaqtida kotib xato qilib, nuqtani (xolni) pastga emas (arab alifbesida “b” xarfidagi nuqta ( ) pastga qo’yiladi), yuqoriga qo’yib yuborgan.

Shoir klassik poeziyamizda keng tarqalgan lutf usulidan xam ustalik bilan foydalangan:

Ko’zlari bir gamza birla vaxshi ko’nglum qilsa sayd,

Furgon emas, gar chindin oxu kelturur.

Bu baytdagi chin so’zi ikki ma’noda: rost va xitoy ma’nolarida ishlatilgan. Natijada baytdan ikki xil mazmun anglashiladi: a yorim o’z ko’zlarini gamza-qarashma bilan o’ynatsa, go’yo Chindan (Xitoydan) go’zal ko’zli oxu keltirgandek bo’lib, mening ko’nglim unga maftun bo’ladi; b) mening yorim o’z ko’zlarini gamza qarashma bilan o’ynatsa, yolgon emas,chindan xam uning ko’zlari oxu ko’zlaridek go’zal bo’lib ketadi.

Shoir “Fasli Navbaxor o’ldi”, “Baxor ayyomida” v.b. she’rlarida tabiatning go’zal tasvirini bergan. (1 tom, 21-bet).

Dilbaro vasling muyassar bo’lmasa yiglab yonay,

Tobakay xajringda ogushimda zonu kechalaryu

Bu baytda kechalari tong otguncha uxlamay, yor yo’liga ko’z tikib, xasrat va alam ichida tizzalarini quchoqlab o’tirgan oshiq obrazi chizilgan. Bu real va juda jozibali manzara. Bu poetik manzara san’at predmeti sifatida rassom uchun xam, xaykaltorosh uchun xam ob’ekt bo’la oladi...



FURQAT-MA’RIFAT VA MADANIYaT TAR¢IBOTChISI
Zokirjon Furqatning ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlarida davrning bosh masalalaridan biri-Rossiyaga, rus xalqiga munosabat masalasi, o’lkaning Rossiya sostaviga qo’shib olinishini baxolash masalasi chuqur xalqchillik pozitsiyasidan goyaviy etuklik va katta zakovat bilan xal etiladi. Reaktsion guruxlar, feodal tuzumi maddoxlari, din Xomiylariga zid o’laroq, demokrat shoir Rossiyaga qo’shib olinishni ma’qulladi, uning chorizm va rus burjuaziyasi ish-ixtiyoridan tashqari bo’lmish ob’ektiv ijobiy oqibatlarini ko’rdi, faxm etdi, o’zbek xalqining kelajagi,taqdiri, zamonaviy taraqqiyotga erishuvi faqat Rossiya va rus xalqi bilan xamkorlik va do’stlashuvda ekanligini o’z davrining ilgor farzandi sifatida tushundi. Shubxasiz, shoir bunda ma’lum evolyutsiya jarayonini bosib o’tdi... Bunga aniq ishorani “Furqatnoma”ning quyidagi jumlalarida xam ko’ramiz: “... Ho’qand va Margilonda ekan vaqtimda Rusiya rasmlarini mutlaqo bilmas erdim... Ul vaqtlarda Rusiya xalqidin baroq odamni bazorda ko’rsam, qochib yiroqdin o’tib ketar edim. Hatto o’ris bilan so’zlashgan odamni yomon ko’rar erdim... Toshkent shaxriga kelib, bir necha vaqt turub, Rusiya xalqining odamlari bilan tanishib, oshno bo’lib, alarning ko’p rasmlarini ko’rdim va ko’rmaganimni so’rdim...” Demak...

Keyinchalik “Rossiyaning Sharqqa nisbatan madaniylashtiruvchilik roli”ni tushungan Furqat ossiyani uluglashga kirishadi. Hatto shoir Rossiyaga qo’shib olinish natijasida o’lkada asrlar mobaynida muntazam davom etib kelgan feodal boshboshdoqlikka, taxt uchun olib boriladigan o’zaro ichki urushlarga uzil-kesil barxam berilganligini so’zlaydiki, bu nixoyatla muximdir. Bu tarixiy xaqikat “Turkiston viloyati gazeti” 1903 yil 9 may sonida bosilgan asarida shunday beriladi:

Qadim ayyom xonlaro asrini ko’rgan-eshitganmiz:

Har oyda bir tarafdin yov chiqib elga ziyon etdi.

Bir-ikki gaz qizil chit nayzaga boglab alam aylab,

Qo’shun tortib necha erlarni toroju talon etti.

Ko’p elni xuni noxaq qildi ul saffoni joxillar,

Bolasini etim-xotunlarin bexonumon etti.

Qachon Rusiya axli qo’shdi yuz Fargona mulkiga,

Musulmonlarni ul sho’ru balolardin omon etti.

Shoir “Ilm xosiyati” she’rida yangi davr va yaqin kelajak ossiya davridir, degan chuqur xulosaga keladi:

Zixi davroni arxunda nishoni,

Zamon o’ldi o’rusiya zamoni.

Toparga ilmni aylar jadallar,

Topib aylab aning birla amallar.

Bo’lub bu asr xikmat axli xadsiz

Fatonat axli donishmand adadsiz.

Ulumu fanda Aflotundin afzal,

Kamoli axlu donish birla akmal.

Furqatning ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlaridan birinchisi-“Gimnaziya” rus-evropa ta’lim-tarbiya, o’qituv sistemasiga madxiya sifatida jaranglaydi. Ayni zamonda, “Gimnaziya” ob’ektiv ravishda eski usuldagi maktablar axvoliga tanqidiy nazar bilan qarash, yangi tartiblarni orzu qilish ro’xi bilan sugorilgan. Asar eski maktabning qotib qolgan chalasavod domlalariga qarshi qaratilgan tanqid sifatida xam axamiyatlidir:

Esizkim, bizni o’tmish xonu beklar.

Kechib ishratda zos subxu shomi,

Keturmay yonigi bir axli donish,

O’ziga xos etib necha ovomi.

Chu ilmu fazl elini tutmadilar,

Qilibon tarbiyatda extiromi...

Ma’rifat tavsifiga bagishlangan va “Akt majlisi xususida” deb yuritilayotgan masnaviy o’zining mazmuniga ko’ra “Gimnaziya”ning davomidir. Unda shoir gimnaziyani bitiruv imtixonlariga bagishlangan majlis xaqida batafsil so’z yuritadi. Ayniqsa, bitiruvchilar orasida “musilmon xalqimizda tolibul-ilm”lar xam borligi muallifni quvontiradi. Nixoyat shoir bu so’zlarni aytishdan maqsadim ilmga chanqoqligim deydi va zamondoshlarini yana ilm olishga da’vat etadi:

Tiriklikda kishikim qilsa xar kor,

Ani osonligina ilm darkor.

Shoir asar xotimasida “Bu so’zlarni demoqdin shul murodim”,-deya asosiy goya bayoniga o’tadi va zo’r extiros, kuchli xayajon bilan ilm, maorifni uluglaydi. Ilm insonga o’zligini tanitadi, xayotdagi o’rnini belgilaydi, unga jaxonni ochadi”, bir mash’aldek uning yUlini yoritadi, deydi shoir:

Jaxon ravshan ziyoni ilmdandur,

Ko’ngil sofi safoyi-ilmdandur.

Charog o’lsa agar xam kim qo’lida,

Xatar bo’lmas qaronguda yo’lida.

“Turkiston viloyatining gazeti”da (1890 yil, 35, 36 va 39-son).

Zokirjon Furqatning Toshkentda uyushtirilgan vistavkaga bagishlangan (umumiy soni 92 baytdan iborat) masnaviylari e’lon qilinadi. 30 avgustda ochilgan vistavkani 2 sentyabrda tamosha qilgan shoir o’z taassurotlarini juda tezlik bilan she’rga tushirgan, 6 sentyabrda esa gazetxonlar u bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Bu repertaj-masnaviylar voqea yuz bergan joydan uyushtirilgan oddiy gazeta xabari emas, balki ma’rifatparvar shoirning ilgor qarashlarini aktiv targib etuvchi etuk badiiy asarlar darajasiga ko’tarilgan.

Shoir bevosita voqea yuz bergan joyda-vistavkada. U jiddiy manfaatdorlik bilan ko’rzagmani diqqat qiilb aylanadi va mayda-chuyda detallarga qoldirmay birma-bir o’quvchilarga bayon qilib beradi. o’ning tasviri tinglovchilarda zo’r qiziqish, xavas uygotib fikrlarini boyitadi:

Hunarkim, vasfi bo’lsa xar zabonda,

Qilur ko’b qadrlar paydo jaxonda.

Furqat vistavkada o’zbek xunarmandlarining xam bir qancha kashfiyotlari namoyish qilinayotgan, ular rus kishilarida katta taassurot qoldirib, taxsinga sazovor bo’lganligini chuqur mamnuniyat va tabiiy gurur bilan yozadiki, bu o’z navbatida, ragbatlantirish, undov kabi o’qiladi:

... Samarqandu Buxorodin matoi,

Kelturdilar xama o’z ixtiroi...

Musulmon aylagan moshinalar xam,

Bor erdi, garchi ko’p yo’qdur, gara kam.

Ko’rub rusiyalar: “Axsan!” –dedilar..

“Musulmondin ajab bir fan” dedilar.

Maxalliy Milliy vakillarining vistavkada qatnashuvlari tasviriga shoir ayniqsa, ikkinchi masnaviyda katta o’rin ajratadi. Uning yozishicha, Buxoro kosib-xunarmandlari namoyish etgan siopxiy asboblari, “ipaklik ish, atlas, beqasam, shoxiyu adros”lari, “duxoba” birla kimxob, zardo’ziyu, zarrinu zardoblari”, Urganchdan keltirilgan gilam, chakmonlar va boshqa molu asbob-uskanalar tomoshobinlarni xayajonlantirgan.

Bu tsikl masnaviylarining uchinchisi asosan rus va Evropa olimlarining fan-texnika soxasida erishgan yutuqlarining madxiga bagishlangan fan-texnikaning juda murakkab ixtirolarini tasvirlashda Furqat genial soddalik va aniqlikka erisha olgan. Bu ayniqsa, lampochka bayoniga bagishlangan misralarda yaqqol ko’rinadi.

... Chunonchi ikki fonus, axli xikmat,

Yasabdurlar qilib izxori san’at.

Yonar befilta, begugurt, bayog,

Anga bir sim ishorat aylagan chog.

Yo’q ammo lampa yanglig anda soya,

Gadoyi bog aro aylar kifoya.

Emasdur shom rangi-sho’’lasi oq,

Latofatda yana andin maxinroq.

Xullas, Furqat xaqli ravishda vistavkani bilim dargoxlaridan biri, tajriba almashish maydoni, o’z Xunarini kamolga etkazish vistavkasi deb ta’kidlaydi:

Kelib anda xunar komil qilurlar,

Ko’rub ko’b ilmni xosil qilurlar.


FURQATNING ILMIY VA TARIXIY ASARLARI
Jo’shqin lirik va ajoyib ma’rifatparvar shoir Furqat o’z xayotida ilmiy ish bilan xam shugullangan. Furqat tarjimai xolidan ma’lumki Yorkentda tabobat (meditsina), xay’at (astronomiya) ilmlari bilan qizgin mashgul bo’lgan.

Furqat o’z “Sarguzashtnoma”-(“Furqatnoma”)sida 1875-1876 yillarda Qo’qon xonligida ro’y bergan voqealarni o’z ichiga olgan tarixiy asar yozganini aytadi. Afsuski, bu asar xozircha topilgan emas.

Furqat ijodiy merosida yana to’rtta ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterga ega bo’lib, ular “To’y tavsifi”, !Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi”, deb ataladi. To’rtinchisi adabiyotshunoslik xarakterida bo’lib, lm ash’orning qoidai avzoni” deb ataladi. Bu asar adabiyot xavaskorlariga qo’llanma tarzida tuzilgan bo’lib, unda aruz vaznining qonun-qoidalari bayon etiladi.

Furqat 1891 yilda Toshkentda o’zining boshidan kechirganlarini, ya’ni tarjimai xolini yozib chiqdi. Bu asar “Turkiston viloyatining gazeti” saxifalarida (1891 yil yanvar’-iyun’ sonlarida bosildi. Avtobiografik xarakterdagi bu asarni filologiya fanlari doktori A.Abdugafurov “Furqatnoma” professor ¢.Karimov “Sarguzashtnoma” deb atadilar).

“Sarguzashtnoma” memuar prozaik asar sifatida qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu asarda Furqat o’zining bolalik davridan boshlab 1891 yilgacha, ya’ni Toshkentdan chiqib ketguncha bo’lgan davr ichida boshidan kechgan voqealar to’grisida fikr yuritadi. Furqatning “Qo’qonda o’tgan yoshlik davri, oilaviy xayoti, maktab va madrasada o’qishi, yangi Margilonga borishi u erdagi mashguloti, Qo’qonga qaytib kelishi, Muqimiy boshchiligidagi adabiy xarakatda ishtirok qilishi, shoir sifatida shuxrat qozonishi va nixoyat, 1889 yilda Qo’qonda Xo’jand (Leninobod) orqali Toshkentga kelishi va Toshkentdagi xayoti bu asarda yorqin epizodlar orqali ravon uslubda xikoya qilinadi.

“Sarguzashtnoma” Furqat tarjimai xolini o’rganishda eng qimmatli xujjat bo’lib, u bebaxo manba sifatida tadqiqotchilar tomonidan foydalaniladi.

“Sarguzashtnoma”ning yana bir qimmatli tomoni shundaki,Furqat bu asarda o’zi to’grisida so’zlashi bilan birga muxiti, mashxur zamondoshlari, o’sha davrda ro’y bergan muxim tarixiy xodisalar to’grisida xam ma’lumot beradi. Shoirning o’sha zamon maktablaridagi dogmatika, sxolastikaga asoslangan o’qitish va tarbiya usuli xaqidagi borgan ma’lumotlari, Toshkent madaniy muxiti, ilgor rus madaniyatining turli ko’rinishlari (gazeta, bosmaxona, teatr va o’quv yurtlari-gimnaziya vyubyu) rus madaniyati arboblaridan orttirgan do’stlari, ular bilan aloqasi v.x. xaqidagi xikoyalari xarakterlidir.
FURQAT DOSTONLARI
1890 yilda butun Rossiyada Aleksandr Vasil’evich Suvorov tugilganiga 160 yil to’lishi munosabati bilan tantanalar o’tkazilgan edi. Gazetalarda A.V.Suvorov va uningbiy galabalari xaqida materiallar e’lon qiilinb, bir qator saxna asarlari maydonga kelgan edi. V.Bogatiryovning arxiv materiallari asosida tekshirishlariga ko’ra, Furqat 1890 yil, 5 oktyabr’ Toshkent saxnasidan N.Kulikovning “Suvorov qishloqda, Milanda va yaxshi ayollar orasida” komediyasini ko’rgan va uning mazmunida o’z asarini yaratgan.

Spektaklda mashxur sarkarda xayoti va faoliyatining unga katta bo’lmagan bir davri tasvirlanadi. Shuning uchun xam shoir spektakl’ mazmunidan chetga chiqib, o’zbek gazetaxonlariga, avvalo Suvorovning kimligi, qanday xizmatlari bilan mashxur bo’lmaganligi xaqida ma’lumotlar berishni shart deb biladi. Shoir qisqa, ravon misralarda A.V.Suvorovga xaqqoniy umumiy xarakteristika bera olgan.

Suvorovning emish bir katta odam,

Baxodirlik bila mashxuri olam.

Emish rusiyaga sardori lashkar,

Yurib amri bila bisyor askar.

Sipoxilik ishiga moxir erkan

Ko’p ishlar dogi andin zoxir erkin.

Furqat poemasida yaratilgan Suvorov obrazi tarixiy Suvorovdagi asosiy xususiyatlarni, umuman, to’gri aks ettiriladi. Furqat dostonida Suvorov, dastavval, rus erining butunligi va xavfsizligi uchun kuch va gayratini ayamaydigan vatanparvar sarkarda sifatida gavdalanadi. Podshox Pavel 1 va saroy doiralaridagi reaktsionarlar bilan kelisha olmay, ishni tark etib, qarilik choglarini o’z qishlogi Kongonskoeda o’tkazayotgan Suvorov vatanning birinchi chaqirigi bilanoq frantsuzlarning tajovuzkorligiga qarshi otlanib, sarkardalikni qabul qildi va o’z yurtini chet el bosqichlari xujumidan ximoya qilishda butun bilim va qobiliyatini ishga soldi. Suvorovning bu xarakati uning xaqiqiy rus vatanparvari ekanligini yaqqol ko’rsatib turadi. Garchi ilgari podsho unga:

Dedikim:-“Nav zanunlar birla qonun,

Senga ma’lum emas bo’lsa o’zing bil!

Ketib mundin bo’lak ishni topib qil!”-deb, ulug sarkardani xaqoratlab vazifasidan ozod qilgan bo’lsa-da, A.V.Suvorov vatan va xalq boshiga ogir kunlar tushganda kek saqlamadi, uning ximoyasi uchun bel bogladi.

Suvorov rus xalqining zo’r irodasiga, rus soldatining qaxramonlik kuchiga, jasurligiga, kuchli sabr-matonatiga astoydil ishonar edi, chunki o’zida xam shunday xususiyatlar bor edi. Uning rus soldatlarini zo’r muxabbat bilan sevishi va ular kuchiga cheksiz ishonishining boisi xam shunda edi.

Tarixiy shaxs Suvorov bilan Furqat poemasidagi Suvorov obrazi o’rtasida to’la uygunlik, moslik mavjud.

Furqat dostonida Suvorov buyuk sarkarda sifatidagina emas, balki olijanob odam sifatida xam tasvirlanadi. Kamtarlik, soddalik, samimiyat va xaqgo’ylik Suvorovga xos insoniy fazilatlardir. Tarixiy shaxs Suvorovga xos bo’lgan bu olijanob xislatlar dostonda to’gri va xaqqoniy aks ettirilgan. Suvorov Konganskoe qishlogida yashagan davrida o’zini kamtar tutadi, dexqonlar bilan samimiy va do’stona muomalada bo’ladi:

Na ish bo’lsa va lekin qayonda,

Bilur erdi turubon ul makonda.

Yurar erdi bo’lib bir rasmi odam,

O’shal qishloq xalqi birla boxam.

Xushchaqchoq tabiatli, ochiq ko’ngilli Suvorov qishloq bolalarini to’plab, ulardan “qo’shin tuzadi, ularga “yogoch miltiq”, “cho’pdon qilich” berib, “xarbiy ish nizomini” o’rgatadi. Bu mashqlar orqali Suvorov qishloq bolalarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi, o’z vaqtini xam chog o’tkazadi:

Yigib yosh bolalarni ba’zi ovqat,

Yagoch miltiq berib aylardi sallot.

Alarga o’zini saraskar aylab,

Qilich cho’rdin o’ziga darbar aylab.

Berib miltiq otarni xam urushni

Furqatning “Suvorov xaqida” dostoni katta ma’rifiy va tarbiyaviy axamiyatga molik bo’lishi bilan birga, muxim tarixiy axamiyatga xam egadir. Shoirning o’zbek adabiyoti tarixi oldidagi unutilmas xizmati shuki, u o’zbek adabiyotida birinchi bo’lib rus tarixi va madaniyatining mashxur arbobi Suvorov obrazini yaratdi. Furqat bu bilan o’zbek kitobxonlari o’rtasida rus xayotiga, tarixiga va madaniyatiga xurmat xislarini uygotdi, rus xalqining asl farzandlariga, ilgor namoyandalariga nisbatan muxabbat tuygularini tarbiyaladi. Binobarin, mashxur ma’rifatparvar shoir Furqat xaqiqiy novatordir. U o’zining ajoyib ijodiy faoliyati bilan adabiyotimizga yangi goyalar, yangi obrazlar olib kirdi.


YuNON MULKIDA BIR AFSONA”-DOSTONI

176 MISRA ShE’RNI O’Z IChIGA OLADI
Furqat 1892 yil boshlarida Istanbuldan Yunon mamlakatlariga uyushtirgan sayoxatlar vaqtida bir kichik masnaviy-xikoyat yaratgan. Bu manzuma safardan olgan taassurotlarning bayonidan iborat bo’lib, shoir unda Yunon o’lkalaridagi ko’xna madaniyat obidalari, qadimgi arxitektura va san’at yodgorliklari, tosh va marmardan qurilgan salobatli imoratlar xamda ularni bezobovchi turli-tuman naqshlar o’zida katta taassurot qoldirganini bayon etadi.

Masnaviyni Furqat “Turkiston viloyati gazetasi”ga yuboradi. Akademik V.Zoxidov tomonidan “Ro’molli qiz xikoyati” deb atalgan bu asar qator jixatlari bilan aloxida diqqatga sazovordir. U garchi, bosh qaxramon-ro’molik qiz nomidan va uning o’z boshidan kechirgan real voqealar bayoni sifatida yozilgan bo’lsa-da, aslida romantik-sarguzasht xarakterida bo’lib, asosiy qismi xalq ertaklarini eslatadi. Unda oilaning yagona farzandi-go’zal qizning kutilmagan sabablar bilan ota-ona va vatandan ayrilishi, qator mushkulliklarni boshidan kechirib, oqibatda tugishganlari bilan uchrashuvi xikoya qilinadi.

Asarning syujetida xalq ertaklariga xos bo’lgan traditsion “ko’chma” motiv-tugunlarni uchratamiz:

Hikoyatda xuddi sarguzasht ertaklaridagidek bosh qaxramon turli-tuman to’siq-sinovlarga duch kelib, daxshatli situatsiyalarga tushadi, azob-uqibatlarni boshidan kechiradi. Shoir maxorat bilan voqealarni bir-biriga ulab yuboradi, syujetni murakkablashtirib, o’quvchida aloxida qiziqish uygotadi.

... O’n to’rt yoshga to’lganida nogox kasallangan go’zal qizni qanchadan-qancha xakimu “doktor”lar davolay olmaydilar. Nixoyat, bir donishmand xakim uning sil kasalligiga duchor bo’lganligini aytadi va xushxavo daryo yoqasida davolashni taklif etadi. Qizning otasi “besh-o’n kunda” xakim aytganidan xam afzal qilib daryo qirgogida maxsus qasr qurdiradi. Qiz shifo topib, tomoman tuzalib ketadi. Ammo xikoyaning romantik-sarguzasht xarakteriga ko’ra, bir balodan qutilgan bosh qaxramon boshqa falokatlarga duch kelaveradi.

Daryo labida sayr etib yurgan qizni kutilmaganda to’fon oqizib ketadi. Furqat traditsion-romantik echimdan muvaffaqiyat bilan foydalanadi: falokatga uchragan qizni bir baliqchi o’z to’riga ilintirib qutqaradi, dor-darmon bilan uni xushiga keltiradi.

Ona yurtdan judolikda yurgan shoir xaloskor baliqchining yolgizlikda yurgan qizga qatoriga murojaati ayniqsa xarakterlidir:

Dedi:”Ey gul, erursan qay chamandin?

Na bois bo’ldi-ayrilding vatandin?

Qizning mungli xikoyatini nazarida baliqchi xalol, gamxo’r, odil, saxiy va ochiqko’ngil shaxs sifatida gavdalanadi. U kishilarga jabru sitam etuvchi beraxm falakning xiyla-nayranglariga norozilik bildiradi. Ushbu satrlarda baliqchining ilgor qarashlari, boy ma’naviy dunyosi ko’zga yaqqol tashlanadi:

Bu so’zni eshitib bechora sayyod,

Urub ko’ksiga yiglab, qildi faryod.

Dedi:-“Ey kajrov, charxi fununsoz!

Jafogar, bemuruvvat, xiyla parvoz!

Na sho’r erdiki, solmishsan jaxonga!

Na zulm erdi bu zori notavonga?!

Guli jismin xamul etmoq na erdi?!

Qadi naxlin pajul etmoq ne erdi?!”

Baliqchi qizni o’z chaylasida davolab, mexmon qilib, kuchga to’lganidan keyin vatani Rimga (Rumoga) eltib, ota-onasi qo’liga sog-salomat topshiradi. Furqat qizning batamom umid uzgan tugishlaganlari bilan qayta uchrashuv epizodini aloxida urgu bilan juda ta’sirchan va realistik chiza olgan. Manzumada asosiy o’rinni Vatan mavzui, undan taqdir jabri bilan ajralish va oqibatda yana qaytish, tugilgan “uy” bo’sagasini ko’zga surtish goyasi turadi.

Ketib daryoga men, topmay nishonam,

Azo tutmish ekanlar ota-onam.

Meni ko’rgan xamon ketti o’zidin,

Kelib o’ziga, yosh oqib ko’zidin.

Yuzimga telmurib aylab nazora

Dedi:”dunyoga keldingmu dubora?”

Men anda ko’zga surtub uy bo’sogin,

Quchubon yigladim otam oyogin.

Bo’lub suv ko’z yoshimdin sango xoro

Qiyomat bo’ldi ul dam oshkoro.

Dostonning oxirgi qismida ta’kidlanishicha, bir o’limdan qolgan qiz qolgan umrini sayoxat bilan o’tkazishga jazm qilgan.

UBAYDULLA SOLIH ОG’LI ZAVQIY (1853-1921)

I. Zavqiy ijodini o’rganish tarixi.

Оzbek demokratik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Ubaydulla usta Solih o’o’li-Zavqiy o’zbek demokratik adabiyoti tarixida ajoyib lirik shoir sifatida hamda demokratik o’oyalarni erkin kuylagan, hajviyotni rivojlantirishda barakali hissa qo’shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Zavqiy adabiy merosi bizgacha to’la etib kelmagan bo’lsa-da, o’zbek adabiyotshunosligida bu jo’shqin ijodkorning hayot yo’li va adabiy merosini o’rganish ishiga ahamiyat berib kelingan. Hatto XX asr boshlaridagi uning ayrim asarlari Muqimiy, Furqat asarlari bilan birga bayozlarga kiritilgan.

XX asr matbuotida Zavqiyning biografiyasi, xalanlariga qarshi qaratilgan ijtimoiy va adabiy faoliyati haqida dastlab ma’lumot bergan, maqolalar e’lon qilgan marhum adabiyotshunos Sharif Rizodir. U «Guliston» jurnalining 1939 yil, 10-sonida,

«Оzbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi 1940 yil 1-sonida va «Literatura i isskustvo Uzbekistana» g. 194o yil z-sonida ma’lumotlar bergan.

Zavqiy adabiy merosini to’plash va ular ustida tadqiqot olib borish yuzasidan adabiyotshunos H.Razzoqov (Andijon Davlat pedagogika professori) amalga oshirgan ishlar diqqatga sazovordir. U yozma manbalarda oz miqdorda uchraydigan shoir asarlarini xalq orasidan yio’ish, tanish-bilish, yor-birodorlari qo’lida yoki xotirasida saqlanib qolganlarini yozib olish natijasida shoir adabiy merosini to’plab, Zavqiy Tanlangan asarlarini 1958 yilda nashrdan chiqazdi. H.Razzoqov asarlarini 1958 yilda nashrdan chiqazdi. H.Razzoqov Zavqiy ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, 1955 yilda «Fan» nashriyotidan «Zavqiy» monografiyasini chiqadi.

Оz davrining ilo’or fikrli shoiri bo’lgan Zavqiy ijodiyotiga qiziqish tobora ortib bordi, u Urta maktab va oliy o’quv yurtlari programmalaridan o’rin oldi.

Shoirning ijtimoiy-falsafiy fikrlari yuzasidan I.Mo’minov (Оzbekistonda ijtiomiy-falsafiy tafakkuri tarixidan, T., 1960)ning ishi va hajviyoti to’o’risida A.Abduo’afurovning («Оzbek demokratik adabiyotida satira») kitobi maydonga keldi.

Professor ¢.Karimov «Оzbek demokratik shoiri Muqimiy va uning davri adabiyoti» doktorlik dissertatsiyasida va «Оzbek adabiyoti tarixi, Sh kitob darslikligida Zavqiy ijodiga katta o’rin ajratadi. Nihoyat, besh tomlik «Оzbek adabiyoti tarixi»ning 5 tomida Zavqiy haqida atroflicha ma’lumot beruvchi maxsus bob ajratildi.

Ubaydulla Solih o’o’li-Zavqiy 1853 yilda Qo’qon shahrining Shayxon dohasida (hozirgi Zavqiy mahal.) kosib-Xunarmand oilasida tuo’ildi. Zavqiyning otasi mahsido’z bo’lib, oo’ir mehnat ostida kambao’alchilik bilan umr o’tkazar edi.

Zavqiy bolalik yillarini o’sha zamonning eski usuldagi maktablarida o’tkazib, xat-savodini chiqargandan so’ng, taxminan, 1870-1871 yillarda ilm havaskori va shoir bo’lgan too’asining yordamida madrasaga o’qishga kirdi. Shunday qilib, Zavqiy Qo’qondagi «Madrasai Mir» va «Salpak» madrasalarida ta’lim ola boshladi. Lekin oradan ko’p o’tmay ikki oyoo’i shol bo’lib, o’tirib qolgan tasini boqish, oilani tebratish zaruriyati tuo’ilgani uchun u 1874 yilda madrasadagi o’qishini to’xtatishga va ota kasbi-mahsido’zlik bilan shuo’ullanishiga majbur bo’ldi.

Zavqiydagi estetik zavqning rivojlanishida, albatta, madrasa programmasiga muvofiq o’qiladigan Sharq klassiklarining mashhur asarlari bilan tanishuvi ma’lum rol’ o’ynagan. Shuningdek, bu borada too’asi Muhammad Siddiqning ham (Zavqiy madrasaga kirgan yili too’asi unga Alisher Navoiyning «Chor devon», «Xamsa» asarlarini taqdim qilgan edi) ta’siri bo’lgan, albatta.

Zavqiy kosibchilik qilib, tirikchilik ishlari bilan band bo’lgan vaqtlarida ham xususiy mutolaa qilishni tark etmadi, ayniqsa, adabiyot bilan muttasil shuo’ullanib, she’r yozishni ham mashq qilib bordi.

... Muqimiy atrofida uyushgan shoirlar tez-tez adabiy kechalar, mushoira kechalari tashkil etib turardilar. Bunday adabiy kechalar ba’zan Zavqiyning «Madrasai Mir» dagi yarim xarobaga aylangan hujrasidagi ishxonsida o’tkazar edi. Hazil-mutoyibani sevgan serzavq bu shoirlar Zavqiy ishxonasining eshigi ustiga Muqimiy qalami bilan bitilgan quyidagi misralarni yozib qo’ygan edilar:

Bu Ubaydullohning koshonasi,

Usta Solih o’o’li do’konxonasi.

Ey birodori ahli tomiz,

Eski maqsiyu kavush tikamiz.

Zavqiy shu adabiy jo’da bilan birgalikda ijodiy kamolotga erishadi va xalq o’rtasida shoir sifatida shuhrat qozona boshlaydi. Zavqiy ma’lum vaqt Qo’qon poyabzal rastasining pudratchisi Muminjonboy ishlarida Mirzalik qiladi, lekin uzoq ishlamay 1890 yilda bu vazifani tark etadi.

Zavqiy madrasada o’qib yurgan birorta boshqaruvchi ayol bo’lmasligi xonadondagilarni qiynab qo’ydi. Usta Solih o’o’illarining maslahati bilan bir beva xotinga uylanadi. Оgay onaning bo’y etgan etim qizi bo’lib, bu oilaga onasi bilan birga kelgan edi.

Zavqiyni 1876-87 yillar orasida shu qizga uylantirib qo’yadilar (Zavqiyning Tojixon nomli shu ayoldan tarqalgan nevara-sevaralari hozirgi kunda Qo’qonda yashaydilar).

1898 yilda Zavqiyning oilaviy hayotida bir qancha baxtsizliklar ro’y beradi: uzoq vaqt betob yotgan otasi va ikki ukasi vafot etdi. Xotini Tojibibining ham ikki ko’zi ojiz bo’lib, o’tirib qoldi. Sh/u shoir bu baxtsizliklarni, bir oz bo’lsa-da, unutish va havo almashtirish maqsadida Muqimiy bilan birgalikda Faro’ona bo’ylab sayohatga chiqadi.

Ikki shoir Andijonga, undan Оshga o’tadilar. Xuddi shu vaqtda mashhur Dukchi eshon voqeasi boshlanib qoladi. Ular Faro’ona xalqi hayotida katta hodisa hisoblangan bu fitnaning guvohi bo’ladilar. Muqimiy va avqiy fitna boshlangan erni-ukchi eshon qarorgohini va bu voqea bilan boo’lik bo’lgan boshqa erlarni borib ko’radilar. Bu kuzatishlardan olgan taassurotlari natijasida Zavqiy o’zining «Hajvi Yikchi eshon», Muqimiy esa «Hajvi xalifai Mingtepa» va «Qurbaqalar» nomli mashhur satirik asarlarini yozadilar.

1900 yilda Zavqiy too’asi Muhammad Siddiq bilan birgalikda Arabistonga sayohat qildi. Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr, Arabiston va boshqa mamlakatlarda bo’ldi, ko’p xalqlarni ko’rib, ularning hayotlari bilan tanishdi. 1903 yilgacha davom etgan bu sayohat shubhasiz, Zavqiyning fikriy va ijodiy takomilida katta iz qoldirdi.

Zavqiy o’ziga xos uslubda satirik asarlar yozishni zo’revolyutsiya mahorat va jur’at bilan davom ettirdi. Bu jihatdan 1905-1906 yillar atrofida yozilgan «Ahli rasta hajvi» satirasi xarakterlidir. Satiraning sarlavhasidan ham ko’rinib turganidek, unda Qo’qondagi rasta ahllari tanqid qilinadi. Rastadagi boylardan 46 tasi tilga olingan va achchiq tanqid qilingan bu satiraning tekstini shoir katta qoo’azga ko’chirib, uni Qo’qondagi gavjum, sayilgoh erlardan biri-Muymarakdagi terakka osib qo’yadi. Bir necha kun osio’lik turgan hajviyani odamlar bemalol o’qib, unda nomlari zikr qilingan boylar ustidan miriqib kuladilar. Ko’p martalab shoir qalami zarbasiga duchor bo’lgan rasta bayonlari «Ahli rasta hajvi» satirasi e’lon qilingandan keyin boshqa alamzodalar bilan birgalashib, shoirni ta’qib etishga kirishadilar, odam yollab, qo’lga tushirib urdirmoqchi bo’ladilar. Lekin shoirning do’stlari-kosib-Xunarmandlar sergaklik bilan uni himoya qilib yuradilar. Oxiri shoir mahkamada tergov qilinib, 100 so’«Milliy istiqlol o’oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar» jarima to’laydi. Lekin shoir bunday ta’qiblar va Do’q lardan qo’rqmaydi, aksincha, shoir kulgili va jirkanch voqealarni qalamga olib, hokim guruhlarga xitoban «Taloding baring» nomli satirik she’r yozadi. She’rda boylarga qarshi shunday satrlar bor:

Eshit arzi holim, ey shanqilar,

Meni munga yakkalaring baring.

Chopishib kelib, qoqishib tutib,

Xiyla qo’rqitib ‘alading baring...

Qalampir so’zim qildimi agar,

Chopishib harqayonga sarbasar,

Misli pashsha chaqqan modaxor,

Ko’cha-kuyda shattalading baring.

Menga bir bo’qoqni xirillatib,

Qopib ol uni deb irillatib.

Olaqaro’adek yio’ilib cho’kib,

Menga hurpayib qarading baring.

1905 yildan keyingi davr o’zbek milliy burjua harakati-jadidizm va bu harakatning ideologik ifodasi bo’lgan jadid adabiyoti tuo’ilgan hamda tez tarqalayotgan bir davr edi. Zavqiy milliy burjua adabiyotiga jadid adabiyotiga qarshi keskin kurash olib bordi, jadidlarning namoyandalarini fosh etuvchi she’rlar yozdi. Zavqiyning bu davrdagi tarixiy xizmati shu bo’ldiki, u badiiy ijodiyotda demokretik pozitsiyada izchil turdi va ilo’or adabiyot printsiplarini reaktsionnerlar, shu jumladan jadidlar hujumidan mustahkam turib himoya qildi. Bu jihatdan Zpvqiyning «Sho’royi islomchilar» noshiri afkori bo’lgan «Al isloh» jurnalida olib borgan adabiy kurashlari xarakterlidir.

«Al-isloh» jurnalining 1916 yilgi sonlarida reaktsioner «sho’royi islomchilar» adabiyotning jamiyat axloqini tarbiyalashdagi vazifasi masalasida munozara boshlaydilar va ishqiy, tanqidiy temada she’rlar yozuvchi, demokrat shoirlarni, birinchi navbatda bu adabiyotning peshvolari hisoblangan Muqimiy va Furqatlarni jamiyat axloqini buzishda ayblab, ularni turli iflos so’zlar bilan barnom qiladilar. Bunga javoban Zavqiy «Al isloh»da o’z maqolalari bilan chiqadi va adabiyotdagi demokratik yo’lning asoslarini yoqlab Muqimiy va Furqatlarning reaktsionerlarning nohaq hujumlaridan himoya qiladi. Reaktsionerlar, ayniqsa, avqiyga qattiq hujum qiilb, uni «shuaroyi safeho» («jinni shoirlar») dan deb ataydilar. Zavqiy esa tuhmatchilarga javoban «Afandilar» radifli she’r yozadi va unda «sho’royi islomchilar»ni, ularga homiylik qilib turgan jadidlarni fosh etib, ilo’or adabiyot vakillari Muqimiy, Furqatlarni yoqlaydi, o’zini ular yo’lining davomchisi ekani bilan faxrlanadi.

Aytsam siza so’z rostidin,

Ham avj balandu pastidin,

Tushmang birovlar qastidin,

Ey «porso» siz, afandilar.

Farq aylamay yaxshi-yomon,

Kim arpa-buo’doy, kim somon,

Tuhmat haqoratlar hamon

Ne muddaosiz, afandilar.

Ta’n aylangiz bo’lsa hayot,

Оlganga so’z qatmoq uyot,

Yo’q ma’nosida qat’iyat,

Kim ishtiboqsiz, afandilar.

Doim Muqimiy, Furqatiy

Yodimda mehru shafqati,

«Isloh»da boshlab tuhmati,

Ko’p norasosiz, afandilar.

Zavqiy 1916 yilda Qo’qondagi halq qo’zo’oloni epizodlariga bao’ishlangan «Qahatchilik» nomli poemasini, «Zamona», «Ajab ermas» kabi mashhur lirik she’rlarini yozdi.

Zavqiy 1917 yil fevral’ burjua revolyutsiyasining mohiyatiga darhol tushunib etmadi va bazi shoirlar singari unga yaxshi umidlar boo’lab adashadi. Zavqiy bu davrda «Hurriyat»ni tabriklab «Ko’z ogaylik» radifli muxammasini, «To’ylar muborak bo’lsin» sarlavhali o’azalini yozgan.

Zavqiy oktyabr’ revolyutsiyasini zo’r quvonch bilan kutib oldi. U ham amaliy, ham ijodiy faoliyati bilan revolyutsiya dushmanlariga qarshi kurash olib bordi. U 1917 yil oxirlarida maydonga kelgan milliy burjua hukumati-«Qo’qon muxtoriyati»ga, unda qo’rboshi Ergashning muhim harbiy lavozim egallaganini fosh etishga bao’ishlab, «Rahzan Ergash» («Yo’lto’sar Ergash») satirik she’rini yozadi. Ergash qo’rboshiga qarshi kurashda mahalliy hukumatga yordam berdi.

Dushmanlar Zavqiyning bu aktiv amaliy faoliyatini to’xtatish maqsadida uni ta’qib etishga kirishdilar. Shoirning hayoti xavf ostida qoldi. Shuning natijasida Zavqiy Qo’qondan chiqib ketishga majbur bo’ldi, lekin payt poylab yurgan bosmachilar qo’lga tushirdilar va zindonga tashladilar. Bosmachilar keksa shoirni vahshiylarcha qiynadilar. Nihoyat shoirning do’stlari juda ko’p pul sarflab, uni dushman qo’lidan qutqaradilar. Lekin jabrlangan shoir hovlisiga kelganda, yarim o’lik holida edi. Bir oz vaktan so’ng, 1921 yil yoz oylarida vafot etdi. «Zavqiobod» qishloo’i xotirasi...

Zavqiy asarlari, asosan, oo’zaki manbalar orqali, shoirning do’stlari, zamondoshlari qo’lida tasodifan saqlangan qoo’ozlar orqali bizgacha etib kelgan... Natijada 1958 yilda Toshkentda Zavqiyning «Tanlangan asarlar»i o’zbek va rus tillarida nashr etildi.

To’plavmdagi lirik va satirik she’rlarning umumiy hajmi taxminan bir yarim ming misra atrofidadir. Bu 50 yil davomida ijod qilgan shoirning to’la ijodi deb bo’lmaydi. Zavqiy she’rlarini o’z ichiga olgan katta to’plam yoki devon bo’lganligi taxmin qilinadi. Bu to’plamni shoir vafotidan so’ng uning keyingi uyo’ur xotini Hojixon o’zi bilan birga Qashqarga olib ketgan degan fikr bor...

ZAVQIY – LIRIK ShOIR

Zavqiy lirikasi tematik va o’oyaviy jihatdan o’ziga xos orginallikka ega. Ularda lirik qahramonning ishqiy intim kechinmalaridan tortib, zamonaning aktual ijtimoiy masalalariga bo’lgan munosabatigacha o’z badiiy ifodasini topgan. Zavqiy lirik merosini tekshirish uning ijodiyotida ijtimoiy-siyosiy motivlar ishq-muhabbat temasini yoritishga qaraganda birmuncha ustun ekanligini ko’rsatadi. Tarditsion mavzudagi o’azal va muxammaslarda ham o’sha tuzumdagi nohaqliklar qoralanib, adolatsizlikdan norozilik kayfiyatlari ifodalanadi, jamiyatdagi zo’ravonlikka ochiq qarshi chiqish o’z aksini topadi.

Zavqiyning «kelmasa kelmasa, netay» radifli o’azali bu jihatdan juda xarakterlidir. Alisher Navoiyning mashhur «Gar alomimo’a chora yo’q, bo’lmasa bo’lmasun, netay?» misrai bilan boshlanuvchi o’azaliga nazira tarzida bitilgan Zavqiy asari o’zining sotsial mazmundorligi bilan birmuncha ajralib turadi. U avoiy o’azalining vazni va takroriy uslubida yaratilgan bo’lishiga qarmay, mazmuni va o’oyaviy yo’nalishi jihatidan farq qiladi. Unda shoirning o’zi yashayotgan muhit va tuzumdagi tengsizlikka nisbatan ochiq noroziligi sezilib turadi. Sevgili uchun sarf qilish uchun boyligi, taklif qilish uchun durustgina kulbasi bo’lmagan lirik qahramon o’zining nochorligidan qayo’urib, odil bir zamonni orzu qiladi:

Ishq elining dodiga solmasa yurtu el qulo,

Odili bir zamon yo’q, kelmasa kelmasun, netay?

Zavqiyning lirik qaxramoni pok sevgi egasi. U yuksak insoniy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan: qalbi toza, vijdonli, va’dasida qat’iy va o’ta odobli, ammo zamona zo’ravonlari oshiqning muhabbatiga ham chang choladilar, ma’an tortib oladilar. Shoir o’z qahramonining bu vaqtdagi ruhiy holatini shunday qalamga oladi: Оz sevgilisidan kuch bilan ajratilgan oshiq shafqatsiz falak dastidan faryod chekadi, orzu-umidlari poymol etilganidan o’azablanadi.

Zavqiyning lirik asarlari orasida «Yuzingni ko’rsatib avval o’zingga bandalar qilding» misrai bilan boshlanadigan muxammas aloihida diqqatga sazovordir. Insoniy sevgining o’ziga xos lazzatlari va tashvishini, oshiq qalbining shirin iztiroblarini aks ettirgan bu lirik asar o’zining opt imistik ruhi bilan yillar osha xalq tili va kuylariga yashab kelmoqda. Unga uzoq umr baxsh etgan omillardan biri muxammasning mazmuni, tuzilishi va uslub jihatidan xalq tili va diliga nihoyatda yaqinligidadir. U garchi yakka shaxs-lirik qahramon muhabbatining alam-iztiroblarini badiiy gavdalantirsa ham, umumlashtiruvchi xarakterga ega: oshiqning yurak dardini va nozik psixologik holatlarini chuqur ifoda etadi. a)

Zavqiy yana bir muxammasida davr sharoitining naqadar oo’irligi, «Sitamgar charx»ning kundan-kunga yangi jafolar yoo’dirayotgani tufayli faqat oshiq-ma’shuqlargina emas, balki ota-ona, qarindoshlar o’rtasida ham mehrevolyutsiya-oqibat tugab borayotgani, mavjud ahvol shunga majbur qilayotgani haqida achinish billan yozadi. Har bandnning so’nggi misrasida radif bo’lib kelayotgan bor ekan bunday» iborasi asarga vazmnlik baxsh etib uni xalq oo’zaki ijodiyotiga yaqinlashtiradi: b) Chiqib boshim: Ammo shoir tushkun kayfiyatda yashamaydi... U tez vaqt ichida «o’amdan ozod» bo’lishiga, yorning arazni qo’yib, lutf etishi muqarrarligiga ishonadi. Zavqiy lirikasiga xos bu ko’tarinki kayfiyat o’sa borib, keyinchalikshoirning «Ajab ermas» kabi klassik asarining yuzaga kelishiga asos bo’ldi.

Zavqiy Оzbekiston xalqlari hayoti va kelajagida ob’ektiv jihatdan muhim progressiv ahamiyat kasb etgan Оrta Osiyoning Rossiya tomonda bosib olinishidek tarixiy voqeani to’gri tushungan, xonlik tuzumining tugatilishi, ilo’or o’oyalarning kirib kelishi natijasida erli xalq hayotida yuz berayotgan birmuncha ijobiy o’zgarishlarni juda tezda ko’ra olgan va ularni ilo’or o’oyaviy pozitsiyadan turib, san’atkorona aks ettirgan. Rossiya texnikasi, madaniyati, ilm-fanini tarixiy taraqqiyotning namunasi sifatida baholab, o’z o’oyaviy dushmanlari qarashlarini qoralaydi va o’tmish xon-beklar davrini nafrat bilan tilga oladi:

Yurakda laxta qonlar, quloq soling, yoronlar,

Asrida begu xonlar, esiz o’tgan zamonlar,-

Der ekan, «Julus o’ruso’a» etganda xalq turmushi, hayoti birmuncha yaxshilanganini ta’kidlaydi:

Ilm-madaniyat, texnikaviy taraqqiyotning o’zbek xalqi orasida keng kirib borayotganini quvonch bilan tasvirlagan avqoloqlik, nodonlik sababchilari bo’lgan xon-amaldorlarning qilmishlari haqida ham bir qator asarlar yaratgan.

Professor ¢.¢ulomov «siyosiy-grajdanlik temasida» deb nomlangan bunday she’rlardan biri «Chekib hasrat demish xon shahri Huqandimdin ayrildim» misrai bilan boshlanuvchi satirik muxammasidir.

Muxammas Qo’qon xoni Xudoyorxonning taxtdan tushirilgandan keyingi ahvolining realistik tasvirini beradi. Asarda Xonning o’z tilidan o’zini fosh etish priyomidan ustalik bilan foydalangan Zavqiy xonlik tuzumi, uning tugatilishi munosabati bilan bu tarixiy voqeaga nisbatan o’z qarashlarini ifodalaydi.

1874-75 yillarda ko’tarilgan qo’zo’olon tufayli Xudoyorxon Qo’qonni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. «Davlat o’ururi» bilan yurtu elning oo’ir ahvolidan bexabar bo’lgan xon «oliy martabasidan» quvilgach, hukmronlik davridagi o’z qilmishlarini o’zi shunday izhor qiladi: g)

Zavqiy etti bandlik bu muxammasining har bir bandida Xudoyotxon obrazining bircha qirralarini shunday san’atkorona ochib beradiki, xon o’quvchi ko’z oldida barcha nomaqbul va qabih hatti-harakatlari bilan gavdalanadi. Kontrost priyomidan ustalik bilan foydalangan shoir Xudoyorxonning xonlikdan mahrum bo’lgandan so’nggi ahvolini quyidagicha ko’rsatadi: d)

Zavqiy ijodining ilk davrlariga mansub bo’lgan bu muxammas yosh shoirning ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nechoo’lik hozirjavoblik, sitnchkovlik va ziyraklik bilan yondashganidan, mavjud tuzumni nafratlaganidan dalolat beradi. Bu esa, o’z navbatida, xon va xonlikning tugab, tarix sahnasidan tushib borayotgani, ossiyaga qo’shilishga xayrxohlik bildirilayotgani haqidagi shoirning progressiv fikrlarini ukib olishga imkon beradi.

Emak shoir lirik asarlarida ham zamonaning aktual masalalariga murojaat qildi, yangilikka ko’z-quloq bo’lib turdi...

«Ajab ermas» muxammasi...

ZAVQIY-SATIRIK ShOIR

Satirik shoir Zavqiyning hajviy mahorati filologiya fanlari doktori A.Abduo’ofurovning «Оzbek demorkatik adabiyotida satira» asarida (Toshkent, 1961) birinchi martaba keng tahlil etilgan.

Zavqiy demokratik adabiyotda Muqiymiy bilan bir qatorda satirik yo’nalishning tarakkiy etishiga salmoqli hissa qo’shdi.

Shoirning bir qator hajviy asarlari mahalliy boylar, savdogarlar va rus kapitalistlarini fosh etishga bao’ishlangan. «Veksel’», «Ahli rasta», «Voqeai qozi saylov», «Shoh inoyat qo’rboshi haqida hajv», «Obid mingboshi haqida hajv» «Tashlading baring» kabilar shular jumlasidan bo’lib, ular badiiy va o’oyaviy jihatdan etuk satirik asarlar hisoblanadi. Bu asarlarda Оrta Osiyo, jumladan Оzbekiston ossiyaga qo’shib olingandan keyin o’lkada yuz berayotgan tarixiy voqealar taqozasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar, rus kapitalistlari va milliy burjuaziya namoyandalarining, barcha ekspluatator sinflarning shafqatsixzligi, ochko’z va nokasligi keskin fosh etiladi. Rus kapitali hukmron kapital sifatida muomalaga kirgach, sdxo’rlik va ekspluatatsiyaning niqoblangan bir shakli bo’lgan veksel’ hujjatlari ham pul-tovar aloqalariga kirishadi, savdogar-kapitalistlar orasidagi raqobat kuchayadi, ayrimlari sinadi.

Yirik va mayda kapitalistlarning o’zaro raqobati natijasida mehnatkash xalq qullik girdobiga tortiladi. Buning ustiga chorizm tomonidan o’tkazilgan pul islohati ahvolni yanada keskinlashtirib yuboradi, pul qimmati 25 % ga kamaytirildi.

Xonlikda yuz berayotgan bu iqtisodiy tanglikka befarq qarab tura olmagan demokratik adabiyot namoyandalari-Muqimiy va avqiy (Zavqiy o’azaliga Muqimiy muxammasi noshir tomonidan «Veksel’» deb atalgan) o’z hajviyalarida ana shu veksel’ va pul islohati masalalarining barcha illatlarini realistik ravishda tasvirlab berdilar.

Agar Zavqiy o’azali: Afsus ey xaloyiq ishlar yomon chiqdi. Oxir zamona ma’lum bo’ldi nishoni chiqdi, misralari bilan boshlangan bo’lsa, Muqimiy unga quyidagi fikrlarni qo’shadi:

Mastur qolmao’aykim, so’zning yo’o’oni chiqdi,

Oltiario’lari ham vekselni(ng) joni chiqi.

Natijada asar bir butun mazmun va ma’no kasb etib, yagona o’oyani chuqurroq ifodalaydi (shunga ko’ra mazkur satira haqida gap ketar ekan, uning muxammas formasi kuproq nazarda tutiladi).

Narx-navoni oshirishga, mayda savdogarlarni sindirishga, oltin-kumushlarni yirik kapitalistlar qo’lida to’plashga, xalqni talon-taroj qilishga qaratib chiqarilgan veksel’ va pul islohati savdo-sotiq ishlarining tartibini buzib yuboradi, hamma vahimada qoladi.

Diqqat hama sotolmay, yo bir nima oluro’a,

Qassob etdi o’zni Germaniyao’sht o’rniga tiluro’a,

Solgay quloqlarini el, gap nedur, biluro’a,

Bozor ahli hayron savdo-sotiq qiluro’a,

So’yi samoo’a yio’lab kosib fio’oni chiqdi.

Shoirning «Sotsial satiralar» tsikliga kiradigan she’rlari ichida «Bo’l» she’ri o’oyat xarakterlidir.

To’rt baytdan iborat bo’lgan o’azal shaklidagi bu she’rni o’tkir tanqidiy mazmuni va kichik shakliga qarab epigramma desa ham bo’ladi. Bu she’rda Zavqiy har narsa boylik bilan o’lchanadigan jamiyatning asoslarini juda ustalik bilan ochib tashlaydi. Garchi shoir bu erda «Hajvdagi otilgan o’qning nishonga tegmasligi» haqida so’zlasa ham, uning zamonaga bergan xarakteristikasi juda to’gri va o’rinli otilgan o’q taassurotini tuo’diradi. Ahamiyatiga ko’ra she’r tekstini to’liq keltiramiz:

Ahli dil bo’lma, zamonning boyi bo’l, bazzozi bo’l,

Aqchadin langar cho’p ushlab rastaning darbozi bo’l.

She’r eshitmaydi birov, davron quloo’i kar ancha,

‘ir hovuch oltin, kumushning xush jarang ovzi bo’l.

Tegmagay hargiz nishonga otgan o’q yuz hajv ila,

Xoh zamonning shoiri bo’l, xohi tirandozi bUl.

Istamas bo’lsa zamona Zavqiy yozgan she’rlarini,

Kim eshitsin arzi hol xoh rozi, xoh norozi bo’l.

Zavqiy Qo’qon shahar rastasidagi savdogar boylar.

Chorbozorchi bazzozlar, vagonchilar, bank bilan muomala qiluvchilar va boshqalarning xarakteri, xulq-atvori, fe’lini yaxshi o’rgangan edi. Natijada shoirning «Ahli rasta hajvi» nomli satirik she’ri maydonga keladiki, shoir unda mahalliy boylar, Qo’qon shahridagi bozor rastalarida savdo qiluvchi yirik savdogarlar, bankirlar kabi tekinxo’revolyutsiya tabaqalar qilmishlarining tanqid etilishi jihatidan ahamiyatlidir. Unda 46 ta rasta xodimi alohida-alohida tanqid ob’ekti qilib olinib, har biri ikki misra she’r orqali shunday mahorat bilan tasvirlanadiki, natijada asar «qaharmaonlar» boshqalardan ajralib turadigan eng xarakterli xususiyati, odati, xulqi bilan o’quvchi ko’z oldida namoyon bo’ladilar. Muttaham, io’vogar Yangiboy, axloqi buzuq, xotinboz Shodmonxo’ja, muo’ombir va ayyorlikda tengi yo’q Hodixo’ja boyning o’o’li Ma’dixo’ja o’ta engiltak Qosim, ochko’z va badnafs Xo’jabachcha, iflos va madaniyatsiz «Milliy istiqlol o’oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar»o’mnshohlarga nisbatan nafrat bilan aytilgan misralarda shoir savdogarlarning tipik portretini mohirona chizib, xalq oldida ularni sharmanda qiladi:

Kofirga degan haromi boy bor,

Ko’p shuo’li baland hangromakka.

Yoki:

Sodiq so’zi, yuzi kimga doru?



Desam, dedi: zaxm, maraz, so’zakka.

Yoki:


Mashhur o’sha ko’revolyutsiya Meli erursan,

Boshing agar etsa ham falakka.

Gap ta’sir aylamaydi senga,

Ablah, ti-slepoy eshakka.

Rossiyaning Evropadagi shaharlarida savdogarlik qiladigan, amaldorlar oldida ham so’zi o’tkir katta vagonchi boylardan Shokirqora, Odilko’rni shoir xalq nomidan shunday la’natlaydi:

Shokirqora tarz odam o’lmish.

Ming la’nat o’shal qora eshakka.

(Voqea shunday: Shokirqaro zavodida ishlaydigan ishchilarga haq bermaganligi uchun ishchilar to’planishib, boy uxlayotgan so’riga kerosin sepib, o’t qo’yib yuboradilar. Bu haqda Zavqiy «Kuyib o’lgan boy» satirasini ham yozgan edi).

Izvestniy vagonchi tund ko’revolyutsiya Odil,

Оlmay turib o’xshadi kesakka.

Ko’revolyutsiya bo’lmasa pul oqib kelurmu

Bu badshakl selepoy durakka.

Odilko’rga bao’ishlangan bu baytda shoir xalq orasidagi mashhur bir latifaga ishora qiladi. (Temurlang bir muzikachining mashqini eshitib bo’lib, ismini so’raganda u Davlat deb javob bergan.

Temur hazllashmoqchi bo’lib, «Davlat ham ko’revolyutsiya bo’ladimi?» deganda, muzikachi: «Agar Davlat ko’revolyutsiya bo’lmasa, cho’loqning qoshiga kelmas edi» deb javob bergan).

Shodmonxo’janing axloqsizligi haqida shoir shunday hukm chidi:

Shodmonxo’ja bachchao’ar, xotinboZ.

Joyiz solib otsa zambarakka.

Andijonning mashhur boyi, Mirkomilning gumashtasi Qosimning engiltakligini shoir xuddi «Hind bodparok» (varrak)ka o’xshatadi:

Qosim shamol andin engilroq

Оxshab ugar hind badparakka.

Haromxo’rlik bilan nom chiqargan uning akasiga xalqning bergan bahosini shoir shunday ta’riflaydi:

Xalq oning akasin o’xshaturlar

Burnini sumak, oo’zini tuvakka.

Ortiqboyvachcha nomli boy semiz, dumaloq yuo’lganidan zambarakning snaryadiga o’xshatiladi:

Ortiqbachchani semirtirganlar,

Оq bo’lo’usi katta zambarakka.

Xo’jabachcha bo’lsa, o’taketgan nafsi yomon, ochko’z:

Ko’r ishtahasini xo’jabachcha,

Osh solib ichar emish chelakka.

Toshkent boylaridan Fozil shayton pul topish uchun eng yaramas, iflos narsalar bilan savdo qilaveradi.

Toshkent o’rtasi fayzi shayton,

Qo’ qo’ydi po’kan bilan tezakka.

Zavqiy ellikboshining arzandasini ham chetda qoldirmaydi:

Ellikboshi o’o’li mokiyonboz,

Ustoz bo’libdi kurkurakka.

Oliq-soliqlarni kosiblar kechikibroq to’lasa yoki so’ragan narsalarini o’z vaqtida tayyorlab bermasa, duma a’zosi bo’lgan bozor oqsaqoli Abdurashid hoji tergovchi ipspektorlarni etaklab kelib, kosiblarni qiynar, do’konlarini yoptirar, turli shtraflarga duchor qilar edi.

Bu holga shoir kosiblar tilidan shunday protest e’lon qiladi:

Ey hajmi jahon, ko’p achchio’im tez,

Ham etti pichoq borib suyakka.

Shu taxlitda Zavqiy 46 kishining salbiy qiyofasini ochib tashlaydi va ularni o’tkir, achchiq so’zlar bilan xalq oldida sharmanda qiladi.

«Ahli rasta» she’ri ommolashib ketgandan keyin, unda nomlari tilga olingan boylar chidab turolmay, Shokirqaro, Odilko’revolyutsiya va boshqalarning boshchiligida to’planib, shoirning ishlab o’tirgan hujrasiga bostirib kiradilar. Uni sudrashib madrasai Oliyning sahniga olib chiqib, do’pposlaydilar.

Zavqiyga bo’lgan hujum ovozasi tezda butun rastalarga tarqaladi. Bu voqeani eshitgan kosib Xunarmandlar alamoni etib kelib, o’z «zakonchi»sini boyvachchalar qo’lidan ajratib oladilar. Janjal ustiga amaldor , bozor oqsoqoli Abdurashid hoji, Shoh noyat qo’rboshi va boshqa mansabdorlar etib kelib, boylarning bir necha vakillari bilan shoirni qo’shib mahkamaga olib ketadilar. Oxiri shoir boylarni hajv qilishdagi «beodobligi» uchun yuz so’m shtraf to’lab qutuladi va bunday qilmaslikka ogohlantiriladi...

Ammo shoir ko’p o’tmay boylarga va ularning maddohlariga javoban yana «Talading baring» satirasini yozadi:

Eshit arzi holim... ey...lar,

Muncha yakkalading baring.

Chopishib kelib, qoqishib tutib,

Xiyla qo’rqitib talading baring...

Qalampir so’zim qildimi asar,

Chopishib har qayonga sarbasar.

Misli pashsha chaqqan modaxor.

Ko’cha-kuyda shattalading baring.

Bu she’rda shoirning boylarga bo’lgan nafrati, o’azabi nihoyasiga etganligi ochiq ko’rinib turadi. Shunchaliq ta’qib va tergovlardan keyin ham shoir boylarga, amaldorlarga taslim bo’lishni istamagan. U xalqning kuchigaishonganligidan, boylardan ham, ularning homiylari-amaldorlardan ham qo’revolyutsiyaqmaydi, ular qarshisida tiz cho’kish emas, balki ular bilan kurashni davom ettiradi.

Demokratik adabiyot vakillari mehnatkash omma manfaatini himoya qilib, o’z asarlarida davr haqidagi xalq talablarini aks ettirgan bir paytda millatchi burjuaziya ziyolilari-jadidlar mehnatkash xalq manfaatiga butunlay zid pozitsiyada turdilar. Ular o’z asarlarida xalqqa butunlay zararli panturkizm, ponimpomizm kabi reaktsion o’oyani tartib qildilar. Zolimlarga va jabr-zulmga qarshi chiqmaslik haqida mehnatkash ommaga va’z-nasihat qildilar.

Ular «Al isloh» jurnalini tashkil qilib, ana shu jurnal sahifalarida Zavqiy kabi peshqadam shoirlarga hujum uyushtiradilar. Jurnalning 1914 yil sentyabr’ oyidagi 16-sonida Toshkentlik Mulla Maqsudxo’ja eshon mufti nomidan shoir Zavqiyga qarshi maqola uyushtiriladi. Bu maqolada ishqiy-lirik she’r yozgan Muqimiy, Furqat, Komiy, Nodil Xo’jandiy, Nasriddin, Noqis, Xislat kabi shoirlar tilga olinib, asosan tanqid zarbasi Zavqiyga qaratiladi. Zavqiy jurnal redaktsiyasiga «Ishtiboq» nomli xat yozib, ularning tanqidiga e’tiroz bildiradi.

Bu jurnaldagi tanqidchilar ishqiy o’azallar «Musulmon odamlarning farzandlarini buzadi, noshar’iy yo’llarga etaklaydi» degan bahona bilan shoirlardan diniy-mistik she’rlar yozishni, o’z she’rlarida ruhoniylar, milliy burjuaziyasining manfaatini ilgari surishni talab etadilar, ayniqsa Zavqiyni obro’sizlantirishga, undan o’ch olishga urinadilar.

Bu hol avqiyni nihoyatda o’azablantiradi. Zavqiy ularga qarshi kurashni yana keskinlashtiradiyu 1914 yilning noyabr’ oylarida u dushmanlarga javoban «Afandilar» radifli she’r yozib, ularni fosh etishga urinadi, dushmanlarga qarata shunday piching qiladi:

Aytam siza so’z rostidin,

Ham avj, balandu pastidin,

Tushmang birovlar qasididin,

«E porso siz» afandilar,

Farq aylamay yaxshi-yomon,

Kim arpa-buo’doy, kim somon,

Tuhmat haqoratlar hamon

Na muddaosiz, afandilar.

Zavqiy yuqoridagi reaktsion guruhlarning tanqidini tuhmat deb biladi. Shoir she’rla o’z pichingini o’tkirlashtirish uchun xalqning «Siz arpa-buo’doy, biz samon, hamma yaxshi, men yomon» maqolidan ustalik bilan foydalanadi. U keyingi misralarda do’stlari Muqimiy, Furqatlarning nomini hurmat bilan tilga olib, ularga qilingan tuhmatga javoban yozadi:

Doim Muqimiy, Furqati

Yodimda meXru shafqati,

«Isloh»da boshlab tuhmati,

Ko’p norasosiz, afandilar.

Zavqiy quyidagi misralarda jadidlarning haqiqiy sinfiy basharasini, ya’ni ularning ekspluatator sinflarning ideologlari ekanliklarini ustalik bilan fosh etadi:

Har rasta boyi... do’stingiz,

Siz mao’z, ulardur po’stingiz.

Bormi suxanda rostingiz,

Kesma yaqosiz, afandilar.

She’r davomida shoir ularning buzuqchiligi, axloqsizligi va boshqa fel-atvorlaridan kulib, oxiri o’z ahvolini, o’ziga madadkor kuchlar ta’rifida shunday deydi:

Do’zanda kosiblik ishim,

El birladur yozu qishim,

Yo’q arz etarga bir kishim,

Yavmul-jazosiz, afandilar.

Karnay chalib bekorga,

Zavqiy osilmas dorga.

Arzim shu do’stu yorga,

qim ho’l balosiz afandilar.

Shoir zamona zulmiga, ekspluatatorlarning etkazgan kulfatlariga qarshi shikoyat va noroziligini o’z xalqiga arz qildi. U mehnatkash ommo tomonida ekanligini qat’iy ta’kidladi. Shoir umrining oxirigacha xalqni sevdi, unga suyandi, xalqqa sodiq bo’lib qoldi.

Zavqiyning fevral’ va oktyabr’ revolyutsiyasi

Davridagi ijodi.

Doim xalq orasida bo’lgan Zavqiy zamona voqealariga ko’z-quloq bo’lib turdi, xalq tili va dilidagisini kuylab bordi. 1914-1916 yillardagi imperialistik urush va uning alangasining Turkiston o’lkasining Faro’ona oblastidek chekka o’lka xalqlariga keltirgan zaxmatini ko’rgan shoir, qattiq qayo’uradi.

Shoir o’zining achchiq taassuroti, qayo’u-hasratini 1914-1916 yillar orasida «Qahatchilik», «Zamona» she’rlarida ifodalaydi.

Zavqiy Qahatchilik» she’rida oo’ir moddiy qiyinchiliklar ostida kun kechirayotgan shahar mehnatkashlari, turli tomonlardan ish-non qidirib, shaharlarga kelgan och-yalano’ochlarning achinarli ahvolini, xalqning bu ahvoliga ekspluatator sinf vakillarining munosabatini xarakterli voqealar bilan chizib ko’rsatishga harakat qiladi.

Qahatchilik bo’ldi bu Faro’onamizda

Topilmas parcha non vayronamizda,

Tayambar bo’lsa-osh, non avliyodir,

Yana ochlik davosiz bir balodur.

Ochlik, qahatchilik, vayronalik ustiga 1916 yilning bahoridan boshlab Faro’ona vodiysining ko’pchilik shahar-qishloqlarida vabo (guma) kasali tarqaldi. Odamlar uylarida, mahallarida, ko’cha-kuylarda ko’plab o’la boshladilar. Оlimlarni ko’mish bilan shuo’illangan odamlarga deyarili bu kasallik yuqib, nobud bo’lganini ko’rgan kishilar sarosimaga tushadilar. Kassallik tarqalgan joylardagi soo’ qolgan xonadonlar dalalarga ko’chib kelib tinib o’tiradilar. Murdalarning ko’pi ko’milmasdan qoladi.

Qirilun qancha odamlar vabodin,

Nishona qolmadi mehru vafodin.

Dafn qilmoqqa o’lganni kishi yo’q,

Kim o’lgan birla odamning ishi yo’q.

Xalq hokimga arz qilib, mavjud ahvolni yaxshilashni so’rab, undan najot kutadi. Hokim xalqni dastlab qo’rqitib, so’ng:



Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə