182
91-rasm. Sirt-faol modda molekulasining tuzilishi (a) va sirtda
joylashishi (b) sxemasi.
Lekin ―sirt-faol modda‖ degan tushuncha bu kabi keng ma‘noda
qoʻllanilmaydi, balki, ancha tor ma‘noda qoʻllaniladi.
Umumtomondan qabul
qilingan ta‘rifga koʻra sirt-faol modda molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda
ancha katta sirt-faollikka ega boʻlgan organik birikmalardan iboratdir. Bunday
modda molekulasining bir qismi suvga nisbatan
kuchliroq moyillik namoyon
qiladi, bu qismini gidrofil guruh tashkil etadi; 2-qismi uglevodorod radikali boʻlib,
u gidrofob guruhdan iborat. Spirt, fenol, karbon kislotalar, organik aminlar,
sulfokislotalar va ularning tuzlari ana shunday difil molekulalardan tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: