O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat univеrsitеti pеdagogika kafеdrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə3/8
tarix20.09.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#117881
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagog.konflekt 3-k 11-dars 2-semstr 2022y

Tolerantlikni zamonaviy tushunish va anglash jarayonlari 20-asrning so’nggi choragidan boshlangan. 1995-yili 16-noyabrda Parij shahrida YUNESKO tashkilotining yigirma sakkizinchi Sessiyasida dunyning 185 davlatlari ishtirokida ”Tolerantlik tamoyillari Deklaratsiya”si imzolandi.

Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Hozirda Qo‘mita qoshida 138 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritadi. Ayni paytda, dunyo bo‘ylab avj olayotgan terrorizm to‘lqini, uyushgan jinoyatchilikning o‘sishi, shaxslararo nizolarni, biznes yuzasidan kelishmovchiliklarni qurol yordamida hal qilishga urinishlar, shubhasiz, tolerantlik tamoyillarining qaror topishiga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kun jamiyatda tolerantlik muhitini shakllantirish harakatlari tobora kuchayib bormoqda. Barchaga tolerantlik muammosining dolzarbligi ayon bo‘lganligi sababli bu muammoning yechimiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin