O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi


Minerallarning fizik xususiyatlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

2.3. Minerallarning fizik xususiyatlari. Minerallar fizik jism 
sifatida rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, solishtirma og’irligi kabi xilma-xil 
xususiyatlarga ega. 
10 
19 


 
1.4.Yerning zichligi va bosimi. 
Yer po’stini tashkil qilgan 
jismlarning zichligi 3,3 kg/sm
3
dan ortmaydi. Yerning chuqur qismlarini 
tashkil qilgan jismlarning zichligi bosim ortishi bilan ortib boradi. 
Olimlarning hisoblashlariga ko’ra mantiya va yadro chegarasida 
2900 kilometr chuqurlikda Yer jismlarining zichligi 5,7 g/sm
3
ga teng. 
Shu chegaradan bevosita pastda zichlik keskin ortib boradi va 9,3-9,7 
g/sm
3
ga yetadi. Yerning markazida jismlarning zichligi 12,2 
– 12,5 
g/sm
3
ga yetadi. 
Yerning ichki bosimi chuqurlik ortishi bilan ortib boradi va Yer 
po’sti bilan mantiya chegarasida 13 ming atmosfera, mantiya va yadro 
chegarasida 1,4 million atmosfera va Yerning markazida 3 million 
atmosferadan ortadi. 
1.5.Yer po’stining kimyoviy tarkibi. Hozirgi vaqtda olimlar 
o’rtasida Yerning po’stloklari va yadrosining kimyoviy tarkibi 
to’g’risida yagona bir fikr mavjud emas, Yerning kimyoviy tarkibi 
meteoritlar tarkibiga o’xshash deb, taxmin qilinadi. Lekin Yer po’stining 
tarkibi meteor jismlarining tarkibidan keskin farq qiladi. Bu farqni Yer 
po’sti bilan uning chuqur mintaqalari orasidagi element almashinuvi 
jarayoni bilan tushuntirsa bo’ladi. Ayrim hollarda Yerning ichkari 
qismidan Si, Ca, Na, K, Al va radioaktiv elementlar uning po’sti tomon 
ko’tariladi. Yer po’stidan uning ichkarisiga esa Fe, Mg, S va boshqa 
kimyoviy elementlar harakat qiladi. 
Yerning kimyoviy tarkibini XIX asrning 80-chi - yillarida 
amerikalik olim Klark birinchi bo’lib o’sha davrda ma‘lum bo’lgan 6000 
dona tog’ jinslarini o’rganib Yer po’stining kimyoviy tarkibini 
ko’rsatuvchi jadval tuzdi. Shu davrdan boshlab ko’pgina olimlar Yer 
po’stining kimyoviy tarkibini o’rganish bilan shug’ullandilar. Akademik 
A.Ye.Fersman, keyinroq A.P.Vinogradovlar tomonidan bir muncha aniq 
ma‘lumotlar olindi. 
Geosferalarning kimyoviy tarkibi to’g’risida ma‘lumot quyidagi 
jadvalda keltirilgan. 
Yer po’stining kimyoviy tarkibi vaqt birligi ichida doimiy emas , 
chunki Yer bir tomondan meteorit va chang ko’rinishdagi kosmik 
jismlar hisobiga o’zgarib turadi, ikkinchi tomondan Yer dunyo 
bo’shlig’iga geliy, neon, vodorod, azot va turli gazsimon elementlar va 
birikmalarn
i doimiy ravishda o’zidan tarqatib turadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin