O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
38 
47 


18. Metamorfizm qanday turlarga ajratiladi? 

– ma‘ruza. Mavzu: TABIIY XAVFLI JARAYoNLAR VA 
ULARNING 
ATROF MUHITGA SALBIY TA‘SIRI 
Reja: 
 
4.1.Umumiy tushunchalar 
4.
2.Yerning ichki kuchlariga bog’liq xavfli jarayonlar 
4.3.Magmatizm 
4.4.Tektonik harakatlar 
4.5.Seysmik hodisalar (zilzilalar) 
Adabiyotlar3, 4, 10, 16, 19, 20, 21, 23, 24, 26, 27, 28, 29, 33,
34, 37, 38, 39, 40, 41, 43, 46, 49, 52, 54, 55, 60, 62,
64, 67, 68, 70, 71, 72, 74, 76, 79, 80, 81, 82, 83. 
 
Tayanch iboralar: tabiiy xavfli jarayonlar, ekzogen va endogen 
geologik jarayonlar, magma, magmatizm, effuziv va intruziv 
magmatizm, intruziya, batolitlar, shtoklar, lava, vulqon, gazsimon 
mahsulotlar, qattiq mahsulotdar, vulqon kuli, tektonik harakatlar, 
platforma, geosinklinal, zilzila, zilzila gipotsentri, ko’ndalang va 
bo’ylama to’lqinlar, dedudatsion zilzilalar. 
 
4.1.Umumiy tushunchalar. 
Yer po’sti uzoq tarixiy davrlar 
mobaynida o’z tarkibining ichki tuzilishini va tashqi qiyofasini 
to’xtovsiz o’zgartirib turgan. Bu o’zgarishlar yer po’stida va yuzasida 
sodir bo’ladigan geologik jarayonlar bilan bog’liq.
Tabiiy xavfli jarayonlar deb, yer po’stining tarkibini, tuzilishini, 
yotish holatini o’zgartiradigan hamda tog’ jinslarini hosil qiladigan, 
geologik jarayonlarga aytiladi. 
Tabiiy xavfli jarayonlar sodir bo’lish muddatiga ko’ra turlicha 
b
o’ladi: ayrimlari juda tez muddatda tugallanadi (vulqon otilishlari, 
zilzilalar) ayrimlari esa juda uzoq vaqt, uzluksiz, sokin bir necha million 
yillar davom etadi (tektonik harakatlar, daryolarning o’z o’zani va 
qirg’oqlarini yuvishi) va yerning tashqi qiyofasini va ichki tuzilishini 
o’zgartiradi. 
Tabiiy xavfli jarayonlar sodir bo’lishi uchun ma‘lum bir energiya 
manbai bo’lishi lozim. Energiya manbai bo’lib Quyoshning issiqlik 
energiyasi, Oy va Quyoshning tortish kuchi, yerning o’z o’qi atrofida 
aylanishi, 
yer qa‘rida radioaktiv elementlarning parchalanishidan ajralib 
chiqqan issiqlik energiyasi va yer qa‘ri jismlarning solishtirma og’irligi 
Tektonik uzi
lishlar bo’ylab hosil bo’lgan keskin harakat zilzila 
epitsentrida Yer yuzasini deformatsiyalanishiga (ko’tarilishi va 
cho’kishiga) olib keladi. Natijada turli uzunlikdagi, kenglikdagi, 
amplituda va yo’nalishdagi yoriqlarni hosil qiladi. Bunday hodisalar 
1885 yilda Oqsuv (Qirgiziston) va 1957 yilda Oltoy zilzilalari vaqtida 
kuzatilgan. 
Kuchli zilzilalarning ta‘siridan tog’ yonbag’irlarida va daryo 
vodiylarida ag’darilishlar (qulashlar) hamda surilishlar hosil bo’ladi. 
Zilzilalar tez-tez va katta kuch bilan s
odir bo’ladigan yer yuzaning 
qismlarini seysmik viloyatlar deyiladi. Seysmik viloyatlarga Tinch 
okeanining chekka qismlari, O’rta Yer va Qora dengizlarning 
qirg’oqlari, Kavkaz va Eron tog’lari, Hindikush, Pomir, Ximolay, 
Hindixitoy va Malay yarim orollari qarashlidir. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan zilzilalar, tektonik zilzilalar turiga kiradi. 
Tektonik zilzilalardan tashqari kichik maydonlarda denudatsion va 
vulqon zilzilalari sodir bo’lishi mumkin. 
Denudatsion zilzilalar tog’ jinsi massivlarining qulashi ta‘siridan 
hosil 
bo’lgan turtki natijasida hosil bo’ladi. Aksariyat bunday qulashlar 
yer yuziga yaqin chuqurlikda joylashgan yer osti bo’shliqlari tabiiy 
shiplarining buzilishi natijasida ro’y beradi. Denudatsion zilzilalar karst 
rivojlangan tumanlar uchun ham xarakterlidir. Lekin katta qulashlar yer 
yuzida vujudga keladi. Denudatsion zilzilalar ta‘siridan yer po’stida 
vujudga kelgan tebranma harakatlar uncha katta ta‘sirli bo’lmaydi va 
kichik masofalarga tarqaladi va ta‘sir qiladi. 
Vulqonlarning otilishi jarayon
ida ham zilzila paydo bo’ladi. 
Bunday zilzilalarga vulqon ostidan ko’p miqdorda lava oqib chiqishi 
natijasida hosil 
bo’lgan bo’shliqlarning buzilishi sababchi bo’ladi. Bu 
turdagi zilzilalar ham kichik maydonga tarqaladi va ta‘sir qiladi. 
Seysmik hodisalarni gidrotexnik inshootlar qurilishida hisobga 
olish zarur. Chunki zilzila ta‘siri natijasida inshootlarning 
mustahkamligi va chidamliligi (qo’shimcha kuch ta‘sir qilishi), 
inshootlarning asosni tashkil etgan tog’ jinslarining xususiyatlari va 
holatlari o’zgarishi mumkin. Masalan: zilzila kuchi ta‘sirida qumlar 
zichlanishi, gilli jinslarning holati va mustahkamligi o’zgarishi mumkin. 
Shuning uchun inshootlarni zilzila ta‘siriga nisbatan chidamli tog’ 
jinslari tarqalgan maydonlarga joylashtiriladi. Magmatik, metamorfik va 
cho’kindi qoyatosh jinslari inshootlarning ishonchli mustahkam asosi 
bo’ladi, lekin plastik holatda bo’lgan gilli jinslar va suvga to’yingan 
qumlar esa deyarli yaxshi mustahkam asos bo’la olmaydi, chunki zilzila 
zarbidan bu jinslarning holati 
o’zgarib suyulishi mumkin va inshootlar 
xalokatli deformatsiya berishi va shikastlanishi mumkin. 
39 
46 


bo’yicha bo’linishi natijasida hosil bo’lgan energiya xizmat qiladi. 
Energiya manbaiga qarab geologik jarayonlar ekzogen (tashqi) va 
endogen (ichki) turlarga bo’linadi. 
Tashqi xavfli tabiiy jarayonlar yer yuzasida sodir bo’ladi va 
haroratning kecha- 
kunduz va fasl davomida o’zgarishi, yomg’ir, qor 
suvlari ta‘siri, dengiz suvlarining ko’tarilishi va pasayishi, shamolning 
ta‘siri natijasida tog’ jinslari parchalanadi va bu parchalangan jins 
bo’laklari turli masofalarga tashiladi, yotqiziladi va yangi cho’kindi jins 
uyumlarini 
hosil 
qiladi. 
Tashqi 
xavfli 
tabiiy 
jarayonlarga 
organizmlarning skelet qoldiqlari va o’simlik qoldiqlaridan cho’kindi 
jins hosil 
bo’lishi jarayonlari ham talluqlidir. 
Tashqi xavfli geologik jarayonlar yer yuzasida ichki tabiiy xavfli 
geologik 
jarayonlar 
natijasida 
hosil 
bo’lgan makrorelefning 
tekislanishiga sabab bo’ladi, ya‘ni yuqori balandliklarga joylashgan tog’ 
jinslari parchalanadi, buziladi, turli tabiiy omillar yordamida tashiladi va 
relefning chuqur, pastkam yerlariga yotqiziladi. Natijada nisbatan 
tekislangan yuzalarni pasttekisliklarni daryo vodiylarini hosil qiladi.
Tashqi xavfli tabiiy jarayonlarga (keltirib chiqaruvchi sabablarga 
ko’ra) nurash, shamolning, oqar suvlarning, muzliklarning, 
dengizlarning, ko’llarning, botqoqliklarning, yer osti suvlarining va 
nihoyat odamlarning geologik faoliyati kiradi. 
Ichki xavfli tabiiy jarayonlar deyilganda, yerning ichki 
sferalaridan ajralib chiqqan magma massasining litosfera qatlamlaridagi 
harakati tushuniladi. Tog’ jinsi qatlamlarining burmalanishi yoki uzilishi 
natijasida yer po’stining ayrim qismlari yoriqlar yuzasi bo’ylab 
ko’tarilishi va bukilishi natijasida tog’ tizmalari va botiqliklarning hosil 
bo’lishi ham kiradi. Bu massaning bir qismi yer qobig’idagi yirik 
yoriqlar orqali yer yuziga sizib chiqishi mumkin. Yer po’stida harakat 
qilgan 
va yer yuziga sizib chiqqan magma massasi magmatik tog’ 
jinslarini hosil 
qiladi. Magma massasining litosfera yoriqlari bo’ylab 
harakati jarayonida, litosferaning ayrim qismlari qattiq qizdiriladi, 
atrofida joylashgan jinslarga eritmalar, gazlar, bug’lar katta bosim bilan 
ta‘sir ko’rsatadi va natijada jinslarning tarkibi, tuzilishi va yotish holati 
o’zgaradi. 
Shunday qilib, tabiatda hamma narsa uzluksiz harakatda va 
o’zgarishda bo’ladi. Bu o’zgarishlar uzaro ta‘sirda, ichki va tashqi xavfli 
tabiiy jarayonlar bir-birlari bilan uzluksiz qarama-qarshi kurashda 
rivojlanadi. Ichki va tashqi kuchlarning qarama- 
qarshiligi, o’zaro ta‘siri 
va birligi planetamiz tarixiy rivojlanishining dialektikasidir. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin