O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «geografiya»


Manfaatlar odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish



Yüklə 8 Mb.
səhifə51/116
tarix11.11.2023
ölçüsü8 Mb.
#132326
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
3 bosqich uchun IBAO\'M fanidan UMK 25 08 21 Microsoft Word

Manfaatlar odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishi.

  • Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlatning iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bo’lgan bozor mexanizmiga keng yo’l berish.

  • Ijtimoiyiqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi subektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishi.

  • Monostrukturali iqtisod bir mulk shakli hukmron bo’lgan tizim.

  • Polistrukturali iqtisod mulkchilikning turlitumanligi va ularning huquqiy tengligiga asoslangan iqtisod.

  • Ierarxik boshqarishga asoslangan iqtisod iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solishni yakka boshliq hokimligiga tayanadigan axborot olish, buyruq va topshiriqlar asosida olib boriladigan iqtisodiyot.

  • Aralash iqtisodiyot mulkchilikning turlitumanligi, ularning tengligi, aralash tartibda boshqariladigan, iqtisodiyotni tartibga solishda ma’lum chegarada davlatning aralashuvini taqozo qiladigan iqtisod va hokazo.

    Umuman olganda, 1520 kishidan iborat guruh uchun bir necha bosqichga etarlicha savol tayyorlash lozim
    «Zakovat» o’yini Bu o’yinni talabalar shu nomdagi teleko’r
    satuvdan ham yaxshi bilishadi. O’qituvchi uni o’rganilayotgan mavzuga moslashtirishi kerak. U mavzuning muhim tushunchalari, muammolari borasida qiziqarli savol, masala tayyorlab. Konvertlarga solib, stol ustiga qo’yadi. Javoblar alohida konvertga solib olib qo’yiladi. Talabalar kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh vakili konvertlardan birini tanlab olishi kerak. Savolni muhokama qilib, tayyorlanish uchun 1 minut vaqt beriladi. Guruh savolga to’g’ri javob bermasa, o’qituvchi boshqa talabalarga murojaat qiladi. Hamma o’z fikrini aytib bo’lgach, o’qituvchi to’g’ri javobni o’qib eshittiradi. O’z vaqtida to’g’ri javob berganlarga ball beriladi.

    Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:

    Savol:
    Mening ish haqim oshsa menga yaxshi. Agarda barcha tarmoqlarda ishlayotgan kishilarning ish haqini oshirishga erishsalar bu butun mamlakat iqtisodiyoti uchun yaxshimi?
    Javob:

    Mamlakat miqyosida ish haqining mehnat unumdorligiga nisbatan oshishi inflyatsiyaga olib keladi (chunki ish haqi asossiz o’sganda real daromadlar pasayadi).
    Savol:

    «Molsizlikdan qashshoq bo’lsang ham, aqldan boy bo’lishga harakat qil, chunki mol bilan boy bo’lgandan, aqliy tomondan boy bo’lgan yaxshiroqdir: aql bilan mol to’plasa bo’ladi, ammo mol bilan aql to’plab bo’lmaydi. Johil tezda kambag’allashadi, ammo bilgilkim, aql bir qimmatbaho narsaki, uni o’g’ri olib keta olmas, o’tda yonmas, suvda oqmas». Bu kimning o’giti va qaerda yozilgan?
    Javob:

    Bu hikmat XI asrda yashab o’tgan Kaykovusning o’g’liga bag’ishlab yozgan tarixiy asari
    «Qobusnoma»da bayon qilingan. («Qobusnoma», T.: «O’qituvchi», 1973, 29bet. )
    Savol:

    Agar bir firma egasi o’z ishchilari ish haqini pasaytirsa, uning xarajatlari ham kamayadi bu uning uchun yaxshi. Agar hamma tadbirkorlar shunday qilishsa bu mamlakat miqyosida hamma tadbirkorlar uchun yaxshimi?
    Javob:

    Ishlab chiqarilgan tovarlarni sotilishi qiyinlashadi, tanglikka olib keladi, chunki ishlovchilarning xarid qilish qobiliyati pasayadi.
    Savol:

    Men qonunlarimizni o’rganib chiqib, soliq to’lamaslikni yoki kam to’lash yo’lini topdim bu men uchun yaxshi (daromadim ortdi). Hamma shunaqa yo’l topdi bu aholi uchun yaxshimi?
    Javob:

    Bu hol davlat byudjeti daromadlarini keskin kamayishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida byudjetdan turli ijtimoiy dasturlarni, milliy xavfsizlikni ta’minlashni, mudofaa, boshqarishni amalga oshirish imkoniyatlarini keskin pasaytiradi.
    Bu o’yinni tashkil etish uchun talabalarning o’zlari qiziqarli, iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan savollarni tayyorlab kelishlari yoki mashhur kishilarning iqtisodiyot haqidagi fikrlarini topib, savol berishlari mumkin.
    Savollar asosida darslarni“O’yla, izla, top”, “Qilni qirq yorib”, “Kim millioner bo’lishni xohlaydi?”, “Intellektual ring”, «Mo’’jizalar maydoni» va boshqalar kabi tashkil qilish mumkin.
    Tahliliy hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ham amalda savollar yordamida erishiladi.
    O’quvchi, talabalar xotirasini mustahkamlash va ularni ijodkorlikka o’rgatish maqsadida fanga, uning biron bo’limiga, mavzusiga oid krossvord va skanvord tuzishni topshirish ham o’zining ijobiy natijasini beradi.


    4. Suhbat metodini qo’llab dars o’tish.

    Savoljavob odatda darsning og’zaki metodi hisoblanadi. Og’zaki javobga asoslangan yana bir metod, suhbat metodidir. Uning keng tarqalgan shakli hikoya va bayon qilishdir.


    Og’zaki uslubdagi darsning maqsadi bilim berish, o’rgatish, axborot berish, o’zi olgan axborotni, bilimni yoki fikrni boshqalarga etkazish bo’ladi. Bayon etish, hikoya qilish deb, o’quv materialini monolog tarzida bayon qilishga aytiladi. Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg’ulotlarda, maslahat darslarida keng qo’llaniladi. Bunda bilim o’qituvchi tomonidan ma’lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o’quvchitalabalar ruhiyatiga ta’sir etadigan tarzda etkaziladi. Hikoya odatda o’quvchitalabalarni yangi mavzuni, materialni o’zlashtirishga tayyorlash uchun kirish so’zi tarzida bayon qilinadi. Materialni, mavzu mazmunini esa hikoya tarzida bayon qilinadi.
    Bu metodning samarasi, asosan, o’qituvchi mahoratiga, uning ta’sirchan, tushunarli, diqqatni tortadigan emotsional bayon qilishiga, har bir so’z, ibora uning ko’zida, chehrasida qanday ifodalanishiga bog’liq. Hikoya, talabalarning intellektual darajasiga mos bo’lishi lozim.
    O’qituvchi ushbu metod asosida dars o’tishga tayyorlanar ekan, zarur materialni, mavjud sharoitda eng yaxshi maksimal natijaga erishish uchun metodik usullar tanlaydi. Ko’pincha xotirada qoladigan usullar qo’llaydi. Taqqoslash, solishtirish, o’xshatish, xulosa chiqarish kabilar xotirada qolishga yordam beradigan usullardir.
    Hikoya qilish mashg’ulotlarda o’qitishning boshqa metodlari bilan ko’rgazmali vositalar bilan olib borganda yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari hikoyada qanday voqea, hodisa, dalillar, kishilar bayon qilinayotgani ham katta rol o’ynaydi.
    Talabalar ham amaliy mashg’ulotlarda o’qituvchi tomonidan berilgan savolga shunday hikoya tarzida bayon qilish bilan javob beradilar.
    O’quv jarayonida qo’llaniladigan suhbat, ya’ni qo’yilgan savolga atroflicha, aniq, tushunarli javob berish bilan suhbatdoshning diqqati masalaning turli jihatlariga qaratiladi.
    Suhbat didaktik jarayondagi eng ko’hna metodlardan hisoblanadi. Suhbat unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o’qish, o’rganishga istak tug’diradi. Shu bois keng tarqalgan.
    Suhbatning afzallik tomoni shundaki, u fikrlashni maksimal darajada faollashtiradi, bilish jarayonini boshqarish imkonini beradi, buning uchun sharoit yaratadi.
    Keyingi paytda uning hozirgi talablarga javob beradigan shakli sifatida dars berishda
    «intervyu berish», usullaridan keng qo’llanilmoqda. Bu usulda bir talaba intervyu oluvchi rolini bajarsa, ikkinchisi intervyu beruvchi sifatida qatnashadi. Natijada talabalar faolligi oddiy suhbat tarzida o’tkazilgan darsga qaraganda ancha yuqori bo’lishiga erishiladi.
    Tajriba shuni ko’rsatadiki, suhbat metodini qo’llash orqali:

      • o’quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash;

      • yangi o’quv materiali bilan tanishtirish;

      • egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish;

      • egallagan bilimlarni qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng keladigani yo’q.

    Suhbat asosida dars o’tishning boshqa barcha uslublarga o’xshab, o’ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud.
    Ular quyidagilar:

    Afzalliklari:

    1. Darsda qo’yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi.

    2. Talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan faollashtirish.

    3. Har bir talabaga savol bilan murojaat qilish orqali, darsda faol qatnashishni ta’minlash ko’rsatkichini oshirish.

    4. Birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida guruhni boshqarishni praktikada qo’llash.
    Kamchiliklari:

    1. Talabalarning soni cheklangani, 2530 tadan oshmasligi.

    2. O’qituvchidan ko’p kuch, asab, mahorat talab qiladi.

    3. Savollar muhokamasi ko’p vaqt talab qiladi.

    4. Talabalardan ma’lum darajada bilim, tushuncha bo’lishini talab qiladi. Guruhdagi talabalar yangiliklarni, o’zgarishlarni bilishi,darsga puxta tayyorlanib kelishlari kerak. Bo’lmasa darsga qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi.



    Javoblarni qanday baholash kerak?





    1. Yüklə 8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin