184
kislotalar, aminlar, alkilfenollar va boshqa organik moddalar) larga ta‘sir ettiriladi.
Masalan, polioksietilenlardan alkil spirtlarning hosil boʻlishini quyidagi reaksiya
tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
Alkilfenollarning polioksietilenlardan olingan efirlari kir yuvishda keng
qoʻllaniladi. Kolloid sirt-faol moddalarning ajoyib xususiyati shundaki, ular
termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil) dispers sistemalar hosil qila oladi.
Ularning muhim xarakteristikasi quyidagilardan iborat:
sirt-faolligi yuqori;
mitsellalar
hosil
boʻladigan
kritik
konsentratsiyadan
yuqori
konsentratsiyalarga ega boʻlgan liofil-kolloid eritmalar hosil qila oladi;
kolloid sirt-faol moddalarning eritmalarida solyubilizatsiya hodisasi
kuzatiladi. Bu hodisaning mohiyati quyidagicha boʻlib, agar biror sirt-faol
moddaning yetarli konsentratsiyadagi eritmasiga suvda erimaydigan organik
modda (boʻyoq, geptan, kerosin) solinsa, bu modda kolloid tarzda erib, tiniq
eritma hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: