7
keng qoʻllaniladi. Masalan, ovqat tayyorlashda moy, margarinlar, mayonezlar,
smetana, sut va boshqalar koʻplab ishlatiladi. Ular murakkab kolloid sistemalardir.
Kolloid-kimyoviy
jarayonlar muzqaymoq, har xil qandolat mahsulotlari, sut
mahsulotlari, non mahsulotlari, sharob va pivo ishlab chiqarishda ham keng
qoʻllaniladi.
Sun‘iy tolalar, masalan viskoza, atsetat, kapron,
lavsan va boshqalar ishlab
chiqarishda kolloid-kimyoviy jarayon hisoblanuvchi boʻkish, erish, agregatsiya,
koagulyatsiya, choʻkish, peptizatsiya, adsorbsiya jarayonlari keng qoʻllaniladi.
Oʻsimlik va hayvon tolalarini hamda sun‘iy tolalarni boʻyash ham kolloid-
kimyoviy jarayonga asoslangan. Tolali materiallarning oʻzi - yuqori molekulali
moddalar boʻlib, ular kolloid-kimyoviy jarayonlar
yordamida hosil qilinadi va
kolloid kimyo tomonidan oʻrganiladi. Koʻpchilik boʻyoqlar, kolloid sistema
holatida qoʻllaniladi. Unda boʻyovchi modda dispers faza va suv esa dispers muhit
vazifasini bajaradi.
Teri oshlash jarayoni ham kolloid-kimyoviy jarayondir, chunki unda
boʻktirish, gidrotatsiya, peptizatsiya,
adsorbsiya, degidrotatsiya jarayonlari
qoʻllaniladi.
Oʻsimlik va hayvon organizmlarining oziqlanishi va oʻsishi ham kolloid-
dispers sistemalarga asoslangan.
Kauchukni qattiq va elastik rezinaga aylantirish maqsadida, ya‘ni unga
qattiqlik yoki elastiklik berish uchun boyituvchi (modifikator) sifatida qora qurum
ishlatiladi. Bu yerda kauchuk dispers muhit va qurum esa dispers faza vazifasini
bajaradi. Shu sababli rezinaning mustahkamligi 10-20 marta oshadi.
Kolloid-kimyoviy
jarayonlar metallurgiyada, keramika buyumlar, sement,
plastik massalar, qimmatbaho sun‘iy toshlar, rangli shishalar, sun‘iy teri, qogʻoz,
karton, sovun, surkov moylari, boʻyoqlar, pigmentlar, loklar,
har xil emulsiyalar,
metall qotishmalar ishlab chiqarishda juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: