O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə62/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Nuri dili ahli bashorat edi,
Har fan aro ancha mahoratedi.
Ahli fasohat aro sohib husun,
Olami dahr ichra edi zufunun.
Nishotiy o’z dostonida xalqni ma’rifatga emas, balki jaholatga sudrayotgan noqobil shaxslarning kirdikorlarini fosh qilish maqsadida, podshohning olimlar, shoirlar, sozandalar bilan hamkor suhbatidan g’azabga kelgan jaholatparast — vazir timsolini yaratadi. Vazir podshohga ma’rifat ahlini: “Ayri tariq”, “Mardud shariat” deb yomonlaydi.
Podsho bunday yaramas o’gitlarni mulohaza qilish va shayx-vazirga odillik bilan javob aytish o’rniga, uning aytganlarini bajonidil qabul etib, o’sha ilm-ma’rifat ahllarini ranju uqubatga giriftor qiladi. Nishotiy bu holdan qattiq iztirobga tushdi va u el holiga achindi. Shuning uchun ham u xalqni adolatsiz podshohlardan yiroq turishga chaqirib, bunday deydi:
Kimki qilur qurbati shohni havas,
Qahr o’tiga yong’usi andekki xas.
Shohdemak kimsaki aylar havas,
Oxir anga oh bo’lur hamnafas.
Bu bilan Nishotiyni umuman podshohlardan voz kechgin, degan, xulosaga kelgan deyish mumkin emas. Nishotiy ham Alisher Navoiyning odil, insonparvar va ma’rifatparvar podshohlar haqidagi fikrlarini davom ettirgan holda ma’rifatparvar podshohlarning timsollarini ham tasvirlaydi.
Shunisi muhimki, Nishotiy kishilarni har qanday og’ir vaziyatda chidam va sabot bilan ijodiy mehnat qilishga da’vat etarkan, mehnat yoshlarni axloqiy tarbiyalash vositasi ekanligini ta’kidlaydi. Shoir ma’rifiy-insonparvarlik qarashlarida halol mehnat bilan jamiyatdagi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilarni ulug’lab, ehtirom ila tilga oladi va birovlarning manglay teri hisobiga kun ko’ruvchilardan esa nafratlanadi:
Zulmat aro chekmasa zahri mamot,
Topmog’usi ul kishi obi hayot.
Mehnat aro bulmasa kimga qaror,
Davlat ichra bermagusi e’tibor.
Xullas, Muhammadniyoz Nishotiy o’z davrida go’zal odob-axloq va so’z san’ati uchun fidoyilik bilan kurashib, eng yaxshi axloqiy va ma’rifiy g’oyalarni targ’ib qildi. Mutafakkir jamiyatning taraqqiyoti uchun ilm-fanning rivoji eng zarur omil deb tushundi. Bu omil jamiyatda ijtimoiy-tarbiyaviy fikrning o’sishiga, mehnatning engillashishiga xizmat qiladi. Bu g’oya yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, “Husn va Dil” dostonida Fuod (Dil), Husn va Nazar timsollarida o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham shoirning mazkur dostoni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda muhim rol o’ynaydi. Bu doston asosida axloqiy-ta’limiy yo’sindagi darsliklar vujudga kelgan. Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan qo’qonlik ma’rifatparvar shoir, muallim Mirzo Xayrullo o’zi ochgan maktablar uchun Nishotiyning “Husn va Dil” dostonidan ijodiy foydalanib, “Gulshanul xayol” nomli darslik yaratgan. U dostonning syujeti va timsollarini qayta ishlab, bolalarning yoshi va bilim saviyalariga moslashtirgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin