Qiziqish - shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat yo‘nalishining ongli shakli.
Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus
tashkil etilgan pedagog va talabalarning maqsadli o‘zaro munosabatlari. Pedagogik malaka – muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan
mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik texnologiya – 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali
va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning o’z
luksiz o‘zaro bog‘langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim-tarbiya metodlarini u yoki bu to‘plamini
qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogning o’z luksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimidir;
3)ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro
hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash hamda
belgilashning tizimli metodidir.
Pedagogik faoliyat –ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning
alohida turi
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg‘or va yangi pedagogik tajribalarni o‘rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar holatini aniqlash;
bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni eksnerimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik
voqelikni yaratish modellarini o‘rnatish; loyixa satxi- pedagogik faoliyatning nazariy
konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o‘quv
reja, dastur, darslik va o‘quv ko‘planmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish;
yaratuvchilik satxi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish
maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik to’z atma (korrektirovka) satxi - ilmiy
tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash.