k
iradi. Ko’pgina olimlar ichki tabiiy jarayonlarni vujudga keltiruvchi
asosiy energiya manbai deb radiogen issiqlikni, ya‘ni yer paydo bo’lishi
jarayonida, to’plangan, og’ir, turg’un bo’lmagan
elementlarning
parchalanishi natijasida hosil
bo’lgan issiqlikni asosiy energiya manbai
deb hisoblaydilar. Yer qa‘rida hosil bo’lgan bu issiqlik energiyasi
jinslarning issiqlik o’tkazuvchanligi juda kichik bo’lganligi sababli juda
uzoq vaqt (milliard yillar) saqlanib qoladi.
Litosfera bilan mantiyaning chegara qismida termodinamik
muvozanat buzilsa (harorat ortsa yoki bosim kamaysa), o’ta zichlangan
moddalar suyuq holatda o’tadi. Suyulish
natijasida moddalarning
zichligi keskin pasayadi, hajmi katta miqdorga ortadi. Natijada bu
qizigan suyuq moddalarning litosferaga singib kirishi uchun sharoit
yaratiladi va suyuq moddalarning differentsiatsiyasi boshlanadi. Yer
qa‘rining bunday qismlaridan yuqorida joylashgan cho’kindi
qatlamlar
cho’ka boshlaydi, natijada toshqobiq jinslari sinib yirik yoriqlarni hosil
qiladi va suyuq qizigan moddalar bu yoriqlardan yer yuziga oqib chiqa
boshlaydi. Yerning bunday qismlarida botiq yuzalar hosil
bo’ladi. Bu
hodisalardan tashqari yer qobig’ining pasayishi ham V.Ye.Xainning
fikriga ko’ra, yer qa‘ridagi moddalarning zichlanishi ham sabab bo’lishi
mumkin.
Shunday qilib, yer qa‘ridagi moddalarning radiogen issiqlik
ta‘sirida uzluksiz o’zgarish jarayoni, yer yuzasida vulqon hodisalari va
yer po’stining harakati (tebranish) ko’rinishida o’zini nomoyon qiladi.
Ko’pchilik ichki jarayonlarni uzoq vaqt o’tgandan so’ng payqab olish
mumkin. Vulqon otilishi va zilzilalarni esa ularning namoyon bo’lish
vaqtida kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: