O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r
56-rasm. Eritma sirt tarangligining konsentratsiyaga bogʻliqligi : 1-sirt faol modda uchun; 2-sirt tarangligi oʻzgarmas boʻlgan modda uchun; 3-sirt nofaol modda uchun Suyuqlik sirtida moddalarning yigʻilish miqdoriga qarab musbat va manfiy
adsorbsiya sodir boʻladi:
Musbat adsorbsiya da moddalar suyuqlik sirtida toʻplanishi bilan birga
yutiladi
va
suyuqlikning
sirt
tarangligini
kamaytiradi.
Musbat
adsorblanadigan moddalar (murakkab efirlar, ketonlar, yuqori molekulali
kislotalar, xolesterin, oqsillar va boshqalar) sirt-faol moddalar hisoblanadi.
Manfiy adsorbsiya da moddalar suyuqlik sirtidan siqib chiqariladi, diffuziya
yordamida butun suyuqlik hajmiga tarqalib, suyuqlikning sirt tarangligini
oshiradi. Manfiy adsorbsiyalanadigan moddalar (anorgaiik tuzlar, uglevodlar
va boshqalar) sirt-nofaol moddalar hisoblanadi.
Moddalarning
musbat
va
manfiy
adsorbsiyasi
moddalarning
tirik
organizmlarning
hujayra
membranalari
orqali
oʻtishini
osonlashtiradi.
Moddalarning musbat va manfiy adsorbsiyasi modda almashinuv jarayonida va
oʻsimliklarda sodir boʻladigan fotosintez jarayonlarida katta rol oʻynaydi.
Masalan, steroid, murakkab efirlar va boshqa gidrofob (qutblanmagan)
moddalar tirik organizmning hujayra membranalarida toʻplanadi, bunda ularning
membranalardan oʻtishiga adsorbsiya jarayoni yordam beradi.
Ba‘zi moddalar molekulasida ham gidrofil (qutbli), ham gidrofob (qutbsiz)
guruh atomlarining boʻlishi ularni suvli eritmalaridagi adsorbsiyalarning
xususiyatini oʻzgartiradi va bu molekulalar
difil molekulalar deb ataladi. Sirt-faol
modda mоlekulalari tuzilishining xarakterli xususiyati ularning difilligidir. Difil
(оdatda оrganik) mоlekulalar ikki qismdan tashkil tоpadi: qutbli (karboksil ioni)
guruh va qutbsiz (uglevоdоrоd radikallari) guruh. Masalan, sirka kislota
molekulasida
- guruh gidrofob,
guruh esa gidrofil
hisoblanadi. Qutbli guruhga
dan tashqari
va
lar ham kiradi. Bu guruhlar yaxshi gidratlanadi, ya‘ni gidrоfil
guruhni tashkil etadi. Qutbli guruhlardan farqli ravishda uglevоdоrоd radikallari
gidrоfоbdir va ular qutbsiz suyuqlik mоlekulalarida sоlvatlanadi. Bu moddaning
gidrofil xossasi yuqori boʻlmagani uchun, molekulalar adsorblanib, suvda yaxshi
112
eriydi.
Kislotalarning
keyingi
vakillarida
va h.k.) molekulaning gidrofob xossasi ortib borishi hisobiga suvda
eruvchanligi kamayadi va sirt tarangligi ancha pasayadi. Moddalarning bu
xususiyatiga qarab suvda yaxshi va yomon erishini aniqlash mumkin.