1.
Ekspertimental psixologiyaning rivojlanish bosqichlari.
Gerbart garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini
isbotlagan bo`lsa ham, lekin uning o`zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo`yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-
1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi
ta’sirotlar (fizik omillar) ta’sirida sezgilarning o`zaro munosabatlari
sohasidagi qonuniyatlarni
topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni
qo`zg‘atuvchi ta’sirlar o`rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo`zg‘atgich logarifmasiga
proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexner o`tkazgan tajribalar
"Psixofizika" degan alohida fanning paydo bo`lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo`lib
psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini
isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan
psixologiya endi aniq fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm
Vundt (1832-1920)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va
o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt
eksperiment va o`lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani
izoxli fanga aylantirishni
maqsad qilib qo`ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo`lib qolgan bir qancha
metodlarni, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi xamda
rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini
tashkil qildi.
Vundt shug‘ullangan masalalardan biri o`sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan
diqqatni bir vaqtda ikkita xar xil ko`zgatuvchiga to`plash mumkin emasligi haqidagi masala edi.
Bu xodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida
mayatnik o`ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo`lingan yoy atrofida
xarakatlanadi va xar bir ma’lum vaqtdan keyin shig‘irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun
kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo`shimcha vosita sifatida turdosh
fanlar, ayniqsa fiziologiya,
astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan
ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaxarlarida
xam, shuningdek, boshqa mamlakatlarda xam, jumladan Frantsiya, Angliya va Amerikada
laboratoriya xamda institutlar tashkil qilindi. X1X asrning oxirida
Rossiyada xam bir qancha
eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, qozonda –
Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva
universiteti xuzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov raxbarligida eksperimental
psixologiya instituti tashkil qilindi.
Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi –
tabiiy eksperimental metod ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar
psixologiyasini o`rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini
ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir
ko`rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o`z-o`zini kuzatish yo`li bilan aniqlash qiyin
bo`lgan yoki butunlay mumkin bo`lmagan ko`p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik xodisalar
o`rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan,
psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira
sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo`li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur) ning
aloxida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik xodisalar bilan, shuningdek
tashqi fizik muxit xamda ijtimoiy muxit bilan bo`lgan bog‘lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning
usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida – o`quv
tarbiya ishlarida,
meditsinada, mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko`p
foyda keltirdi.
Shunday qilib, eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar vositasida psixik
xodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o`zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga
ulkan hissa qo`shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo`lishgan. Bugungi kunda esa
taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o`rganish sohalarini egallamoqda. Psixologik metodlarning
rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o`zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan
xam chambarchas bog‘liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o`rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va
yosh xususiyatlarini bilgan xolda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan o`rganishdan iborat.
Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi.
Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruxi haqida ma’lumot olinadi,
eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi.
G.Ebbingauz xotira jarayonini o`rgangan. Materialtii mustahkamlashga bo`lgan
qiziqishning bo`lishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog‘liq
bo`ladi, Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan bo`lib, unutish materialni yod olingandan keyin
darhol ayniqsa tez ro`y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‘liqligini tajriba orqali aniqlagan. To`plangan
natijalarning ko`rsatishicha, materialni yod olgandan so`ng unutish sur'ati tez, keyinchalik esa u
birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma`nosiz ayrim bo`g‘inlarni o`ratish ustida olib borilgan
ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarniag ko`rsatishiga qaraganda, o`rganilgan narsalar bir soatdan
keyin unutiladi. Materialni o`zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash
natijasida unutish
sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog‘lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo`lgan
narsa va hodisalarning o`zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo`qoIib boradi. Vaqtning o`tishi bilan
birmimcha unutilib ketilayotgan vaqtli bog‘lanishlarni, ya'ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash
jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi.
G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o`tkazilgan juda ko`p tadqiqotlarning
ko`rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning qanchalik
anglanllganligiga bog‘liqdir. Material qanchalik mazrnundor anglanilgan tushunib olingan bo`lsa,
u holda unirtish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish
avval tez sur'atda bo`lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o`zlashtirish. yoki
esda olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoilyatiiing maqsadi bilan bog‘liq bo`lsa, bu
material sekin unutiladi. Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga
teskari proporsional xususiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: