177
moddalarning erishi ularning miqdori va tabiati tuproqning yutish qobiliyatiga
buning natijasida uning unumdorligiga katta ta‘sir koʻrsatadi.
Masalan, tuproq togʻ
jinslarining nurashi, yuvilishi, gidrolizlanishi kabi
hodisalar natijasida hosil boʻladi. Bunday jarayonlar oqibatida
kabi suvda erimaydigan oksidlar, ularning gidroksidlari va tarkibida metall boʻlgan
(
hamda
) eruvchan oksidlar hosil boʻladi. Tuproqdagi suvda
erimaydigan tarkibiy qismlarning gidrolizlanishi va ular orasida sodir boʻladigan
uzoq muddat davom etadigan oʻzaro koagulyatsiya
jarayonlari tufayli
strukturalangan koagulyantlar, ya‘ni oʻz xossalari bilan koagellarga yaqin gellar
(iviq moddalar) hosil boʻladi. Ana shunday har xil kolloid-kimyoviy jarayonlarni
uzoq vaqt davomida sodir boʻlishi xilma-xil tuproqlar paydo boʻlishiga
sabab
boʻladi.
Xuddi shunday, balchiqlarning paydo boʻlishi ham koagulyatsiya
jarayonining natijasidir. Koʻp daryolarning quyilish joylarida balchiqlar hosil
boʻladi. Daryolarning suvida juda koʻp organik gumin moddalar boʻladi, ular
minerallardan kelib chiqqan zarralarni daryo tubiga choʻkib ketishidan saqlab
turadi. Shu sababli ham suv ancha loyqa koʻrinishda boʻladi. Agar shu suv dengiz
suvi bilan uchrashsa dengizning shoʻr suvi tarkibidagi tuz ionlari ta‘siridan
koagulyatsiya sodir boʻladi. Natijada ekin uchun juda zarur unumdor tuproq hosil
boʻladi. Katta daryolarning (Nil, Missisipi, Volga, Don, Dnepr,
Amudaryo,
Sirdaryo, Dunay) quyilish joylarida ana shu tarzda unumli tuproqlar hosil boʻlgan
deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: