Tolerantlik xususiyatini o’rganishda milliy an’analarga, milliy qadriyatlarga va milliy madaniyatga e’tibor berish kerak. Xalqimiz tolerantligi O’zbekistonda milliy hamjihatlilik ruhini tarkib toptirdi. Turli millat vakillari O’zbekistonni o’z vatani deb his eta boshlab, milliy, madaniy, diniy munosabatlari va e’tiqodini namoyish etishda keng imkoniyatlarga ega bo’ldilar. Bu esa hamjihatlik, bag’rikenglik kabi tolerantlik xususiyatlarini shakllantirish imkonini yaratdi. .
Ma’lumki, bugungi kungacha juda ko’plab ilg’or ijtimoiy psixologiya vakillari, pedagoglar, faylasuflar, sotsiologlar tomonidan shaxslarda bag’rikenglik (tolerantlik)ni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari muammosini o’rganishga bag’ishlangan talaygina tadqiqotlar olib borilgan. Mazkur muammolarni 20-asrning 2-yarmida jadal sur’atlarda o’rganila boshlandi. G’arb va sharq olimlarning bag’rikenglik tajribasi B. Barber, Dj.Berri, M.Plizent, A.Teshfel, M.Uoltserlar tomonidan etnik xususiyatlari; faylasuflardan R.Valitov, V.Shalin, V.Garadja, Yu.Luxovitskaya tomonidan falsafiy xususiyatlari; M.Lado’jets, V.Sokolovlar sotsiologik tadqiqotlarida bag’rikenglikning etnomadaniy xususiyatlarini, V.Lektorskiy bag’rikenglikni qadriyat sifatida; V.Shalin siyosiy zarurati sifatida; A.Asmolov, M.Mirimanovalar psixologik xususiyatlarini; G.Soldatova, T.Stefanenko, N.Lebedeva, V.Tishkovlar; etnopsixologik xususiyatlarini.
O’zbekistonlik olimlarV.Karimova, A.Begmatov, Z.Qodirova, A.Sharipov, B.Farfiev, S.Otamurotov, M.Xadjieva, A.Saidov va boshqalarning tadqiqotlarida bag’rikenglik tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, muqaddas Islom dinida bag'rikenglik masalasi o'zining ilk davridayoq namoyon bo'ldi. Jahon dinlarining ichida faqat Islomda e'tiqod erkinligi ochiq-oydin e'lon qilingan. Bu borada Qur'oni karimning Baqra surasini 256 oyatida shunday marhamat qilingan: «Dinda majburlashlik yo'q....». tamoyillariga asoslangan holda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va ajdodlarimiz hamda buyuk siymolarimiz asarlarida (A.Navoiy, A.Temur, az-Zamaxshariy, Abu Lays as-Samarqandiy, Imom al-Buxoriy, Moturudiy kabilarning asarlarida bag’rikenglik masalalariga, milliy, diniy, siyosiy bag’rikenglikka alohida to’xtalib o’tiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida bag’rikenglik masalalari keng o’rin olgan. Bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuygʻulari, fikrmulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi.