Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»



Yüklə 0.62 Mb.
səhifə9/11
tarix29.06.2018
ölçüsü0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TEKSHIRISH SAVOLLARI

1.Muqimiyning Navoiy,Maxmurga izdoshligi.

2.Muqimiy satiralarining mavzu rang-barangligi,

obrazlar olami

3. «Tanobchilar» satirasining tahlili.

4. «To`y»satirasi-pastkashlik,o`ta ziqnalik,mutelik

dunyosi voqealarini fosh qiluvchi asar .

5.Din ahllarini tanqid qiluvchi asarlari,yumorlari.



TAYANCH TUSHUNCHALAR.

1.Muqimiy chor ma’murlari hamda mahalliy

amaldorlarni fosh qiluvchi iste’dod egasi.

2.Shoir yumorlarining mavzu rang-barangligi.



ADABIYOTLAR:

ADABIY MANBALAR

1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958.

2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960

3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975.



ILMIY MANBALAR

1.Zaripov H.Hayoti va ijodiga oid materiallar.Toshkent

Oz Fan,1955.

2.Karimov ¢.Ozbek adabiyoti tarixi,3-kitob.Toshkent,

1975

3.Mo`minova V.Ozbek demokratik adabiyotida lirika.



Toshkent,1979.

4.Muqimiy izdoshlari.1978. (¢urbat va Rojiy).

4-MAVZU : MUQIMIY «SAYOHATNOMA»LARI
REJA: 1.Shoir «Sayohatnoma»larining turkumligi

ularning g`oyaviy-badiiy jihatdan yaxlitligi

2. «Sayohatnoma»larda adaolatsizlikning

tanqidi,xalq vakillari tasviri.



  1. tasviri.

4.Ozbek adabiyotida «sayohatnoma»larning takomillashuvini,Zavqiy,Furqat,Tajalliylar-ning izdoshligi .

Ozbek demokratik adabiyotining ham g`oyaviy,ham badiiy jihatdan boyib,rivojlanishida Muqimiy qo`shgan hissa juda katta bo`lib,o`ziga xos yangi janrni- «Sayohatnoma»ni boshlab beruvchi san’atkor ham Muqimiydir.Shoir boshlagan bu traditsiyani demokratik adabiyotning taniqli keyingi vakili bo`lgan Zavqiy ham muvaffaqiyat bilan davom ettirib adabiyotimizni o`zining «Obid mingboshi haqida hajv» (14 band-56 misralik)va «Shohimardon xotirasi» (10 band-40 misra) kabi sayohatnomalari bilan boyitgani ma’lum.

1892 yilda Furqatning Hindistondan Xitoyga qilgan safari davrida unga hamroh bo`lgan shoir Tajalliyning ham Muqimiy «Sayohatnoma»siga javoban «Sayohatnoma» yozganligi to`g`risida ma’lumot bo`lsa-da,bu asar bizga to`liq etib kelmagan bo`lib,undan ayrim parchalargina saqlanib qolgan.

Muqimiy «Sayohatnoma»ning mukammal badiiy asar ekanligi bilan izohlanuvchi xususiyati shundaki,parcha ulug` to`rt qismdan («Qo`qondan Shohimardongacha», «Qo`qondan Farg`onagacha»,ikki qismlik «Qo`qondan Isfaragacha») iborat bo`lsa-da,kompozitsiya jihatdan yaxlit asardir.Bu qismlar mantiqiy asoslangan ichki qonuniyatlarga ega bo`lib,ularni umumiy yagona vazn, yagona she’riy tuzilish,yagona qofiyalanish sistemasi birlashtirib turadi.

Muqimiy «Sayohatnoma»lari o`z davri ilg`or farzandining ona-yurt haqidagi,uning kishilari, tabiati to`g`risidagi she’riy o`ylaridir; u mehnatsevar xalqimizning yashash sharoiti,og`ir iqtisodiy ahvoli,mavjud tuzumdagi hukmron adolatsizlik,yuqori sinflarning zo`ravonligi,qishloqlarning vayronaligi manzarasini realistik bo`yoqlarda tasvirlovchi adabiy hujjatdir.

«Sayohatnoma»larda yagona syujet chizig`i yo`q,unda to`qima badiiy obraz-personajlar ham uchraydi.Bular janr xususiyatlari bilan izohlanadi.Butun asar davomida izchil harakat etuvchi bayonchi-avtor obrazining favqulotda katta ahamiyati xuddi shu bilan izohlanadi. Hamma voqea-hodisalar,baho-munosabatlar shu obraz orqali amalga oshadi.Asarda u turli qiyofalarda namoyon bo`ladi. «Sayohatnomalar»ning bandalrini birma-bir ko`zdan kechirar ekanmiz,qarshimizda xalq manfaatlari himoyasi va yuksak fazilatli olijanob inson,vatanpar-var grajdanin va nozik tabiatli lirik,beshafqat satirik va quvnoq yumorist boshiga qilich kelganda ham rostini aytadigan shoir namoyon bo`ladi.U yaxshilikni ma’qullab go`zallikni madh etadi,kamchiliklar ustidan kulib,tanbeh beradi,yovuzlikni tanqid qiladi,illatlar va qabohatni satirik nayza ostiga olib,sharmandasini chiqaradi,tuzum ustidan hukm chiqaradi.

Avtor obrazining o`sha davrda huquqsiz,talangan oddiy xalq vakili sifatida asarda harakat etishi uning ijtimoiy mavqei va ruhiy kayfiyatini ham belgilaydi.U o`zini juda siqilgan,davrdan,tuzumdan narozi,g`am-g`ussalar ostida ezilgan sezadi.Bu motiv butun asar mazmuniga singib ketgan: 1.Asarlar 427-bet.

Shuning bilan birga avtor obrazi hayotni,borliqni nigilistlarga inkor etmaydi,aksincha,u hayotsevar,chunki Farg`ona vodiysining xushmanzara joylari,mehnatkash dehqon qo`li bilan yaratilgan bog`u gulzorlari,soya-salqin anhoru «o`ynab» oquvchi suvlari,qir-dalalari avtor tomonidan chuqur lirizm va mamnuniyat bilan tasvirlanadi:

Ammo nazarda «Rashidon»

Firdav bog`idin nishon,

Onab oqar obi ravon,

Sahna gulu gulzor ekan.

. .. «Vodil maqomi dilfizo

Ko`chalaridur dilkusho,

Anhorida obi safo,

Sebarga,obishor ekan.

Muqimiy chin mehnatsevarlik,hayotsevarlik,vatan-sevarlikni tasdiqlashga, yaxshilik, go`zallik madhiga, ularning ziddi buzuq,nursiz hayot va yovuzlikni inkor etishga,fosh qilishga undaydi.

Endilikda avtor obrazi jiddiylashib,uning bayonida dard-qayg`u quyuqlasha borib,g`azab-nafratga aylanadi, tasvir leksikasi o`zgarib,go`yo lirik Muqimiyni satirik Muqimiyga almashtiradi.

Ketguncha yo`llar xorlar,

Yo`l zaxmidin ozorlar,

Ko`kka etar ko`x sorlar,

Hayhot ! Xoriston ekan !

Kir pastida sho`rtang arig`,

Bir to`p yigit urg`ay tarig`

Tunsiz,yalong`och,hay,darig` !

Bechora,och dehqon ekan !

«Sayohatnomalar»dagi juda ko`p bandlar qishloq boylari,amaldorlarning jirkanch kirdikorlari,zulmi, kambag`alga g`ayriinsoniy munosabatini o`tkir misralarda bayon etuvchi satirik xrakteristkalar shaklida yozilgan bo`lib,jiddiy ijtimoiy xulosalar darajasiga ko`tarilgan.

Mingboshilik kimning ishi,

Desam,dedi bedonishi. P-tom 87-bet

Muqimiyning misralari sodda,tushunarli,xalqchil tilda yozilgan, ravon o`qiladi.U bir tomondan, kinoya, kesatik,so`z o`yinlaridan mohirlik bilan foydalansa,ikkinchi tomondan ba’zan hech qanday pardozsiz ochiqdan-ochiq «xolis» bir kuzatuvchi sifatida hayotiy faktlarni bayon etish priyomini qo`llaydi.Bunday paytlarda shoir misralari xuddi isbot talab etmaydigan mutlaq haqiqatning bayoni sifatida qabul etiladi.

«Unda bulus ¢ozi»-dedi

Ham mufti,ham qozi-dedi

«Yurt barcha norozi»-dedi,

Qilgan ishi ozor ekan !

Demokratik shoirning bu asaridagi katta g`oyaviy muvaffaqiyatlaridan biri-uning juz’i faktlardan jiddiy ijtimoiy xulosalarga kela olganligi ham ko`rinadi:

Dunyo qurilgan dor ekan !

Xalqchil,vatanparvar,hayotsevar shoirning afsus bilan qilgan bu xulosasi uning o`sha zolim zamon,adolatsiz tuzum ustidan chiqargan haqqoniy hukm edi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:


  1. «Sayohatnoma»-turkumlilikka asos bo`lgan asar

sifatida «Sayohatnoma»-o`lkaning so`lim tabiati,

mehnatkash xalqi

2.Turmushini aks ettiruvchi asar ekanligi.

ADABIYOTLAR:

ADABIY MANBALAR

1.Muqimiy.Tanlangan asarlar.Toshkent.Oz Fan,1958.

2.Muqimiy.Asarlar to`plami.1-2 tomlar.Toshkent.1960

3.Muqimiy.Devon.Toshkent.1975.



ILMIY MANBALAR

1.Zaripov H.Hayoti va ijodiga oid materiallar.Toshkent

Oz Fan,1955.

2.Karimov G’.Ozbek adabiyoti tarixi, 3-kitob.Toshkent,

1975

3.Mo`minova V.Ozbek demokratik adabiyotida lirika.



Toshkent,1979.

4.Muqimiy izdoshlari.1978. (G’urbat va Rojiy).



ZOKIRJON XOLMUHAMMAD o’gli FURQAT (1858-1909)
Zokirjon Mullo Xolmuxammad o’gli Furqat o’zbek demokratik adabiyotining etakchi namoyandalaridan biri bo’lib, yangi ma’rifatparvarlik oqimining shakllanishi va rivojlanishiga katta xissa qo’shgan shoirdir. Furqat Urta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi natijasida tugilgan yangi ijtimoiy ongning progressiv xarakterini adabiyotda targib qilgan ijodkorlardan biridir. Shoir o’z bilimi va butun qobiliyatini xalq xizmatiga bagishlab, maorif, erkinlik va baxt kuyini kuylagan ma’rifatparvar demokrat shoirdir.

FURQAT HAYoTI VA IJODINI O’RGANISh TARIXIDAN
Furqat adabiy merosining katta qismini lirika tashkil etadi. U she’riyatimizning an’anaviy janri bo’lgan gazalga ko’p murojaat qilgan. Ayni zamonda ko’plab muxammas, musaddas, musabba, tarjiband va mustazod kabi janrlarning xam ajoyib namunalarini yaratgan. Bulardan tashqari shoirning ijtimoiy mazmundagi qator she’riy, nasriy maktublari xam bor. Eng muximi, Furqat ijodining etakchi tomonini, boy goyaviy yo’nalishini uning masnaviyda yaratgan (umumiy xajmi 1000 baytga yaqin) ma’rifatparvarlik ruxidagi she’rlari xamda nasriy publitsistikasi tashkil etadi. Furqat birinchi navbatda, shu asarlari bilan navotor shoir sifatida adabiyotimiz tarixida aloxida o’rin egallab, yirik ma’rifatparvar-demokrat darajasiga ko’tarildi. U qoldirgan badiiy meros orasida “Xuqandlik shoir Zokirjon Fuoqatning axvoloti. O’zi yozgoni” sarlavxasi ostida 1891 yili “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan prozaik asari aloxida axamiyatga ega. Filologiya fanlari doktori A.Abdugafurov mazkur asarni “Boburnoma” tipidagi asarlar sirasiga kiritib, shartli ravishda “Furqatnoma” deb atasa, professor ¢.Karimov “Sarguzashtnoma” deb nomlaydi. Undagi ma’lumotlarga qaraganda, shoir “Nux manzar”, “Chor darvesh” kabi asarlarni fors tilidan nazm va nasrda tarjima etgan. U yana “xammomi xayol” risolasini she’riy yozganini xam eslatadi. Xuddi shu manba Furqatning tarixnavis sifatida xam qalam tebratganini ko’rsatadi. U 1876 yilda qipchoq va qirgiz lashkarlarining Andijon viloyatini egallashlari xamda Qo’qonga bostirib kirishlari bilan bogliq tarixiy voqealarning “batafsil bayonini” maxsus kitob qilganini yozadi. Shuningdek “qariyib 200 varaq, balki andin xam ziyodroq” xajmdagi chet ellar sayoxati taassurotlarini “bir sayoxatnoma kitob qilib” yozganligini Furqat ta’kidlaydi. Lekin afsuski uning na tarjimalari va na yuqoridagi asarlari xozircha topilmadi, yoxud.

Shoir lirikasining xam (xususan chet elda yaratgan) xammasi bizgacha etib kelgan deb bo’lmaydi. Ayrim manbalar shoirning “Farxat” taxallusini qabul qilib, ma’lum muddat shu taxallus bilan xam ijod qilganini ko’rsatadi. Ammo shoirning bu taxallusdagi she’rlari xam xamon bedarak qolayotir.

a) Hozirgi kunda Furqatshunoslik ixtiyorida shoirning 300 ga yaqin gazal, muxammas va boshqa janrda yozilgan asarlari; b) bir necha she’riy maktublari, o’nlab ma’rifatparvarlik ruxidagi masnaviylari, qator xabar va publitsistik maqolalari; d) “Furqatnoma” memuari, shuningdek; e) ilmiy va etnografik mavzudagi (“Qovondi chin va umuroti siyosiy”, “Ilmi ash’orning qoidai avzoni”, “To’y tavsifi”, “Aza tavsifi”, “gap ta’rifida” v.b.) asarlari mavjud.

O’tmish adabiyotimizning barcha yirik namoyandalari kabi Furqat xayoti va adabiy merosini ilmiy asosida chuqur va xar tomonlama o’rganish xamda uning eng yaxshi asarlarini minnatdor avlodlarga keng ko’lamda etkazish ishlari faqat aktyabr to’ntarishidan keyin XX asr boshlaridan keyin boshlandi. Adabiyot ilmida Furqatshunoslik deb atalishi mumkin bo’lgan bir soxa maydonga kelib, uning ilk saxifalarini yaratishda Xolid Rasulning tashabbus va xizmatlari katta bo’ldi. U 30-yillarning oxirlarida shoir asarlaridan namunalar, shuningdek, uning xayoti va ijodi to’grisida umumiy tushuncha beruvchi maqolalarni e’lon qildi. 1940 yilda “Furqat she’rlari” nomi ostida, 1951 va 1953 yillarda shoirning yana bir tanlangan asarlarini, 1959 yilda esa Furqat merosining asosiy qismini olgan “Tanlangan asarlari”ni X.Rasul nashriga tayyorlab, keng o’quvchi ommasiga taqdim etdi.

Furqat merosini to’plash, o’rganishning mantiqiy natijasi o’laroq, adabiyotshunoslikda qator ilmiy-ommabop tadqikotlar maydonga keldi. 40-yilda Mo’minov va ¢.¢ulomning yirik ma’rifatparvar va xalqlar do’stligining kuychisi sifatida talqin etuvchi ishlari paydo bo’ldi. 50-yillar o’rtalariga kelib, X.Rasulning “Zokirjon Furqat ijodi”, “Furqat-ma’rifatparvar-demokrat shoir” kitoblari o’quvchilar qo’liga etdi. 1958-1959 yillarda shoirning tugilganiga 100 yil to’lishi munosabati bilan yozilgan ishlar Furqatshunoslikning yangi etapini tashkil qiladi. Yubiley arafasida V.Zoxidov, I.Mo’minov, ¢.¢ulom, M.Shayxzoda, ¢.Karimov, M.Yunusov va boshqa olimlarning qator maqolalari yuzaga keldi. Voxidov H. “Furqat va Muqimiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. T. 1959. Kollektiv. Zokirjon Furqat. Maqola to’plami, 1959. 1977 yilda A.Abdugofurovning “Zokirjon Furqat” manografiyasi nashr etildi. 1980 yilda Guliston jurnalida Sharif Yusupovning “¢urbatda Furqat” sarlavxali qator maqolalari e’lon qilindi.

Shunday bo’lsada shoir faoliyatining ayrim saxifalari qorongi, jumladan Furqatning chet elga qilgan safari va ulardagi turgun xayot kechirish sabablari, vatanni soginch bilan kuylab, uning bagridan benasib qolish sabablari munozarali. Furqat ijodiy merosini shakli va mazmuniga qarab, quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin: a) lirikasi. B) ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlari; v) dostonlari; g) memuarlari; d) publitsistikasi; e) ilmiy asarlari; j) badiiy tarjimalari.

1989 yilda shoir tavalludiga 130 yil to’ldi.

FURQATNING TARJIMAI HOLI


Furqatning murakkabva voqealarga boy xayot yo’lini, ijtimoiy va ijodiy faoliyatini tiklashda “Furqatnoma” asari, shuningdek, uning nasriy va nazmiy maktublari, maqolalari, zamondoshlari merosida uchraydigan ma’lumotlar asosiy ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi.

Zokirjon Qo’qon shaxrida kichik savdogar Mullo Xolmuxammad oilasida 1859 yilda dunyoga kelgan. Furqatning otasi bilan qiziqqan, xatto she’r ilmiga birmuncha iqtidori” xam bo’lgan. Furqat olti yoshga etganda ota-ona uni maxallasidagi “mulla Muxammad Olim maktabdor”ga o’qishga beradilar. Zokirjon maktabdan tashqari mustaqil mutolaa xam qiladi, sakkiz yoshida Attorning “Mantiqut-tayr” kabi juda murakkab falsafiy asari va to’qqiz yoshida esa Navoiy devonlari bilan batafsil tanishadi.

Katta, sermaxsul ijodning ibtidosi xuddi shu yoshlarda boshlanadi. Shoir “Furqatnoma”da to’qqiz yoshida yozgan quyidagi baytini keltiradi.

Mening maktab aro buldur murodim,

Xatimdek chiqsa imloyu savodim.

1970 yilda Zokirjon maktabni muvaffaqiyat bilan tugatgach, Qo’qon madrasalaridan biriga o’qishga kirdi. Zexnli va iste’dodli Furqat madrasada o’qitiladigan bilimlarni tezlik va osonlik bilan o’zlashtirib bordi, arab grammatikasiga, mantiq (logika) vafalsafaga oid kitoblarni yaxshi o’rgandi. Furqat madrasada o’qib yurgan vaqtlaridayoq Hofiz, Bedil, Jomiy, Fuzuliy va Navoiy ijodlari bilan chuqur tanishgan va arq poeziyasining boy ijodiy tarjribasidan yaxshi xabardor edi. Biroq Furqatning madrasadagi o’qishi uzoq davom etmadi. 1875 yilda Qo’qon xonligida avj olib ketgan o’zaro urushlar tufayli madrasa yopildi.

Zokirjon Furqat bir necha yil Qo’qonda otasi yonida tirikchilik ishlari bilan mashgul bo’lgandan so’ng, 1878 yilda yangi Margilonga togasi yoniga bordi va u erda bir necha yil savdo ishlari bilan band bo’ldi. Zokirjon xayotida yangi Margilon ruslarning Fargona vodiysiga kelganlaridan keyin bino qilingan yangi tipdagi shaxar bo’lib, bu shaxar, bu erdagi rus madaniyati ko’rinishlari, xayotiy yangiliklar shoir diqqatini jalb etdi. “Furqatnoma”da aytilishicha, u ko’pgina xayotiy xodisalar, jumladan “Turkiston viloyatining gazeti” bilan shu erda tanishgan edi.

Manbalarda Furqatning shu davrlarda togasining qistovi va bevosita ishtiroki bilan yangi Margilonda uylanganligi xabar qilinsa xam, lekin yosh shoirning rafiqasi kim bo’lganligi ko’rsatilmaydi.

Furqat 80-yillarning boshlarida Qo’qonga qaytadi va butunlay ijodiy ish bilan mashgul bo’ladi. Oir, taxminan 80-yillarning o’rtalarida o’zining lirik she’rlarini yigib, to’plam tuzgan. Bu xaqda u o’z “Furqatnoma”sida “¢azal va muxammaslarim avroqini daftar sherozasiga boglab jam’ qildim”,-deb xabar qiladi. Furqat adabiy merosida uchraydigan “Bayoz” radifli she’r xam (Muqimiyxujrasi-muzeyida saqlanmoqda) mazkur to’plamning tuzilganidan dalolat beradi:

Topdi oroyish gazallaridanki, xar bir misrai,

Qomati barjastai bir sho’xi siyminbar bayoz.

Har qachonkim, ochdi tab’im bogidin bir toza gul,

Bogladim guldasta, Furqat, ayladim daftar bayoz.

Furqat xayotida Qo’qonda tashkil topgan Muqimiy boshshchiligidagi adabiy gurux katta rol’ o’ynaydi.

Shoirning 80-yillarning boshlaridan 1889 yillargacha bo’lgan Qo’qondagi xayoti shoir dunyoqarashini shakllantirdi, ijodini kamol toptirdi. Furqatning Muqimiy, Zavqiy, Nisbat, Muxayir kabi ilgor fikrli shoirlar bilan shaxsiy aloqada bo’lishi va ular bilan ijodiy xamkorlik qilishi faqat Furqatning shaxsiy xayotidagina emas, balki demokratik adabiyotning tuzilishi va shakllanishida xam katta axamiyatga ega bo’ldi.

1889 yilda Furqat sayoxat qilish maqsadida Xo’jandga keldi. Furqat ijodiy merosidagi mazmun jixatdan goyat xarakterli bo’lgan “Tuf” radifli satirik she’r shu davrda yaratilgan bo’lishi mumkin. oir bilan xukmron doiralar o’rtasidagi kelishmovchilikdan darak beruvchi bu she’r shoirning o’z vatani-Qo’qon shaxrini tark etib, umrining oxirigacha u erga qaytib kelmasligining sabablarini ma’lum darajada izoxlab beradi:

Ey Qo’qon bayonlari sizlardek insonlarga tuf!

Furqat Qo’qondagi xukmron doiralarga shu tarzda gazab va nafratini sochib, Xo’jandga keladi, Xo’jand madrasalarida yashab, shaxar olimlari, shoirlari bilan tanishdi, suxbatlar o’tkazdi. “Furqatnoma”da diqqatga sazovar so’zlar: “Har qanday yaxshi odam va olim kishi bo’lsa, borib suxbatga musharraf bo’ldim: goxo she’r arboblari birla mushoira qildim va goxo tarab asxobi birla ulfat maxofilida nishoy ko’rguzdum”.

Furqat bir necha vaqt Xo’jandda yashagandan so’ng yana sayoxatga otlanadi va: “tarix bir ming uch yuz oltinchi yili moxi shavvol nisfida”, ya’ni 1889 yil iyun’ oyining o’rtasida Toshkentga etib keladi. ¢oyibona do’sti Hoji A’zam bilan topishib, uning yordamida madrasai Ko’kaldoshda istiqomat etadi. Zokirjon Furqat Toshkentga kelganidan keyin ma’lum muddat “Furqat” taxallusi ostida xam ijod etgan, xatto bu taxallus bilan bitilgan “toza va jadid ab’yotlari”, “ishtixar” (mashxur) bo’lgan. Lekin oradan ma’lum muddat o’tgandan so’ng, o’z tugilgan joyi “Ho’qondi latif”dan chetda, judoligda yashagan Furqat uchun bu taxallus ramziy-majoziy ma’noda tamomila mos ediki, u bu taxallusga qaytadi. Buni Mu’xammaslaridan birida:

Laqab xar kimsaga mardum ba qadri odatiy derlar,

O’shal-kim anjumanda o’tsa umri-“Suxbatiy” derlar

Fano kuyida kimki, mu’tanifdur, “Xilvatiy” derlar,

Zamon axli bu boisdan taxallus “Furqatiy” derlar,

Necha yildir bu oshubi zamonidin adashganman.

deb ochiq e’tirof etadi.

Toshkuentda Furqat do’stlari va muxiblarining yordami bilan “Ko’kaldosh” madrasasidan bir xujra olib, shu erda yashay boshladi va o’z odatiga ko’ra maxalliy madaniyat namoyandalari-shoirlar, san’atkorlar va ilm axllari bilan tanishdi, ular bilan suxbatlar, adabiy o’tirishlar, mushoiralar o’tkazdi, ijodiy xamkorlik qildi.

Shoir Toshkentda ko’proq ilgor rus madaniyatiga, uning yangiliklariga qiziqdi. Chunonchi, u “Tuorkiston viloyatining gazeti” redaktsiyasida va bosmaxonalarda bo’lib, matbaachilik ishlari bilan tanishdi. Gimnaziyada, rus-tuzem maktablarida bo’lib, yangicha usulda UKish-UKitish ishlarini ko’rdi, zamonaviy ilm va maorifdan xabardor bo’ldi.

Teatrga, kontsert tomoshalariga, klub va boshqa jamoat muassalariga bordi, ulardagi yangiliklarni zo’r zavq-shavq bilan kuzatdi. “Furqatnoma”da klub xaqida: “Men Toshkentda klubga bir necha musulmonlarning borganini ko’rdim va eshitdim. Men o’ylaymanki, buni gunoxi yo’qdir. Bil’aks, biz musulmon xalqi rusiya tirikchiligini ko’rib, xursandlik va margub ishlarini o’zimiznikiga qiyos qilib olmogimiz kerak”.

U bu erda Rossiya tarixi, adabiyoti xaqida ko’proq bilishga intiladi. Toshkent erlar gimnaziyasining direktori, “Turkiston viloyatining gazeti” redaktori N.P.Ostroumov bilan tez-tez muloqatda bo’lib turadi.

Furqat o’z taassurotlarini ko’pchilikga etkazish uchun “Turkiston viloyati gazeti”dan unumli foydalanishga xarakat qildi. Shoirning gimnaziya xaqidagi taassuroti gazetaning 1890 yil 11 aprel’ sonida bosildi. Bu Furqatning matbuotda birinchi ko’rinishi edi. Gazetaning !%-sonida (17 aprel’) esa uning “Gimnaziya” she’ri e’lon qilindi. U ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlar yozib, ilgor goyalarni targib qilar ekan buni matbuot minbaridan turib amalga oshira boshladi. Uning “Ilm xosiyati”, “Akt majlisi xususida”, “Nagma-bazmi xususida” va uch bo’limdan iborat “Vistavka xususida” tsikli, kattagina xajmli “Suvorov” (prof. ¢.Karimov dostoni deb yuritgan) masnaviy va boshqa asarlari birin-ketin e’lon qilinadi. Hamda ularning nasriy bayoni rus gazetxonlariga etkaziladi. Gazetaning qator sonlarida shoirning “Furqatnoma”si bosiladi.

Gap shundaki, Furqat 1890 yil aprel’ oyida “Turkiston viloyatining gazeti” redaktsiyasiga ishga kiradi. Gazeta redaktori N.P.Ostroumovning kundalik daftaridagi o’sha vaqtlarga oid quyidagi so’zlar diqqatga sazovordir. “Tarjimon Sattorxon Abdulgaffurov kasal bo’lib qoljdi... Bugun men shoir Furqatni taklif etdim xamda u bilan xamkorlikda gazetaning yangi sonini tayyorladim”.

Demak Furqat jurnalist!

Furqat gazetada qariyib bir yilga ishlaydi, xolos. Ammo bu qisqa muddat shoir ijodiy faoliyatida esa barakali, ijtimoiy faoliyatida esa qizgin va sermazmun davr bo’lib qoldi.

1891 yil 14 mayda Furqat Toshkentdan Samarqandga jo’naydi. Safar o’z oqibatiga ko’ra qator xorijiy mamlakatlarga borishning birinchi qadami bo’libgina qolmay, ona o’lkadan batamom chiqib qolishning bosh sabablarini ob’ektiv vokelikdan qidirish shoir bilan uning dunyoqarashi, ijodiy faoliyati bilan xukmron doiralar va reaktsion ruxoniylar o’rtasida yuzaga kelgan kuchli ziddiyatdan izoxlash real xaqiqatga muvofiq keladi... (To’plam ¢.Karimov maqola)

Shoir Samarqandda bir yarim, ikki oycha turib, 1891 yilning iyulida Buxoroga o’tadi va sayoxatini davom ettirib, Kogonda poezdga o’tiradi. “Andin to’gri Marv va Ashxobod va Boku va Botum tarafi birla Istanbulga keldim” deb yozadi maktublaridan birida.

1891 yil noyabrida Istambuldan yozgan xatida Furqat “Emdi mundin buyon Yunon mamlakatlarini va Iskandariya va Misr va Shom taraflarini sayoXat” qilish niyatini bildirdi. Shunga ko’ra 1891 yil oxiri va 1892 yil boshlarida Bolqon yarim oralidagi Bulgoriya va Gretsiyaga borib, qator shaxarlarda bo’ldi va yana stambulga qaytadi. Bu sayoxat vaqtida shoirning 16 baytli masnaviy va 72 baytdan iborat she’riy xikoyat doston yaratganligi ma’lum.

1892 yil mart oyi o’rtalarida safarni davom ettirib, Istanbuldan arab o’lkalariga borgan shoir, o’sha yilning sentyabrida Bombeyga keladi. Olti oyga davom etgan bu sayoxat Furqat ijodida chuqur iz qoldirdi. Shoir asarlarida Vatan temasi, ona yurtni soginish, unga intilish va gurbat musibatlari motivlari etakchi bo’lib qoladi. Bu, ayniqsa, uning “adashganman” (P-tom, 75-bet). Radifli 94 misradan iborat gazal-muxammaslar tsiklida ravshan seziladi.

Furqat Hind o’lkasida ko’plab lirik gazallar, muxammaslar, nasriy va she’riy maktublar yaratgan. Ulardan biri “Kashmirli qiz” deb yuritiluvchi gazaldir. (1-tom, 25-bet) Hind go’zalining xusnu latofatini romantik ko’tarinkilik bilan madx etuvchi, badiiy jixatdan barkamol bu gazal “Vatan va gurbat” mavzuyi bilan ulanib ketadi.

Furqat qish faslni Hindistonda o’tkazib, 1893 yilning boshlarida Hindistondan Tibet orqali Xitoyga o’tdi va Xo’tan shaxriga keldi, unda bir necha vaqt yashab, Yorkent shaxriga o’tdi va shu erda turgun bo’lib qoldi.

Shoir Yorkentda qariyib 16 yil umr kechirdi. U bu erda Yonaxon ismli uygur qiziga uylanib, undan uch farzand-Nozimjon, Hakimjon, Nodirjon ismli o’gillar ko’rdi.

Furqat uzoq muddat chet ellarda yashagan bo’lsa xam, xech qachon o’z vatanini unutmadi. U umrining oxirigachsa Qo’qon, Toshkent, Andijon, Margilon va boshqa shaxarlardagi do’stlari bilan xat orqali aloqa qilib turdi, “Turkiston viloyati gazetasi” bilan xam aloqasini uzmadi. Uning she’rlari, maqolalari, xabarlari bu gazeta saxifalarida bosilib turdi. Furqat Yorkentda badiiy ijod bilan birga (Bu erdagi ijodi bizgacha to’liq etib kelmagan) tabobat (meditsina) ilmi nujum (astronomiya) bilan shugullangan.

Furqat 1909 yilda Yorkend shaxrida muxojirlikda vafot etdi. (Tamoq ogrigi “Gulxan” jurnali).





Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə