59
munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy
xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan
intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.
Demak, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb
muammolariga bag’ishlanishi zarur.
Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni
jonli muloqotga undash
muhimdir.
O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish
metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini
hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa
metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.
Lekin o’quvchilarni faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan
turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo’lmaydi.
Bunda mashqlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy
xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi.
Rag’batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi.
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o’z-o’zini shakllantirishga doir
shaxsiy dasturlarni loyihalash, o’quvchilarni qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirish
monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida)
kabi tarbiyaning zamonaviy
texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Hozirgi davrda yoshlar o’rtasida tobora ommaviylashib borayotgan
«Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O’yla, izla, top!» kabi o’yinlar
ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o’quvchilarning ma’naviy-
axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl,
metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik
an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Bu borada tarbiya jarayonida o’quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy,
jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion
metodlar samarali
natijalar beradi. Bunday tarbiya o’quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko’ra
bilish, o’zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo’lini to’g’ri belgilash, axloq,
e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to’g’ri anglash, ijtimoiy hayotda turli
vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o’quvchi-yoshlarning
faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’zgalar
60
fikrini hurmat qilish, ishontirish, o’z
fikrini asoslash, munozarada qatnashish
mahorati paydo bo’ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg’ularini jilovlay
olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O’z ishiga ma’suliyat hissini shakllantirib,
ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish,
ko’ngilochar, tashxisli, ishchan va harakatli o’yinlar, ziddiyatlarni hal etishning
turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy),
rag’batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid) -
bularning barchasini insonparvarlik g’oyalari asosida olib
borish ijobiy natijalar
beradi.
Dostları ilə paylaş: