Tayanch so‘z va iboralar:
barkarorlik koidasi, takrorilik, reklama matni
psixografikasi, reklamadagi illyustratsiya psixotexnologiyasi, shior psixologiyasi
va reklama matni sarlavhasi reklama matni psixolingvistikasi, sintaktik kurilishi
Nazorat savollari:
1.
Reklama matnida tanlangan jumlalarda ritm mavjudmi?
2.
Reklama axboroti potensial istemolchiga kanday ruxiy pazitsiya olishni
tavsiya qiladi?
3.
Reklamadagi illyustratsiya psixotexnologiyasi qanday xususiyatlarga ega?
REKLAMA MAHSULOTLARIDA BADIIY QIYOFANI SHAKLLANTIRISH
Reja:
1.
Reklama mahsulotlarida qaxramon qiyofasini shakllantirish jarayoni
2.
Reklama mahsulotini tayyorlashda ijodiy jarayonni tashkil etish
Reklama mahsulotlaridagi badiiy qiyofaning asosiy tavsifi uni harakatga
keltiradigan g‘oya-rejasining tug‘ilishi, uning reklama tizimidan o‘rin olish va
nihoyat iste'molchi idroki bilan bog‘liq jarayonlar tavsifi bilan to‘ldirilishi lozim.
Mazkur bosqichlarning har biri muayyan vaqtda amalga oshadi. Bu bosqichlar
orasida reklama mutaxassisi g‘oya-rejasi va uning sifati ko‘p jihatdan asarning
istiqbol taqdirini belgilab beradi. Reklama mahsulotlaridagi badiiylik o‘zida
voqyelikning ichki va tashqi, yakka va umumiy tomonlarini singdirgan bo‘ladi.
Badiiy reja-g‘oya muallif miyasida avval boshdanoq mavhum tushuncha tarzida
emas, balki jonli taassurotlar, voqyea-hodisalar bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Fikr-muddaoni amalga oshirish g‘oya-rejaning o‘zidanoq boshlanadi.
Reklama mahsulotlaridagi badiiylik shaxsiy his-tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan
taqdirdagina uni reklama bilan o‘zaro aloqani davom ettirishga undaydi. Reklama
mahsulotida inson kechinmalari va tuyg‘ulari aksi sifatida ruhiy holat badiiy
ijodning asosiy belgisidir.
Badiiy tasavvurda rejalangan qiyofalar doimo reklama beruvchining estetik
orzusiga, uning go‘zallik va mukammallik haqidagi o‘y-fikrlariga mutanosib
bo‘ladi. Badiiy ijod jarayonida tasavvur kelajakni orzu-umidlar orqali oldindan
payqash vazifasini ado etadi. Badiiy tasavvur tarkibida insonning orzu-umidlari,
intilishlari va ehtiyojlari mavjud bo‘ladi. Shu bois tasavvur ijod uchun
rag‘batlantiruvchi, birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
San'atda voqyelik badiiy to‘qimasiz, to‘qima esa voqyeiy hodisalarsiz aks
etmaydi. Voqyelik xayol-tasavvur hosil qiladi. Bu xayol-tasavvurlarga o‘y-xayol
nafasi «jon» kiritadi. Puxta o‘ylangan, oylab, yillab miyada qiyomiga yetgan
tasavvurlar mahsulining ma'nodorligini kuchaytiradi. San'atkor tasavvur yordamida
ongidagi hayot tafsilotlarini, qahramon xulq-atvori ikir-chikirlarini, uning tashqi
ko‘rinishini va boshqa xususiyatlarini qayta tiklab olishi mumkin.
Shuningdek, shaxsning ruhiy olamiga ta'sir etish, uni badiiy-nafosatli jihatdan
yuksak pog‘onalarga olib chiqish nafosatli idrokning asosiy muammolaridan
hisoblanadi. Mazkur muammo esa o‘z navbatida insonning voqyelikka xissiy-aqliy
munosabati hamda uning nafosatli tarzda idrok etish qobiliyatiga, asar
qahramonlarining kechinmalarini xis qilish layoqatiga hamda ularni ongli tarzda
mushohada etish madaniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, badiiy idrokning
mazmuniga daxldor bo‘lgan badiiy qadriyatlar yaratish jarayoniga zamonaviy-
tarixiy bosqichlardan kelib chiqqan holda nafosatli nazariyalar asosida munosabat
bildirmoq maqsadga muvofiq sanaladi. Negaki, badiiy asar millat ravnaqi uchun
qanday hissa qo‘shadi, u millat badiiy tafakkurini o‘stirishda qanday ahamiyat
kasb etishini to‘g‘ri anglamoq uchun ham nafosatli nazariyalarga murojaat etish
o‘rinli bo‘ladi. Vaholangki, ana shu jihatlarga ko‘ra badiiy idrok insonning hayotga
nisbatan bo‘lgan qiziqishini doimo kuchaytirib boradi va o‘zi ham shu asosda
rivojlanadi.
|