8
oʻrganish uchun maxsus
tadqiqot usullari yaratilgan, masalan ultramikroskopiya,
nefelometriya,
ultrafiltratsiya,
elektron
mikroskopiya,
osmometriya,
viskozimetriya va boshqa tadqiqot usul (metod) lari yaratilgan.
Kolloid-kimyoviy jarayonlar qadimgi Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston,
Misr,
Yunoniston, Qadimgi Rimda qoʻllanilib kelingan. Oʻsha davrlarda ovqat
tayyorlashda, terini qayta ishlashda, toʻqima matolarni boʻyashda bu jarayonlar
izchil qoʻllanilgan. Bundan ming yillar ilgari yashab
tadqiqot ishlari bilan
shugʻullangan buyuk allomalar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va
boshqalar, dori-darmonlar tayyorlashda, kristallar xossalarini oʻrganishda
kolloid-
kimyoviy jarayonlardan foydalanishgan va bu usullarni takomillashtirganlar. 1752-
yilda M.Lomonosov rangli shishalar ishlab chiqarishda, oltinning kolloid
eritmasini tayyorlab ishlatgan. Rossiya olimlaridan T.Lovitsning 1789-yili
faollashtirilgan koʻmirning yutish xususiyatini aniqlashi, ya‘ni
adsorbsiya
hodisasini kashf etilishi, A.Musinning 1797-yilda simob metalining suvdagi
kolloid eritmasini hosil qilishi, I.Borshchovning 1869-yilda
kolloid eritmalardagi
zarrachalarning kristall tuzilishga ega ekanligini aniqlashi va shuningdek, kolloid
mitsella haqida tushuncha berishi va boshqalar, kolloid kimyoning har tomonlama
rivojlanishiga keng yoʻl ochib berdi.
Kolloid kimyoni rivojlantirishda xorijiy olimlarning ham xizmati katta
boʻlgan. Italiyalik kimyogar F.Selmi 1845-yilda turli xil (sut, zardob, qon, yelim,
jelatina, kraxmal va boshqa) eritmalarning xossalarini oʻrganib,
ularning
xususiyatlari chin eritmalardan tubdan farq qilishini aniqladi.
1861-yildan boshlab ingliz kimyogari T.Grem qon, yelim, kraxmal va boshqa
eritmalar xossalarini batafsil oʻrganib, ularning yomon diffuziyalanishi, oʻsimlik
hamda hayvon membranalaridan oʻtmasligi, undagi moddalar kristallanmasdan
amorf choʻkmaga tushishini aniqladi. Bu eritmalarni T.Grem birinchi boʻlib
kolloidlar deb atadi. Chin eritmalar esa (masalan, osh tuzi, shakar,
glyukoza va
boshqalar) yaxshi diffuziyalanadi, membranalar orqali oʻtadi va oson kristallanadi.
Shunday qilib, T.Grem eritmalarni ushbu xususiyatlariga koʻra ikki guruhga:
kolloidlar va kristalloidlarga boʻlib oʻrganishni taklif qildi (2-rasm).